-giz, -g‘iz qo‘shimchalari jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga, -kiz, -qiz qo‘shimchalari esa jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi. Masalan: yutqiz, ketkiz, yurgiz, turg‘iz.

ESDA SAQLANG. Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin. Masalan, o‘qit — o‘qittir, to‘ldir — to‘ldirg‘iz, yozdir —yozdirtir. Bunday holatda orttirma nisbat ma’nosi kuchayadi.

O‘zlik va majhul nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’llarni o‘timsiz fe’llarga aylantiradi:
kiymoq – o‘timli fe’l, kiyinmoq, kiyilmoq – o‘timsiz fe’llar hisoblanadi.
Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli BIRGALIK NISBATI deyiladi. Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe’l asosiga -sh, undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa –ish qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Masalan: ishlashdi, kelishdi.