Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish


So’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kimyoviy



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə10/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

2.3. So’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kimyoviy
preparatlarning samadorligi
Poliz ekinlarida zararli xasharotlarga qarshi insektisidlarni qo’llash g’ovaklovchi pashshalar bo’yicha olib borildi. Sababi ularning sonini kamaytirib turuvchi entomofaglarning O’zbekistonda yo’qligi hisoblanadi.
O’zbekiston sharoitida kimyoviy vositalardan foydalanish ro’yxatida hozirgi kunda g’ovaklovchi pashshalarga qarshi yetarli assortimentida dorilar tavsiya etilmagan.
Sumi-al’fa 20% em.k. dorisini g’ovak xosil qiluvchi pashshaga qarshi 0,6 l/ga miqdori sinalganda 7-kunga kelib biologik samaradorlik 73,4 % bo’lgan. Konfidor, 20% em.k. preparatini – 0,25 l/ga miqdordagi sarf me’yori sinab ko’rildi. Uning biologik samaradorligi 5-kunda 43,4 % ni tashkil etgan. Bu me’yorda dorining biologik samaradorligi past ekinligini hisobga olib, dorining sarf miqdorini oshirilgan normalarda davom ettirishga qaror qilingan (Xodjayev, 2011 y).
Vertimek, 1,8% em.k. preparati tajribalarda 0,6 l/ga miqdorida ishlatildi. Uning yuqori biologik samaradorligi dori ishlatilgandan kenyin 14-kunga 97,2% ni tashkil etdi. Shuning uchun bu miqdordagi dorini qo’llashni katta dala tajribalarida davom ettirishga qaror qilindi (Xodjayev, 2011 y).
Bialogik samaradorlikni hisoblashda Abbot fo’rmulasidan foydalanildi.
Abbot formulasi:
Bunda
A – zararkunandalarning ishlov berishdan oldingi soni;
B – zararkunandalarning ishlov berilgandan keyingi soni;
a va b - nazoratdagi xuddi shunday ko’rsatgichlar.

G’ovak xosil qiluvchi pashshaga qarshi qovunda kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi





Tajriba
variantlari





Preparat sarfmeyori kg/ga

Bir o’simlikdagi zararkunandalarni
soni, dona

Biologik samaradorlik,%



Preparat
sepish-
dan oldin

preparat sepishdan keyin

3


5


7


14


3


5


7


14


1

Sumi-al’fa
20% k.e.

0.6

51.3

14.4

13.3

13.4

13.2

15.6

72.2

73.4

72.5

2

Konfidor 20% k.e



0.25

51.4

28.3

29.0

31.4

32.3

42.3

43.4

41.5

39.4

3

Vertimek,
1,8% k.e



0.6

62.4

8.4

6.5

4.3

1.7

86.4

90.5

94.3

97.2

4

Karbofos,50% e.k

0.6

51.5

22.4

19.3

17.4

20.0

56.5

64.2

64.4

61.4

5

Deltafos, 36% k.e

2.0

50.2

21.9

20.4

20.5

19.4

57.4

59.3

58.2

61.3

6

Fyuri, 10% s.e.k

1.0

51.5

19

19.5

20.3

19.4

61.5

61.4

60.4

60.4

7

Nazorat




48.5

51

50.5

51.5

54.4













Karbofos, 50% em.k. 0,6 l/ga miqdorida qo’llanildi. Uning yuqori biologik ko’rsatgichi 14-kunga kelib atigi 61,4 % ni tashkil etdi. Uni ham yuqori normalarda sinash tavsiya etildi.
Deltafos, 36% em.k. 2,0 l/ga sarf me’yorida qo’llab o’tkazilgan tajribalarda biologik samaradorlik 14-kunga 61,4% ni tashkil etdi. Dorining past biologic samaradorligi va katta miqdordagi ishlatish me’yorini hisobga olgan holda bu preparatni zararkunandaga qarshi qo’llash iqtisodiy jihatdan ma’qul emas deb topilgan.
Fyuri, 10% s.e.k. insektisidi 1,0 l/ga miqdorida sinab ko’rildi. Uning yuqori biologik samaradorligi 61,5 % nigina tashkil etdi. Fyuri preparatini ham yuqoridagi sabablarga ko’ra zararkunandaga qarshi ishlatish tavsiya etilmagan.

Xulosa

  1. Qovunda so’ruvhchi zararkunandalardan o’rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch), issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westw), poliz biti (Aphis gossypii Glow), shaftoli biti (Myzodes persicae Sulz.), g’o’za oqqanoti (Bemisia tabaci Genn) kabi zararkunandalar katta zarar keltradiю Zarakunandalarning zararlash darajasini ortishini oldini olishda, uning miqdorini ekinlar xosiliga putr yetkazmaydigan holatda saqlab turadigan omillardan biri va eng asosiysi, u tarqalgan yoki tarqalish xavfi bo’lgan maydonlarda ularning turlarini bilish muhim axamiyatga ega. Issiqxona oqqanoti g’o’za, pomidor, qovun, bodring, baqlajon, loviya, kungaboqar, tamaki va boshqa ko’pgina ekinlarga zarar yetkazadi.

  1. Kemiruvchi zararkunandalardan kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den.et Schiff), karadrina (Sphodoptera exigua Nb), g’ovaklovchi pashshalar (Liriomyza sativae Blanch.), qovun pashshasi (Muiorardalis rardalipa Vig) va quyruqli buzoqboshi (Grullotalpa unispina Sauss)lar asosiy kemiruvchi zararkunandalari xisoblanadi. Kuzgi tunlamining oldini olishga qaratilgan agrotexnika tadbirlaridan dalalarni va ular atrofidagi uchastkalarni begona o’tlardan tozalash, uvatlarni tugatish zararkunandaning ekinzorga o’tish imkoniyatini keskin kamaytiradi; yerni kuzda shudgorlash, ekin qator oralarini ishlash, yaxob suvi berish qurt va g’umbaklarni nobud qiladi; ekinlar o’z vaqtida o’g’itlanganida va sug’orilganida o’simliklar erta va tez rivojlanib, ko’kqurt tunlami zararlay olmaydigan darajaga yetib oladi.

  2. Hozirgi kunda poliz ekinlarida g’ovak hosil qiluvchi pashshalarni miqdori ko’p bo’lganda Sumi-al’fa 20% em.k. preparatidan – 0,6 l/ga, Konfidor, 20% em.k. preparatidan – 0,25 l/ga, Vertimek, 1,8% em.k. preparatidan – 0,6 l/ga, Karbofos, 50% em.k. preparatidan – 0,6 l/ga qo’llash tavsiya etiladi. Vertimek, 1,8% em.k. preparatidan 97% gacha bialogik samaradorlikka erishildi



Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin