Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə3/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

2. Asosiy qism:
2.1 Qovunning so’ruvchi zararkunandalar turlari va bioekologiyasi
Keyingi yillarda poliz ekinlarida bir necha turdagi zararli xasharotlar rivojlanib yetishtirilayotgan hosilning miqdori va sifatiga katta salbiy ko’rsatmoqda. Ularning tur tarkibi va tarqalishi xamma viloyatlarda bir xil emas. Ba’zi viloyatlarda karadrina tarqalgan bo’lsa, aksincha boshqa yerlarda oqqanot, shira va tripslar xamda o’rgimchakkana tarqalgan. Zarakunandalarning zararlash darajasini ortishini oldini olishda, uning miqdorini ekinlar xosiliga putr yetkazmaydigan holatda saqlab turadigan omillardan biri va eng asosiysi, u tarqalgan yoki tarqalish xavfi bo’lgan maydonlarda ularning turlarini bilish muhim axamiyatga ega.
O’rgimchakkana (Tetranychis urticae Koch) hammaxo’r zararkunanda hisoblanib, u 248 dan ortiq o’simliklarni zararlaydi. Ayniqsa g’o’za, bodring, no’xat kabi o’simliklar va poliz ekinlarini qattiq zararlashi natijasida burglar to’kilib, sabzovot va poliz ekinlari qurib qoladi. O’rgimchakkana erta tushganda hosilni 50 % ga yaqini nobud bo’lishi mumkin .

1-rasm. O’rgimchakkana

O’rgimchakkanani bahorgi va yozgi bo’g’in vakillari sarig’ish yashil, qishkilari esa qizg’ish, to’q sariq tusda bo’ladi .


O’rgimchakkanani kattaligi 0.3-0.6 mm keladi. Lichinkasida 3 juft, nimfa va imagolarida 4 juft oyoqlari bo’ladi. Kanalarning rivojlanishi yozda har 8-12 kunda o’tsa, kuzda va bahorda 19 kungacha davom etadi. Bir yilda 18-20 marta nasl beradi . Urg’ochi zotlari issiqxonalar, parniklarda o’simlik qoldiqlarida yakkayakka holda yoki to’p-to’p bo’lib qishlaydi. Ular sovuqqa chidamli, –20°C da bitta yarimtasi, sovuq –30 0S dan oshganda esa 100 % nobud bo’ladi.
O’rgimchakkanaga qarshi hozirgi paytda agrotexnik, kimyoviy va biologik usullardan iborat, kompleks kurash choralari tavsiya etilgan. Biroq, o’rgimchakkanani kimyoviy vositalarga chidamliligi yil sayin ortib bormoqda. Kimyoviy kurashda dorilarni qo’llash me’yorlarni oshirib borish esa foydali
jonzotlarni qirilishiga, atrof muxitni zaharlanishiga olib kelib, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bu kichik bo’limga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o’rgimchakkana O’zbekistonda qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunandasi sifatida asosan g’o’zada o’rganilgan.
Adabiyotlarni o’rganish natijalari keyingi yillarda bodring o’simligiga o’rgimchakkana zararini oshib borayotganligini ko’rsatdi. Bizning tajribalarimizda bodring ko’chatlarini o’rgimchakkana bilan zararlanishi ko’chatxonalarda boshlanishi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko’ra kuzda (sentyabrni birinchi o’n kuniligida) ekilgan ko’chatlarda kana soni 1 bargda 2-3 ni tashkil etdi. Uning miqdorini oshib borishi noyabrni o’rtalariga qadar davom etib, bu davrda 1ta bargda kana soni 40-51 ga qadar bordi. Shundan keyin o’rgimchakkana miqdori dekabr oyini ikkinchi yarmigacha ya’ni ekinning vegetasiyasi oxirigacha kamayib boradi.
Bundan tashqari biz poliz ekinlarida o’rgimchakkana bilan oziqlanib uni miqdorini kamayishiga sabab bo’luvchi entomofaglar turlarini ham aniqlangan. Bularning asosiylari oltinko’z, kanaxo’r trips, stetorus, orius qandalasidir. Ularning miqdori ancha kam bo’lsada (100 ta bargda 5-6 tani tashkil etadi) zararkunandaning rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi (Hamrayev va boshq,2014).
O’rgimchakkana poliz ekinlarida bodring o’simligida kuzda olti marta to’liq avlod berib rivojlanishi aniqlangan. Birinchi avlodini o’tishi 12-13 kun, ikkinchi siniki 14-15 kun, uchinchisiniki 15-16 kun, to’rtinchisiniki 16-17 kun, beshinchisiniki 18-19 kun, oltinchisiniki 19-20 kunni tashkil etdi. O’rgimchakkanani rivojlanishidagi bunday farq asosan issiqxonadagi haroratni o’zgarishi va ekinning yoshi bilan izohlanadi. Ya’ni, o’rgimchakkanani bir avlodini o’tishi uchun 200°C foydali harorat yig’indisi zarur (7,3°C dan yuqori harorat) (Xodjayev, 2013).
Shunday qilib, poliz ekinlarida o’rgimchakkani bilan zararlanishi bodring ko’chati ekib yetishtirish davridan boshlanib, to hosil pishib yetilgunga qadar davom etadi. O’rgimchakkananing miqdori dastlabki davrda 1 ta bargda 2-3 tani tashkil etgan bo’lsa, uning eng ko’p miqdori noyabr oyining o’rtalariga to’g’ri kelib, bu davrda bitta bargda 40-51 ta donagachi kana kuzatildi.

Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin