Falsafa 21-mavzulari mundarija


Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə31/47
tarix16.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#88085
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili. Yangi davrda fan yanada rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko‘radilar. Insonning aqli tabiat hodisalarining o‘xshash o‘zaro ta'sirlarida muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning o‘rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalariga ko‘ar o‘xshash, ikkinchi darajali xossalariga ko‘ra esa bir-biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang variantlarining ideal invarianti9 hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy e'tibori ilmiy bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab yetilmagan, empirizm va ratsionalizm dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning o‘zaro nisbati muammosidir.
XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar yig‘ish darajasida bo‘lgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman o‘zgarmas narsalar va takrorlanuvchi jarayonlarning mexanik to‘plami sifatida tasavvur qilingan, bunda narsalar va jarayonlar o‘rtasidagi aloqalar doim ham teran asoslanmagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‘p jihatdan yo‘qolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim narsalar to‘qnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish o‘zgarmas narsalar va jarayonlarning aylanma harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq topishi olimlar e'tiborini tabiiy hodisalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligiga emas, balki asosan ularning miqdor jihatiga qaratishga da'vat etgan. Shunday qilib, qadimgilar dialektikasi o‘rnini ma'lum darajada dialektikaning muqobili sifatida tushuniladigan «metafizika» egallaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, «metafizika» atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‘limi - ontologiya sifatida tushuniladi. Marksistik an'anada «metafizika» atamasi salbiy ma'no kasb etdi: dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin qilindi. Yangi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, zero Yangi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi sifatida o‘rin olgan tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov – Lavuaze modda va harakatning saqlanishi g‘oyasi; G.Leybnits ta'riflab bergan rivojlanish g‘oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya va harakat, markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi turli-tuman aloqalarning o‘rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; mexanik harakat dialektikasi; yer evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan tarixiy yondashuvning nazariy ahamiyatini namoyish etgan Quyosh tizimsining kelib chiqishi haqidagi Kant – Laplas gipotezasi; organizm va muhitning birligi tamoyilining asoslanishi – o‘sha davr fani yutuqlarining to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir. Shu sababli Yangi davr va Ma'rifat davri falsafasi dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining o‘ziga xos va ancha yetuk bosqichi hisoblanadi.
Nemis klassik falsafasining atoqli namoyandasi Immanuil Kant XVII-XVIII asrlar fani va falsafasining g‘oyalari va kategoriyalarini tizimga solishga ahd qiladi. Shu maqsadda u kategoriyalarning uch guruhi: hissiyot, idrok va aql kategoriyalarini farqlaydi. Kant barcha kategoriyalar aprior (tajribada ko‘rilmagan) xususiyatga ega ekanligini qayd etadi. Bilish kategoriyalarini Kant tajribaga yo‘l ochadigan dastlabki konstruktiv sxemalar sifatida talqin qiladi. Kategoriyalar bilayotgan inson hissiy taassurotlar xaosi ustiga «tashlaydigan» va har xil taassurotlarni tasniflash, ta'riflash va o‘zaro aloqani amalga oshiradigan tushunchalar «to‘ri»ga o‘xshatiladi.
Hissiyot kategoriyalari tarkibiga Kant makon va vaqt tushunchalarini kiritadi. Ular bizning o‘z sezgi organlarimiz ko‘rsatgan narsalarni umumlashtirish va anglab yetish qobiliyatimizni tavsiflaydi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin