“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
1
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
2
Ушбу тўпламда республикамиз олимлари ва кенг жамоатчилиги
томонидан “Физиканинг ҳозирги замон таълимидаги ўрни (Физика в системе
современного образования)” мавзусидаги муаммолар атрофлича муҳокама
этилган.
Тўпламга
киритилган
мақолалардаги
факт
ва
рақамларнинг
ҳаққонийлигига ҳамда мазмуни учун муаллифлар масъулдир.
ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АНЖУМАН ТАШКИЛИЙ ҚЎМИТАСИ
РАИС:
Самарқанд давлат университети ректори профессор Р.И.Халмурадов;
РАИС ЎРИНБОСАРЛАРИ:
СамДУ илмий ишлар ва инновациялар бўйича проректори Х.А.Хушвақтов; СамДУ хўжалик ва
тадбиркорлик ишлари бўйича проректори И.Рахманов, СамДУ физика факультети декани
доцент А.А.Абсанов;
ИЛМИЙ КОТИБ:
СамДУ физика факультети умумий физика кафедраси мудири доцент Р.М.Ражабов
ТАШКИЛИЙ ҚЎМИТА АЪЗОЛАРИ:
Н.Б.Эшкобилов, СамДУ профессори Л.М.Собиров, СамДУ профессори, Б.М.Маҳмудов,
СамДУ профессори, А.Ж.Жумабоев, СамДУ профессори, Н.Н.Низомов, СамДУ профессори,
Д.И.Семенов- СамДУ ф-м.ф.д (DSc), Э.Курталиев СамДУ ф-м.ф.д (DSc), А.М.Умаров-СамДУ
академик лицейи директори, А.Холхўжаев- СамДУ иқтидорли болалар мактаби директори,
Ў.Т.Ўсаров СамДАҚИ, СамДУ доцентлари: Ш.Ж.Қувондиқов, Э.Арзикулов, Р.Эшбўриев, Х. О.
Шакаров, И. Субхонқулов, Н.Хамраев, М.Салахитдинова, И.Жабборов, З.Шодиев, О.Якубов,
С. Н. Сражев, С.Ахраров, Ж.Рўзимурадов, Т. У. Тошбоев, З.Маматов, Б.Аманов, О.Сулайманов,
У.Нуримов, М.Тошбоев
ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АНЖУМАН ДАСТУРИЙ ҚЎМИТАСИ
РАИС:
М. К. Баходирхонов
ЎзР ФА академиги, Тошкент давлат техника университети профессори
РАИС ЎРИНБОСАРИ:
О. Қ. Қувондиқов, ХПФА академиги, СамДУ, Самарқанд.
ДАСТУРИЙ ҚЎМИТА АЪЗОЛАРИ:
Аъзолари: профессор У. Ш. Бегимқулов –Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус
таълим вазирлиги, Т. М. Мўминов ЎзР ФА академиги, К. М. Муқимов ЎзР ФА академиги, Н.
Ю. Тўраев ЎзР ФА академиги, М. Х. Ашуров ЎзР ФА академиги, А.Т.Мамадалимов ЎзР ФА
академиги, С. Зайнобидинов ЎзР ФА академиги, С.Лақаев ЎзР ФА академиги,
Г. МуҳаммедовЎзМУ профессори, У.В.Валиев ЎзМУ профессори, Ш. Отажонов ЎзМУ
профессори, А.С.Саидов Физика-техника институти профессори, С.Жуманов. Ядро физикаси
институти профессори, И.Нуритдинов Ядро физикаси институти профессори, Э.Ибрагимова
Ядро физикаси институти профессори, Б.Умрзоқов-Тошкент давлат техника университети
профессори, М. Т. Нормуродов ҚарДУ профессори, А. Ташатов ҚарДУ профессори, Э. З.
