Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə1/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent Davlat Agrar universiteti
Nukus filiali
“ Agrobiologiya” fakulteti
«Agrokimyo o’simliklarni himoya qilish va karantin»
kafedrasi
“O’simliklarni himoya qilish va karantin” 3v – kurs talabasi
Jumamuradov Oxunjonning
“O’simliklarni kimyoviy himoya qilish va taksikalogiya”
Fanidan



Bajardi: O. Jumamuradov


Kamissiya boshlig’i: N.Shomuratova


Kamissiyabazolari: J.Xamidullayev


A.Reyimov


Nukus-2019


Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi
Reja:
Kirish:
1. Adabiyotlar sharxi.
2. Asosiy qism:
2.1 Qovunning so’ruvchi zararkunandalar turlari va bioekologiyasi
2.2 Kemiruvchi zararkunandalarni turlari va bioekologiyasi
2.3. So’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kimyoviy
preparatlarning samadorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish:
Respublikamizda poliz ekinlarini yetishtirish qishloq xo’jaligining eng ahamiyatli sohalaridan biri hisoblanadi. Qovunning ko’pchilik poliz ekinlaridan ustunligi shundaki, uning ayrim qishki navlari 6 oy va undanda ko’p vaqt davomida buzilmasdan va ta’mini yuqotmasdan saklanadi. Kovun odam organizmi uchun zarur bo’lgan mineral tuzlar va vitaminlarga boy, uning shifobaxshligi ham mavjud. Uning hosilidan faqat tabiiy turda foydalanilmasdan, ulardan turli hil konserva maxsulotlari asal, murobbo, qovun qoqi, vitaminga boy mineral moddalar va boshqa maxsulotlar tayyorla mumkin. Qovun O’rta va kichik Osiyo mamlakatlardan kelib chiqqan.
Poliz ekinlarining tarixiy jihatdan avvaldan shakillangan makonlarning bor ekanligi harakterli hisoblanadi, bu makonlarning har biri ekologik jihatdan tuprokiqlim sharoitlariga ancha o’rgangan, o’zlarining navlik belgilari bilan ajraladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi qovun yetishtirishdagi asosiy makonlarning biri bo’lib hisoblanadi. Bu yerda Beruniy, To’rtkul, Xo’jayli va Chimboy tumanlari alohida o’rin tutadi.
O’rta asrlarda bizning xududimizda yashovchi odamlarning yil davomida foydalanadigan ovqatlik rasionining tarkibida ovqatlanish dasturi va madaniyatida qovunlarning tutgan o’rni katta bo’lgan. Hosillari erta baxordan boshlab kuz oyining oxirigacha pishib yetilib, uch - turt oy davomida odamlar toza xolida, qish va kelasi bahorgacha qayta ishlangan ozikdaridan foydalanadi.
Respublikamizda kovunchilikni rivojlantirishga katta e’tibor karatilib, xar yili qovun sayili bayrami o’tkaziladi. Bu bayramda respublikamizning hamma tumanlari o’zlari yetishtirgan eng mazali, yiriq xushbuy va chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan qovunlari bilan qatnashadi.
Respublikamiz xududlarida yetishtirilgan bunday qovunlar foydalanishdan tashqari xosilning ko’pchilik qismi chet davlatlarga eksport qilib turiladi.
Qovun mevasining tarkibida o’rtacha 5 - 18 % qand, 0,6 % oqsil, 0,8 % kletchatka, 0,2 % yog’ va turli vitaminlarning bo’lishi aniqlangan. Shuningdeq uning tarkibi odam organizmi uchun zarur bo’lgan kaliy, kalsiy, fosfor, temir, kobalt tuzlariga boy bo’lganlikdan eng hazmbop oziqlik modda hisoblanadi.
Keyingi o’n yillikda poliz ekinlarda jumladan bir nechta asosiy zararkunandalar zarar keltirmoqda. Ushbu zararkunandalar orasida karantin bo’lgan qovun pashshasi va g’ovaklovchi pashshalar hosilning 50% gacha yo’qotilishi kuzatilmoqda. Zararkunandaning asosiy rivojlanadigan dalasi poliz ekinlari ekanligini xisobga olib, unga karshi o’tkazilgan kurash tadbirlarining qovun pashshasi rivojiga ta’sirini o’rganish talab etiladi. Chunki ikki zararkunanda o’simlikning har g’il fazalarini zararlashiga qaramasdan vegetasiya davrining ohirida qishlovga ketishda birgalikda rivojlanadi. Poliz ekinlarining kech pishar navlarida zararkunandaning ikkita turini ham yo’q, etadigan kurash turini ishlab chiqib tavsiya berish talab etilmokda. Muammoning ijobiy yechimining asosi, poliz ekinlarida zaarkunandalarga qarshi qo’llanilayotgan kimyoviy preparatlarning samaradorligini oshirish, minimal qo’llab biologik samaradorligini yuqori darajasiga yetkazishdir. O’tkazilayotgan agrotexnik choralarning qo’llash vaqtini ishlab chiqish, moslamalarni qo’llanganda kemiruvchi tunlamlar, kovun pashshasi qurtlarini nobud etishni yulga qo’yish bugungi talabi hisoblanadi. Ko’rsatilgan turlarga qarshi peritroidli kimyoviy preparatlarni qo’llash natijasida dalalarda shira ko’payishi kuzatiladi. Bunday dalalarda kimyoviy preparatlarning turlarini tanlash, qo’llash me’yorlarini ishlab chiqish talab etiladi. O’tkazilgan tadqiqotlar, tavsiyalar natijasi bugungi kunda poliz ekinlaridagi asosiy zararkunanda turlarini aniqlab, ularga qarshi uyg’unlashgan kurash tadbirlarini olib borish talab etiladi. Ilmiy tadqiqotlar davomida poliz ekinlarining asosiy kemiruvchi va so’ruvchi zararkunandalari biologiyasi va ularga qarshi samarali kurash choralarini o’rganildi.



Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin