3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,
davlat hokimiyati organlarining
tizimini belgilaydi, ichki
va tashqi siyosatini amalga
oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi
millat va elatlarning
tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratadi.
5-modda.
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari —
bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
6-modda.
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.
4.
O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida davlat ramzlari qaysi
moddada berilgan? Davlat ramzlari nima?
5-modda.
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i,
gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
Davlat ramzlari
— muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan
tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, anʼanalari,
ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir.
5.
Dostları ilə paylaş: