Fan Sillabusi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Fan to‘g‘risida ma’lumot Fan shifri: ( ICTM116)
Fan nomi: Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar Semestr/Yil: 1-semestr/ 2020-2021 o‘quv yili Kafedra: Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS (72 auditoriya soati)
Ma’ruza
Amaliy mashg‘ulot
Laboratoriya
Baholash
Jami
32
0
36
4
72
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun mas’ul kafedra: Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi
Instruktor to‘g‘risida ma’lumot Instruktorlar: S.Qulmatova
Kafedra joylashgan joyi: TDIU, 5-o‘quv binosi, 517-xona
Telefon: 71-239-28-41 ish telefoni
E-mail: squlmatova1970@gmail.com
Ish vaqti: Uchrashuvga ko‘ra
Fan tavsifi
Mamlakatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ushbu kurs yordamida talabalar iqtisodiyotda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operasion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama o‘rganadilar.
Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo‘llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznes va biznes anatilika xisobotlarini tayyorlash va samarali foydalanish bo‘yicha har tomonlama bilimlarga ega bo‘ladilar.