Falsafa 21-mavzulari mundarija


Ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə30/59
tarix10.02.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#52348
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Xodimlar, ularning mehnati va ishlab chiqarish vositalari – mehnat qurollari va vositalari ishlab chiqarishning muhim omillari hisoblanadi. Ishlab chiqarish moddiy-texnika vositalari va ularni ishga solishga qodir bo‘lgan odamlar majmui jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida odamlar o‘rtasida turli-tuman munosabatlar yuzaga keladi. Ularning orasida tashkiliy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish-texnologik munosabatlar texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining xususiyati rivojlanish darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lsa, tashkiliy-iqtisodiy va ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosan ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulk shakllari bilan belgilanadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish natijasida yaratiladigan ne'matlar va xizmatlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur munosabatlar tizimi ijtimoiy normalar va huquq normalari bilan tartibga solinadi va ijtimoiy ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulk huquqining xususiyati bilan belgilanadi.



Mulk. Mulk – xo‘jalik jabhasi, iqtisodiy jabhada vujudga keladigan institut. U nafaqat ishlab chiqarish vositalari, balki iste'mol predmetlari va ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ijtimoiy boylikning barcha elementlari – ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari, yer va yer osti boyliklari, moddiy ishlab chiqarish, ma'naviy ijodiy va o‘zga aqliy faoliyat mahsullari va hokazolar mulk bo‘lishi mumkin. Mulk iqtisodiy hokimiyatga kim ega bo‘lishini, xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda kimga tegishini va u qanday moddiy mulkiy manfaatlarni yuzaga keltirishini belgilaydi. Mulk shakllari ishlab chiqarish ijtimoiylashuvining amaldagi darajasi bilan belgilanadi, unga esa, o‘z navbatida, umumiy texnologik taraqqiyot ta'sir ko‘rsatadi. Mulkning davlat mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk jamoa mulki kabi shakllari mavjud.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin