Falsafa 21-mavzulari mundarija



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə31/59
tarix10.02.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#52348
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Ma'naviy kichik tizim. Odamlarning ma'naviy faoliyati jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Odamlar ongli mavjudotlar bo‘lib, ular o‘z tafakkuri bilan ijtimoiylikning barcha ko‘rinishlarini anglab yetadi. Bu jarayonda olimlar, rassomlar, jurnalistlar, turli partiyalar va harakatlarning mafkurachilari va shu kabilarning ixtisoslashgan kasbiy ma'naviy faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Ularning nisbatan mustaqil kasbiy faoliyati ijtimoiy hayotning turli jabhalariga xizmat ko‘rsatadi. Ma'naviy ishlab chiqarishda iqtisodiy kichik tizim qonuniyatlari, ya'ni jamiyatning xo‘jalik jarayonlari o‘rtasidagi takrorlanuvchi muhim-zaruriy bog‘lanishlar o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ularning qatoriga ehtiyojlarning yuksalish qonuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarish qonunlari, qiymat qonunini kiritish mumkin.

Jamiyat ma'naviy kichik tizimining vujudga kelishi rang-barang ijtimoiy va shaxsiy ma'naviy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ularning eng muhimlari – ma'rifiy, axloqiy, estetik, diniy ehtiyojlardir. Ularni qondirish axborot va kommunikatsiya turli vositalarining mavjudligini nazarda tutadi. Axborot va kommunikatsiya ham shaxs va jamiyatning muhim ma'naviy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Ma'naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyoj ma'naviy ehtiyojlar orasida alohida o‘rin egallaydi. Jamiyatda ma'naviy ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari va institutlari asta-sekin vujudga keladi. Ular turli ma'naviy ehtiyojlarni qondirishni nazarda tutadi. Masalan, ilmiy institutlar va olimlarning turli-tuman birlashmalari tabiat, jamiyat va insonni o‘rganish bilan shug‘ullanadi va shu tariqa odamlar faoliyatini ilmiy jihatdan ta'minlaydi. Fanda ham ijtimoiy amaliyotga bevosita chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan o‘z muammolari yuzaga keladi. Mazkur muammolarni yechish fan rivojlanishining sharti, uning ichki ehtiyoji hisoblanadi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin