Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi , o’z-o’zini anglab , har bir harakatni muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyati- bu uning faolligidir.
Faollik- (lotincha “actus”- harakat , “activus”- faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu o’sha oddiy qo’limizga qalam olib , biror chiziq tortish bilan biologik bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizdan amalga oshiriladigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A) Tashqi faollik- bu tashqaridan o’z ichki istak xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz , mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik
B) Ichki faollik- bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar ( moddalar almashinuvi , qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda ikkinchi tomondan bevosita psixik jarayonlar , ya’ni aslida ko’rinmaydigan , lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi . Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi.
Faoliyat turlari
Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga qaratilgani uchun ham , faoliyat predmetli harakatlar maymui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi.
Jismoniy va aqliy harakatlar .
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki psixologik , ham tashqi muvofiqlik, nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda , ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiriladigan turli-tuman harakatlardir.
Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki , bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Perseptiv- ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi.
Mnemik faoliyat-narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushurilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi;
Fikrlash faoliyati- aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
Fikrlash faoliyati- aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
Imajitiv- (“image”- obraz so’zidan olingan) faoliyati shundaki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqoza etadi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: A) ichki sabablar , ya’ni xatti-harakatlar egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar,ehtiyojlar,maqsadlar,mo’ljallar,istaklar va hakozolar) .

B) tashqi sabablar- faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari , ya’ni , bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z – o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi , egalagan mavqei ham sababsiz , o’z –o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “ motiv” va “motivatsiya” tushunchalari ishlatiladi.

Harakat Komponentlari va uning asosiy funksiyalari
Harakat
Motor
(harakatlashtiruvchi)
Bajarish
Syensorli
(sezuvchi)
Nazorat
Markaziy
(fikrlovchi)
Boshqarish
Psixologiyaning vazifasi- biz eng yaxshi biladigan narsalar haqida umuman boshqacha fikr berish... (POL VALERI)