Имамов ТАТУ профессори, С. Қаҳҳоров БухДУ профессори, Д.Жураев БухДУ профессори,
Ш. Жўраев ТерДУ профессори, Э.Ю.Тураев ТерДУ профессори, У.Юлдашев ЖизПИ
профессори, Г.Карлыбаева НукусПИ (DSc), Ш. Х. Усанов таълим сифати ва уни назорат қилиш
инспекцияси, Б.Қўйлиев ҚарДУ доценти
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
3
1-ШЎЪБА ФИЗИКА ВА АСТРОНОМИЯНИ ЎҚИТИШДА ЭНГ ЯНГИ
ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ
TABIIY VA ANIQ FANLARNI O’QITISHDA INTERAKTIV ELEKTRON
DOSKA(IED)DAN FOYDALANISH
Eshqulova Gavhar Alimovna - Navoiy viloyati, Karmana tumani 8 – umumiy o’rta ta’lim
maktabi matematika fani o’qituvchisi
Ta’lim tizimida o’quv jarayonini asosiy masalalaridan biri shundaki, mashg’ulotidagi mavzuni
tinglovchilar tamonidan o’zlashtirish darajasini oshirish. Ya’ni mavzuni tushunish, eslab qolish va
amaliyotda qullay bilish. Mutaxasislarni fikricha, inson 80% ma’lumotni ko’rish organlari, 15%
ma’lumotni eshitish organlari va 5% ma’lumotni boshqa usullarda qabul qiladi. Inson axborotni qabul
qilish va eslab qolishi darajasini oshirish uchun, u ko’rishi, eshitishi bilan birga o’zi shu jarayonda
ishtirok etishi (yozishi, chizishi va h.k.) talab etiladi. Shuning uchun dars jarayonida tinglovchilarni
faolligini oshirish, mavzuning ba’zi bir materiallarini doskada tinglovchilar ijrosida amalga oshirish
mavzuni ular tamonidan o’zlashtirilish darajasini oshiradi.
Umumta’lim maktablaridagi mashg’ulotlar jarayonida interaktiv elektron doskadan foydalanish
o’quv jarayoniga yangi sifat darajasini olib kiradi. Bu esa o’qituvchiga nafaqat dars mashg’ulotiga
tayyorgarlik ko’rishni va darsni olib borishni yengillashtiradi, balki yangi imkoniyatlarni ham yaratib
beradi.
Tabiiy va aniq fanlar o’qituvchilari yaxshi bilishadiki, bir geometrik figurani doskada bo’r bilan
chizish ancha vaqt talab qiladi (agar bu geometrik figurani tinglovchining doskada chizishga to’g’ri
kelsa, yanada vazifa qiyinlashadi). IED bilan birga o’rnatilgan dasturlar yordamida esa, bunday
figuralarni chizish bir necha soniyada amalga oshiriladi: doskada fonni katak daftar ko’rinishiga
o’tkaziladi, marker (qalam) yordamida kerakli geometrik figura tanlanadi va kerakli geometrik figura
(kesma, uchburchak, to’rtburchak, aylana va h.k.) chiziladi. Zarurat tug’ilsa, figura o’lchamlarini
o’zgartirish, uni biror burchakka burish yoki doskani boshqa qismiga o’tkazish mumkin. Agar
chizmada xatolik bo’lsa, marker yordamida uni o’chirish, unga qo’shimcha elementlar kiritsa bo’ladi.
Tinglovchi IED oldida o’zini ancha erkin his qiladi. Xato qilishdan qo’rqmaydi. Undan tashqari turli
ranglardan foydalanish mashg’ulotga yanada qiziqishni uyg’otadi.
Geografiya darsida esa, doskaga fon sifatida biror davlat xaritasini o’rnatib, shu xaritadan biror
sohani yaqqolroq ko’rish uchun marker bilan shu sohani kattalashtirish mumkin. Shu bilan birga,
o’qituvchi IED oldida turib Internet tarmog’iga ulanib mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlarni
qidirishi va olishi mumkin.
Biologiya darslarida kompyuterga raqamli mikroskop ulab IEDda hujayra strukturasini
ko’rsatish mumkin.
