O’zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali Psixlogiya fakulteti Turizm va Iqtisodiyot kafedirasi Fan: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish Mavzu: O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 29,61 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü29,61 Kb.
#207882
99VLb4qkdiLoy94D hwqGgDdybHUr7L0


O’zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali Psixlogiya fakulteti Turizm va Iqtisodiyot kafedirasi
Fan: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Mavzu: O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish.


Topshirdi: Abdiyev Javoxirbek
Qabul qildi:Mansurov Shag’zod
Mavzu: O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish.
Reja:

  1. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT: MAZMUN VA MOHIYATI

  2. TASHQI SAVDO SHARTNOMALARINI MONITORINGI VA UNI TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDAGI O’RNI.

  3. TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI USTIDAN MONITORING OLIB BORISH TARTIBI

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT: MAZMUN VA MOHIYATI


Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishda avvalambor tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasini izohlab beramiz sababi, o’quvchi bu borada bilim tajribasi va ko’nikmasi bor bo’lishi bilan bir qatorda ilk bor tashqi iqtisodiy faoliyatga qiziqish bilan uni davlat tomonidan tartibga solish haqida o’rganishni boshlagan bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonunida tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagicha ta‘rif berilgan: tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir. O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:  xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;  tashqi savdo faoliyati;  chet el investitsiyalarini jalb qilish;  O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va sug’urta faoliyati, ta‘lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog’liqni saqlash, ilmiytexnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali aloqalarni o’rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir. 7 Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tovarlarning O’zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to’g’risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tovarlar eksportidir. Tovarlarning O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to’g’risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir. O’zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko’rsatish), ularning bajarilish (ko’rsatilish) joyidan qat‘i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir. Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O’zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko’rsatish), ularning bajarilish (ko’rsatilish) joyidan qat‘i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi; savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati obyektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarning barcha turlari hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga moddiy va nomoddiy ne‘matlarni hamda ularga bo’lgan huquqlarni qo’yish bilan bog’liq tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari harakatlarining yig’indisi O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e‘tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin: - yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida (kapitallarida) ulushbay asosda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar sotib olish yo’li bilan qatnashish; - O’zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, filiallar va boshqa alohida bo’linmalar ta‘sis etish; - qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning rezidentlari tomonidan tasdiqlangan qarz majburiyatlarini sotib olish; - konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, qazib olish yoxud ulardan foydalanishga mo’ljallangan konsessiyalarni qo’lga kiritish; - mulk huquqini, shuningdek, erga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qo’lga kiritish. O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy davlatning qonun hujjatlarida va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari hisoblanadilar. Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti bo’lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin va bular tashqi iqtisodiy faoliyat obyektlari hisoblanadilar.
TASHQI SAVDO SHARTNOMALARINI MONITORINGI VA UNI TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHDAGI O‘RNI
Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish muddati. Shartnomada tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish muddati yoki sanasi ko’rsatiladi. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish muddati vaqtinchalik davrni anglatadi, bu davr mobaynida tovar (yoki uning turkumi) sotuvchi tomonidan ko’rsatilgan joyga yetkazib berilishi, ko’rsatilgan joyda ishlar va xizmatlar bajarilishi kerak. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish sanasi deyilganda sotuvchi tomonidan shartnomalarda ko’rsatilgan tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish shartlariga muvofiq o’z majburiyatlarining bajarilishi tushuniladi. Shartnomaning narxi va umumiy summasi. Tovarning narxini belgilashda shartnomada tovarning o’lchov birligi, tovar birligi narxi va shartnomaning umumiy summasi ko’rsatiladi. Tovarning o’lchov birligi TIF TNdagi o’lchov birligiga muvofiq belgilanadi. Shartnomaning umumiy summasi sotilayotgan tovar, ishlar va xizmatlarning qiymatini anglatadi. Ishlarni bajarishga va xizmatlar ko’rsatishga shartnomani tuzish paytida shartnoma summasini belgilash imkoni bo’lmagan o’ziga xos shartnomalar tuzilgan taqdirda shartnomaning umumiy summasi ko’rsatilmaydi. Yetkazib beruvchilar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan xodimlarni o’qitish xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini, royalti to’lanishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilishga 11 (sotishga) tashqi savdo shartnomalari bo’yicha shartnomalarda (spetsifikatsiyalarda) bajariladigan ishlar, ko’rsatiladigan xizmatlar va royalti summasi alohida ko’rsatiladi. To‘lov shartlari. Shartnomadagi to’lov shartlarida valyuta, to’lov shakli va muddati belgilanadi. Agar to’lov valyutasi shartnoma valyutasidan farq qilsa, u holda valyutani qayta hisoblab chiqish kursi va ushbu kursni aniqlash manbai ko’rsatiladi. Tashqi savdo shartnomalarida to’lov valyutasi xorijiy valyutada ko’rsatiladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno). Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish joyi. Shartnomada yetkazib berilayotgan tovar kelib chiqqan mamlakat va ishlab chiqaruvchi, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish joyi (mamlakati) ko’rsatiladi. Tomonlarning javobgarligi. Qabul qilingan majburiyatlarning tomonlar tomonidan bajarilishini ta‘minlovchi shartlar sifatida shartnomada, qoidaga ko’ra, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar to’laydigan penya va/yoki jarima shaklidagi jazo nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar ko’rgan tomonning talabiga ko’ra unga neustoyka to’lash majburiyati yuklanadi. Tomonlarning rekvizitlari. Shartnoma matni tomonlarning rekvizitlarini ko’rsatish bilan tugallanadi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank rekvizitlari va yuklab jo’natish rekvizitlari ko’rsatiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning imzolari shartnomada muhr bilan tasdiqlanadi. Barter shartnomalarida import tovarlarni jadal yetkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi. Tashqi savdo shartnomaining matni davlat tilida yoki rus tilida bayon qilinishi kerak. Agar shartnoma matni boshqa tilda tuzilgan bo’lsa, shartnoma davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak. SHartnoma shartlariga kiritiladigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risidagi ma‘lumotlar qo’shimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda shartnomalar bilan bo’lgani singari tartibda tizimga kiritiladi. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadlari uchun invoyslarda quyidagi asosiy ma‘lumotlar bo’lishi kerak: eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari; invoys summasi; eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR); tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi; tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning o’lchov birligi; tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori; tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi; tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish qiymati; INKOTERMS bo’yicha yetkazib berish shartlari; tashish turi. Invoyslar eksport qiluvchining (mavjud bo’lganda) imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Ushbu bo’lim talablariga rioya etilishi uchun mas‘uliyat xo’jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek shartnoma shartlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan yuridik xulosa bergan shaxsga yuklanadi.
TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI USTIDAN MONITORING OLIB BORISH TARTIBI
Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tizimi xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan tashqi savdo shartnomalari bajarilishi ustidan zarur nazoratni ta‘minlash hamda xo’jalik yurituvchi subyektlar, bojxona va soliq organlari, Markaziy bank va tijorat banklari o’rtasida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo’yicha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi o’rinlarda TSOYAEAT deb ataladi) orqali axborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi. Bunda Yagona g’azna hisobvarag’i bilan qamrab olingan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tashqi savdo shartnomalari bo’yicha to’lovlarning amalga oshirilishi bo’yicha tegishli ma‘lumot TSOYAEATga g’aznachilik bo’linmalari tomonidan kiritiladi. TSOYAEAT real vaqt rejimida ishlaydi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish maqsadida tijorat banklari: avans to’lovlar (oldindan haq to’lash) amalga oshirilishida yoki import shartnomalar bo’yicha akkreditiv ochishda; oldindan to’langan haq (avans to’lovi) tushganligi, akkreditiv ochilganligi, eksport shartnomaini sug’urtalash bo’yicha bank kafolati va polis berilganligi to’g’risidagi belgilangan tartibda berilgan ma‘lumotnomalarni TSOYAEATda rasmiylashtirishda TSOYAEATdagi ma‘lumotlarni (shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning xulosasi mavjudligini) solishtiradilar. Bunda ma‘lumotnoma faqat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada ko’rsatilgan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va xom ashyo tovarlarini eksport qilishda (keyingi o’rinlarda xom ashyo tovarlari deb ataladi) va invoys asosida eksport qilishda rasmiylashtiriladi. SHartnoma bilan xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan ma‘lumotlar o’rtasida farqlar mavjud bo’lmagan taqdirda banklar qonun hujjatlarida 14 belgilangan tartibda ushbu shartnoma bo’yicha bank operatsiyalarini amalga oshiradilar. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tashqi savdo amaliyotlari monitoringini amalga oshirish maqsadida g’aznachilik bo’linmalari to’lovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda TSOYAEATdagi ma‘lumotlarni shartnoma shartlari bilan solishtirishni amalga oshiradilar. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan TSOYAEATga kiritilgan ma‘lumotlar o’rtasida farqlar mavjud bo’lmagan taqdirda g’aznachilik bo’linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu shartnoma bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiradilar. O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan TSOYAEATga kiritilgan shartnoma ma‘lumotlarini bojxona yuk deklaratsiyasi ma‘lumotlari bilan solishtiradilar hamda farqlar mavjud bo’lmaganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradilar. Bunda eksportga bojxona rasmiylashtiruvi, invoys asosida eksport qilinadigan xom ashyo tovarlari va tovarlardan tashqari, TSOYAEAga hisob-kitoblar to’g’risidagi ma‘lumotnomalarsiz amalga oshiriladi. Quyidagilarga: - ular bo’yicha to’lov import qiluvchining o’z mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan bir xo’jalik yurituvchi subyektning ikki va undan ortiq import shartnomalari doirasida o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga; - bir xo’jalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport shartnomalari doirasida o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo’l qo’yiladi. Tashqi savdo shartnomai bo’yicha o’zaro hisob-kitoblar xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan faqat, agar qonun hujjatlarida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, shartnomada va TSOYAEATda ko’rsatilgan uning O’zbekiston Respublikasi tijorat bankidagi hisob raqami orqali amalga oshirilishi mumkin. Eksport qiluvchilar to’liq to’lov ularning O’zbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga tushgandan va ushbu axborot TSOYAEATga 15 kiritilgandan so’ng eksport shartnomalarini rasmiylashtirmasdan Internet tarmog’idagi onlayn do’konlar orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Eksport qiluvchilar tovarlar (xom ashyo tovarlari bundan mustasno), ishlar va xizmatlar) eksportini to’liq to’lov ularning O’zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga tushgandan va ushbu axborot TSOYAEAga kiritilgandan keyin eksport shartnomaisiz invoys asosida amalga oshirish huquqiga ega bo’ladilar. Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkakliklar, shuningdek, quritilgan sabzavotlar va mevalarni eksport qilish eksport bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha 20 ming AQSH dollariga teng bo’lgan miqdordan ortiq bo’lmagan summaga amalga oshiriladi. Eksport qiluvchilar tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha ayrim tovarlardan tashqari, Internet tarmog’ining elektron savdo maydonchalari vositasida eksport shartnomai tuzmasdan va tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan amalga oshirish huquqiga egadirlar. Tovarlarni respublikaga olib kirish va «erkin muomala uchun chiqarish» rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish yoki import shartnomalari bo’yicha ular uchun to’langan pul mablag’larini qaytarish muddati: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan shartnomalar bo’yicha yoki shartnomalar Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qo’mita tomonidan tasdiqlangan taqdirda — import shartnomalarida belgilangan muddatlardan; boshqa import shartnomalari bo’yicha — to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendar kundan ortiq bo’lmasligi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Allen Hall (2008), SAGE Publications's Encyclopedia of Business Ethics and Society-London
2.Macroeconomic indicators of Uzbekistan, https://stat.uz/ru/2-uncategorised/6693- makroekonomicheskie-pokazateli2/
3.https://www.worldeconomics.com/National-Statistics/Informal-Economy/Uzbekistan.aspx
4.NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT KAFEDRASI “IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH USULLARI” FANINING O`QUV-USLUBIY MAJMUASI
Yüklə 29,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin