1
MAVZU: XALQARO TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDAGI
RAQOBAT
KIRISh.......................................................................................................... 2
ASOSIY QISM
1. Tovar va xizmatlar tasnifi ………………….....................................................6
2. Xalqaro tovarlar va xizmatlarning raqobat va uning zamonaviy sharoitda namoyon
bo'lish xususiyatlari....................................................................................................7
3. Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi….............................................................23
4. Tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi rivojlanishining hozirgi
tendentsiyalari…………………………………………………………………30
5. “JAVOXIR” korxonasining maxsulotlarini bozordagi raqobatdoshliligini
taxlil qilish ..........................................................................................................33
Xulosa..................................................................................................................40
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................42
Ilovalar..................................................................................................................44
2
KIRISh
Bugun O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining
sifat jihatdan yangi
bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yo'lda u jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik
xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Xususan, xorijiy davlatlar bilan do'stona hamda o'zaro
manfaatli munosabatlarni
rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O'zbekiston,
balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati
rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan
hududga aylantirish
orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon
bo'lmoqda.
Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida
munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. SHunga
monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan
boshlangan islohotlar va
modernizatsiya jarayoni,
jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni
mustahkamlash bo'yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e'tirof etmoqda.
So'nggi besh yilda davlatimiz rahbarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli
tadbirkorlar o'z biznesini rivojlantirish uchun
erkinlik va yangi- yangi
imkoniyatlarga ega bo'lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo'jaliklari o'zlari
etishtirgan
hosilning
haqiqiy
egasiga
aylanmoqda.
Bularning
barchasi
Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida tunu kun tinim
bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlarini safarbar etayotgani hamda
bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga ko'tarilib borayotganidan dalolat
beradi.
Harakatlar strategiyasi asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning
dastlabki natijalari yurtimiz aholisi hayotida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda.
Bu
esa ularning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanishida
muhim omil bo‘layapti.