Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shakli MAJHUL NISBAT deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe’l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -in, -il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
O‘zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O‘zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma’lum bo‘ladi. Solishtiring: yasandi — yasaldi, kiyindi —kiyildi.