Fizika, kimyo fanlarida laboratoriya tajribalarini o’quv yurti sharoitida bajarish imkoniyati
bo’lmasa, bunday tajribalarni Internet tarmog’idan olib tinglovchilarga IEDda namoyish etish
mumkin.
Xush, Interaktiv Elektron Doska nima? Bu doskalarni oddiy doskalardan farqi shundaki, doskada
bajarilgan har bir ish shu zahoti kompyuter ekranida paydo bo’ladi. Doskada yozilgan axborotni fayl
ko’rinishida kompyuter xotirasiga saqlash, kerak bo’lsa printer yordamida qog’ozga chiqarish
mumkin. Matnlarni va grafik tasvirlarni rangli marker (qalam)lar bilan bezash mumkin.
Interaktiv elektron doskani asosiy afzalliklaridan biri–unda animatsiyadan foydalanish
imkoniyati mavjudligidir. Unda tayyor rasmlarni ko’rish, o’tkazilayotgan mashg’ulotni vediotasvir
ko’rinishda yozib borish va vedio tasvirlarni namoyish etish mumkin. Doskada yozilgan har bir parcha
kompyuter xotirasida vedio tasvir ko’rinishida saqlanadi va mashg’ulot muhokamasi jarayonida
kerakli parchani ko’rish va mashg’ulotni kerakli qismiga qaytish mumkin.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
4
Interaktiv elektron doska – bu kata hajmdagi sensor ekran bo’lib, unda maxsus marker(qalam)
yordamida foydalanuvchi interfeysi funksiyalarini bajarish mumkin.
Komoyuterga proektor va IEDni ulab, ularni dasturlarini o’rnatganimizdan so’ng, IED komyuter
ekrani, elektron marker(qalam) esa “sichqon” vazifasini o’tay boshlaydi. IEDdagi uskunalar panelida
joylashgan tugmalardan foydalanib, marker yordamida hujjatlar, rasmlar, vediotasvirlar bilan ishlash
imkoniyati paydo bo’ladi.
IEDdan foydalanish interfeysi juda sodda. Buning uchun doskada joylashgan markerlar paneli
va uskunalar panelidagi tugmalarni funksiyalari bilan tanishib chiqish kerak. IEDni o’ng va chap
tamonlarida funksiyalari deyarli bir xil bo’lgan markerlar paneli joylashgan. IEDni quyi qismida servis
funksiyalarni bajaruvchi tugmalar to’plamidan iborat bo’lgan uskunalar paneli joylashgan.
IEDda ishlash jarayonida o’zidagi tugmalardan tashqari ishga tushirilgan dastur oynasidagi
tugmalardan ham foydalansa bo’ladi.
Markerlar panelida 6 ta tugma joylashgan. Bu tugmalarni bir yoki ikki marta bosib tugmaga
biriktirilgan funksiyalarni bajarish mumkin. Uskunalar panelida 8 ta tugma joylashgan. Ular
yordamida doska bevosita boshqariladi.
Pedagogik hodimlar kompyuter savodxonligini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg’or ta’lim va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish, mediata’lim va
mediasavodxonlik darslari samaradorligini oshirish uchun maqsadli “Interaktiv elektron
doska(IED)dan foydalanish masalalari” kabi kurslar tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kompyuterli ta’lim asosida ma’ruza darslari tashkil etilganda tinglovchilar fanning mohiyatini
tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Ma’ruzani shunday
tayyorlash va IEDda bayon etish lozimki, uning ta’sirida o’quvchilarda shu fanga, uning vazifa va
kelajagiga nisbatan bilimlar shakllansin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Юлдошев У.Ю., Зокирова Ф.М. Методика преподаванич информатики. Учебник для
педогогических вузов. – Т.; 2005.
2. Юлдошев У.Ю., Рахматуллаева Ш. Интернет асослари.- Т., 2002. -28б.
3. Учитель -60 help. Product Version-3. 12.09.2001. Taiwan.
PEDAGOGIKA OLIY O’QUV YURTLARIDA “STATISTIK FIZIKA VA
TERMODINAMIKA” KURSINI IZCHILLIK TAMOYILI ASOSIDA O’QITISH
Abdullayev Jalil Malikevich. Navoiy davlat pedagogika institute
Ilmiy-texnik taraqqiyotni yuksak darajada rivojlanishini hisobga olgan holda, ta’lim tizimini
takomillashtirishda va mutaxassislarning intelektual salohiyatini oshirish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir. Shundan kelib chiqib, Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etishi va
uni hayotga joriy qilinishini, ushbu sohalaridagi yutuqlardan biri deb qarash mumkin. Shunga ko‘ra,
fizikadan takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari va dasturlarga o‘tish, kursning mazmunini
boyitishi, bevosita uning ilmiyligini oshirishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, pedagogika oliy
o‘quv yurtlarida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini yanada oshirishni taqozo qiladi.
Bu masalalarni hal qilishda, ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalar alohida o‘rin tutadi,
chunki, ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalar faqatgina fanni rivojlanish tarixida muhim
bo‘lmasdan, balki, o‘quvchi-talabalar ilmiy dunyoqarashini hamda olamning zamonaviy fizik
manzarasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, umumta’lim maktab, akademik litseylar fizika darsliklarida
asosan detirministik yondoshuvlardan foydalanilib, bunda statistik g‘oya va tushunchalar yetarli
darajada aks ettirilmagan[1]. Bu esa o‘quvchilarning ehtimoliy-statistik xarakterdagi fizik jarayonlar
mohiyatini tushunishlarida murakkabliklarni yuzaga keltirmoqda. Shuning uchun o‘quvchilarga
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
5
ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni izchil singdirish hamda shu orqali ehtimoliy-statistik
qonuniyatlarni o‘rgatish hozirgi kun fizika ta’limining dolzarb muammolaridan biridir.
Pedogogika oliy o‘quv yurtlarida “Statistik fizika va termodinamika” kursini o‘qitishning asosiy
metodik g‘oyasi statistik va fenomenologik usullarning organik birligini ta’minlash va bu kursni
o‘qitishda foydalanish,
talabalarda statistik g‘oya va tushunchalarning asl mohiyatini tushunishga,
ularda o‘qituvchilik kompetentligi shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalarni pedagogik kasbga tayyorlash sifatini oshirishda muhim bo‘lgan didaktik
tamoyillardan biri-izchillik tamoyilidir. Bu tamoyil o‘zining mohiyatiga ko‘ra, ta’limning har xil
bosqichlarida o’qitish orasidagi zaruriy bog‘lanishlarni amalga oshirishni hamda uni o‘qitish
bosqichlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashni nazarda tutadi[2]. “Statistik fizika va termodinamiak” kursini
izchilik tamoyili asosida o‘qitishning didaktikasi va metodikasini takomil-lashtirish ta’lim sifatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatib, nazariy bilimlarni yanada kengaytirish maqsadida quyidagilarni izchilligini
ta’minlash zarur:
-statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni sistemalashtirish
pedagogikasining tarixini o‘rganish va tizimlashtirish;
-statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni uzchiligini ta’minlashning
zamonaviy uslubiy imkoniyatlatlarini yaratish va uni qo‘llashning bo’lg’usi fizika o’qituvchisining
kompetentligini shakil-lantirishdagi o‘rnini ko‘rsatib o‘tish;
- statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni nazariy-metodologik
asoslarini uslubiyotini nazariy jihatlarini tadqiq etish;
- statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya va tushunchalarni ilmiy bilishdagi o‘rnini
aniqlash;
- jamiyat taraqqiyotida statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya tushunchalarni
prinsiplarining ahamiyatini pedagogik jihatdan tahlil qilish;.
Yuqorida keltirilganlar talabalarning “Statistik fizika va termodinamika” bo‘limini
o‘rganish tufayli nafaqat, ilmiy bilimga balki bilimlarni sistemalashtirishga, uni analiz va
sintez qilishdek kompe-tentsiyaga ega bo‘lishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
M. Djo‘rayev. Fizika o‘qitish metodikasi. T.“Abu matbuot-konsalt”.2015.
2.
M. Djo‘rayev. Fizika o‘qitishda statistik g‘oyalar. T. “O‘qituvchi” 1996.
FIZIKAVIY HODISALARNI INTEGRTSAION TUSHUNCHALAR ASOSIDA
O’RGANISH
Qudratov Elmurod Abduxalimovich, Hamroyeva Sevara Nasriddinovna
Navoiy davlat pedagogika instituti.
Hozirgi kunda ta’lim sohasini islox qilish yo`nalishlaridan biri fanlarini integrallab o`qitish
sifatini oshirishga qaratilgan. Bu sohadagi muhim yo`nalishlardan biri - fizikaviy qonunlarning
umumiyligini namoyish qilish va ularning tabiat qonunlari uchun to`g’riligini namoyish qilishda
fanlararo bog’liqlikka yangicha yondoshishdan iborat. Bunda asosiy e’tibor tabiatning tuzulishi va
xossalariga nisbatan dunyoqarashimizni chuqurlashtiradigan va kengaytiradigan fizik qonunlarga
qaratiladi. Bundan tashqari tabiatdagi fizikaviy hodisalarni o’rganish o’quvchilarning fizikadan olgan
bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham
tayanadi.
Masalan, mexanika qonunlarini, tebranishlar va to’lqin hodisalarni o’rganish uchun matematika
kursidan trigonometrik funksiyalarga murojaat qilamiz, elektroliz hodisasini o’rganishda yoki, atom
va yadro fizikasini o’rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarimizdan foydalanamiz, issiqlik va elektr
haqidagi ta’limotlarni XIX asrdagi sanoat tarixi haqidagi olgan ma’lumotlar asosida
takomillashtiramiz, atmosfera, konvensiya, Yer magnetizm hodisalarini o’rganishda esa
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
6
geografiyadan olgan bilimlardan foydalanamiz. Ta’limda bu jarayon fanlararo integratsiya tizimini
tashkil etadi.
Fizika kursini boshqa o’quv fanlari bilan integratsiyasini amalga oshirish quyidagi maqsadlarni
ko’zlaydi:
Fizikaning fanlararo integratsiyani amalga oshirish ikkita moslashtirish orqali amalga oshiriladi:
vaqt bo’yicha va tushunchalar bo’yicha.
Vaqt bo’yicha moslashtirish deganda, biror tushuncha, aytaylik vektor tushunchasi
matematikada o’rganib bo’lingach fizikada vektor kattaliklar va ular ustidagi amallar bajariladi.
Ttrigonometrik funksiyalar ham matematikada o’rganilgach undan fizikadan masalalar yechishda
foydalanish mumkin. Teleskoplarning tuzilishi hamda ishlash prinsipi fizika fanida o’rganiladi va
ulardan esa astronomiya fanini o’zastirishda qo’l keladi.
Tushunchalar bo’yicha moslashtirish – tabiiy hodisa, jarayon va tushunchalar ikki yoki undan
ortiq fanlarda ham mavjud bo’ladi. Masalan, elektr tushunchasi kimyo, biologiya, geografiya kabi
fanlarda ham uchraydi.
Ma’lumki, elektr baliqlar odamzodga qadim zamonlardan buyon tanish. Aristotel o’z
shogirdlariga O’rta Yer dengizida suzib yuradigan elektrskat (katta yirtqich dengiz balig’ining bir turi)
“... o’zi tutib olmoqchi bo’lgan hayvonlarni o’zida mavjud kuchining zarbi bilan urib, ularni bir joyda
qotib turib qolishga majbur etadi.”, deb hikoya qilib bergan.
Qadimgi Misr ibodatxonalarining ustunlarida va bazalt devorlarida tasvirlangan son-sanoqsiz
bislar (qushlar), ho’kizlar, harbiylarning rasmlari orasida ahyon-ahyonda muqaddas baliqlar tasviri
ham uchrab turadi.
Unga diqqat bilan qaragan kishi, bu Nil daryosida
uchraydigan elektr laqqa balig’i - yevropa laqqa balig’ining
yaqin turi ekanligi bugungi kunda aniqlangan.
Aftidan, qadimgi misrliklar bu baliqni ushlamoqchi
bo’lganlarida kuchli elektr zarb hosil bo’lgani uchun ham uni
muqaddas deb hisoblaganlar.
Aytishlaricha, qadimgi rim tabiblaridan biri Skriboniy
rim oqsuyaklarining bod kasalini elektr ilonbaliqlarining “sog’aytiruvchi” zarbi yordamida
muvaffaqiyat bilan davolagan ekan. Bu zarblarnnng tabiatini Aleksandro Voltadan oldinroq hech kim
anglab yetmagan edi. U elektrskatda hosil bo’ladigan zarbni o’zi yaratgan batareya - volta ustunlari
zarbi bilan taqqoslab ko’rdi.
Biroq ilmiy tadqiqot ishlar faqat bizning zamonamizdagina, ya’ni baliqlar impulsini yozib
oluvchi apparatlar yaratilgandan keyingina amalga oshirila boshlandi. Tadqiqotlar elektr baliqlarning
ma’lum bo’lgan 300 turi orasidan faqat ma’lum sondagi baliqlargina kuchli impulslar hosil qilishini
ko’rsatadi.
Masalan, ikki metr keladigan elektrskat tok kuchi 50A bo’lganda 50-60V li kuchlanish hosil
qilish qobiliyatiga ega. Bu kuchlanish skatning o’zidan sal kichikroq bo’lgan baliqni falaj qilish uchun
yetarlidir.
Amazonkada va Janubiy Amerikadagi ba’zi bir daryolarda yashovchi ilonbaliqlar 500V li impuls
- kuchlanish hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu esa inson hayoti uchun xavflidir.
FIZIKA FANNING INTEGRATSIYASI
Tabiiy-ilmiy
bilimlarning
dialektik birligi
asosida tabiat
haqida yagona
qarashni
shakllantirish
Bilimlarni
sistemalash-
tirishni
(tizimli)
tashkil etish
Tabiat
hodisalari
bilan fizik
tushunchalar
orasidagi
bog’lanishni
anglay olish
Tabiiy-ilmiy
bilimlarning
bog'lanishlarni
o'rgatish
ko’nikmasini
shakllantirish
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
7
Baliqlarning elektr organi nimadan iborat? Baliqlarning elektr organi elektr plastinkalar deb
ataluvchi maxsus muskul to’qimalaridan iborat bo’lib, ularning tuzilishiga ko’ra elektrobatareyalarga
juda o’xshaydi. Bunday organ elektrskat tanasining choragini, laqqabaliqning katta qismini tashkil
qiladi. Elektr organlari kichik bo’lgan va ular butun tana bo’ylab tarqalib ketgan elektr baliqlar ham
mavjud. Bu baliqlar hosil qiladigan razryadlar kuchsiz, ya’ni bir necha volt bo’lib, ular uzluksiz hosil
bo’lib turadi.
Demak, fizikani o’qitish jarayonida asosiy elektr kattaliklarni o’quvchilarga o’rgatishda
yuqoridagi biofizik tushunchalarni atrofimizdagi olamdan ya’ni, tabiatning o’zidan olgan holda hamda
fanlararo bog’lanishlardan foydalanish orqali amalga oshirilsa o’quvchilarning dunyoqarashini
shakllanishiga, o’rgangan bilimlarini kuzatish imkoniyatiga va tahlil qilish ko’nikmalarini
shakllanishga olib keladi.
Adabiyotlar:
1.
И.Г. Кириллова. Книга для чтения по физике. Просвещение", М.,1978.
Dostları ilə paylaş: |