O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti



Yüklə 79,17 Kb.
səhifə5/5
tarix09.02.2023
ölçüsü79,17 Kb.
#83668
1   2   3   4   5
mustaqil ishiD

Mavzu boʻyicha savollar


1. Davlat bojxona xizmati organlarining huquqiy bazasi qanday qonun hujjatlari bilan belgilanadi?
2. Xisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo'natilishi, ishlarning bajarilishi, xizmatlar ko'rsatilishi sanasidan qancha muddatda yoziladi?
3. O'zbekiston Respublikasidan tashqariga eksport qilinadigan yuklarni tashish va xizmat ko'rsatishga doir xizmatlarga qaysilar kiradi?
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekison Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni qachon qabul qilingan?
5. «O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to’g’risida»gi qonuni qachon qabul qilindi?


Mavzu boʻyicha testlar
1. Bojxona nazoratining shakllarini belgilang.
A barchasi toʻgʻri
B bojxona koʻzdan kechirish
C.hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish;
og‘zaki so‘rov;
axborot olish;
2. Muvaqqat bojxona nazorati zonasi nima?
A.bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvini va bojxona ko‘rigini o‘tkazish zarurati
B. Erkin iqtisodiy hududlar
C. Barchasi toʻgʻri
3. О‘zbekiston Respublikasi Doing Business-2020 reytingida 190 ta mamlakat ichida nechanchi о‘rinni band etdi?
A.69
B.77
C.167
4.“Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish tо‘g‘risidagi xalqaro konvensiya” qachon qabul qilingan?
A.18.05.1973
B.18.05.1974
C.20.01.1974
5. Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish kim tomonidan amalga oshiriladi?
A.bojxona organining mansabdor shaxsi
B. Prokuror
C.inspektor


Mavzu boʻyicha keyslar
1. 24- fevral kuni fuqaro A.T “G‘ijduvon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yurtmizdagi MCHJ nomiga chetdan keltirilgan avtobus texnika 2019 yilda ishlab chiqarilgani qayd etilgan holatda olib kirish uchun kerakli rasmiylashtiruvlarni amalga oshirdi. Lekin avtobusning holati va fuqaroning oʻzini oʻzgacha tutishi bojxona xodimlarini shubxalantirdi. Bu holatda avtobusning holatini qanday aniqlasa boʻladi ?
Gap shundaki, hujjatlarda ushbu texnika 2019 yilda ishlab chiqarilgani qayd etilgan bo‘lsa-da, ammo transport vositasi holatining ekspertiza natijalari buni tasdiqlamaydi ya'ni birinchi navbatda avtomobilni ekspertizadan oʻtkazish lozim. O‘rganishlar davomida ishlab chiqarilgan yilini anglatuvchi VIN raqamlari xalqaro me’yor talablari asosida ishlab chiqarilgan korxona tomonidan urilmaganligi, avtobus 2019 yilda emas aslida 2013 yilda ishlab chiqarilganligi aniqlanadi.Bularning barchasi esa mazkur texnika 2013 yilda ishlab chiqarilganligini anglatadi. Ma’lumotlarni soxtalashtirish orqali yuk egasining bojxona to‘lovlaridan qariyb 965 mln. so‘mlik imtiyozlarni qo‘lga kiritish rejasi naf bermaydi.
2. Yoz oyining oʻrtalarida “Buxoro-Istambul” yo‘nalishida harakatlanayotgan 2 nafar yo‘lovchining xatti-harakatlari hamda qo‘l yuklarining rentgen tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi . Yaʼni bojxona xodimlari eʼtibori aynan shu ikki nafar fuqarolarning o'zlarini xavotirli tutishgani va koʻp marotaba ushbu xodimlarga koʻz tashlashgani shubxali tuyuldi. Ushbu holatda bojxona xodimlari birinchi navbatda qaysi tekshiruvni amalga oshirishlari va fuqarolar aybdor deb topilgan taqdirda qonun boʻyicha qanday jazo olishlari lozim?
Birinchi navbatda bojxona xodimlari tomonidan fuqarolar tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Natijada agar mazkur fuqarolarda deklaratsiyada nazarda tutilmagan buyumlar mavjud boʻlsa tovar qiymatiga va turiga koʻra qonuniy jazo belgilanadi. Misol uchun agar fuqarolar o‘zlari bilan qiymati 16,7 million so‘mlik hamda 11,1 million so‘mlik uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib chiqishga harakat qilgan deb olsak, mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, — uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
3. Farg‘ona viloyati chegara Bojxona postida 6- iyun kuni fuqaro A.T oʻzining Nexia rusumli avtomashinasida qoʻshni davlatga oʻtmoqchi. Bojxona xodimlari fuqaroni va yuklarini tekshirishganda hech qanday qonunga xilof buyumlar topilmadi. Fuqaro oʻzini oʻta xotirjam tutar edi ushbu holatbojxona xodimida shubxa uygʻotadi va mashinaning holatini tekshirmoqchi boʻldi. Lekin bojxona xodimi mashinaning texnik passportini tekshirayotganda mashinadagi shubxali oʻzgarishlarga koʻzi tushadi. Ushbu holatda bojxona xodimi dastlab qanday ish najarishi va ushbu fuqaro aybdor deb topilgan taqdirda qonun hujjatlari boʻyicha qanday jazo belgilanadi?
Surishtiruv davomida qiymati salkam 1 200 000 000 so‘mlik 6 ta quyma tilla bo‘laklari respublikadan olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangani aniqlandi.
Fuqaro Akbarjon To‘rayev tilla quymalarni Nexia avtomobili o‘rindig‘i ostiga yashirgan. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 182-moddasi 2-qismi a-bandidagi (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini juda ko‘p miqdorda buzish) jinoyatni sodir etgan shaxs eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xulosa
Bojxona xizmati organlari xom-ashyo, tovar, valyuta, xizmat va kapital olib kelish, olib chiqish ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, milliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, davlat budjeti daromadini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarishi barobarida mamlakat iqtisodiy manfatlarini o‘z vakolatlari darajasida himoya qiladi va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydi.Shu maqsadda, bojxona organlari oldida turgan quyidagi muhim vazifalarni aniqlashga harakat qilindi: birinchidan, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga, YevroOsiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmlarini bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish, huquqiy, ma’muriy, tashkiliy-texnik jihatdan bojxona ishini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish zarur.
Islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga to‘siq bo‘layotgan yoki tovarlar harakati sur’atiga ta’sir etayotgan ma’muriy cheklovlarni aniqlash, qisqartirish va bojxona ma’muryatchiligini yanada soddalashtirish prinsipiga tayanish lozim;ikkinchidan, bojxona ishi, xususan bojxona nazoratini amalga oshirishda zamonaviy tekshiruv, kuzatuv texnik vosita va moslamalarni qo‘llash, tashqi axborot almashishning yagona lokal tizimini yaratish, axborotni qayta ishlash texnologiyalari va tezkor aloqa vositalaridan foydalanish orqali tizimni to‘liq raqamlashtirish, idoralararo va davlatlararo tehnologik dasturlar asosida ishni tashkil etish lozim.
Umuman, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olib, uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish va salohiyatini yanada mustahkamlash, mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va tamo-yillariga tayangan holda ilmiy asoslanilgan islohotlarni olib borish zarur.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
3. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi
4. O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
5. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoni
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850 son Farmoni
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi PF-5268-son Farmoni


Yüklə 79,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin