Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni



Yüklə 11,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/63
tarix18.05.2020
ölçüsü11,09 Mb.
#31289
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Конференция - физика-PDFга


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

 



Ушбу  тўпламда  республикамиз  олимлари  ва  кенг  жамоатчилиги 

томонидан  “Физиканинг  ҳозирги  замон  таълимидаги  ўрни  (Физика  в  системе 

современного  образования)”  мавзусидаги  муаммолар  атрофлича  муҳокама 

этилган.  

Тўпламга 

киритилган 

мақолалардаги 

факт 

ва 

рақамларнинг 

ҳаққонийлигига ҳамда мазмуни учун муаллифлар масъулдир.  

 

 

 

 

ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АНЖУМАН ТАШКИЛИЙ ҚЎМИТАСИ  

РАИС:  

Самарқанд давлат университети ректори профессор Р.И.Халмурадов;    



 

РАИС ЎРИНБОСАРЛАРИ: 

СамДУ илмий ишлар ва инновациялар  бўйича проректори Х.А.Хушвақтов; СамДУ хўжалик ва 

тадбиркорлик  ишлари  бўйича  проректори  И.Рахманов,  СамДУ  физика  факультети  декани 

доцент А.А.Абсанов;  



 

ИЛМИЙ КОТИБ: 

СамДУ физика факультети умумий физика кафедраси мудири доцент Р.М.Ражабов 



 

ТАШКИЛИЙ ҚЎМИТА АЪЗОЛАРИ:  

Н.Б.Эшкобилов,  СамДУ  профессори  Л.М.Собиров,  СамДУ  профессори,  Б.М.Маҳмудов, 

СамДУ  профессори,  А.Ж.Жумабоев,  СамДУ  профессори,  Н.Н.Низомов,  СамДУ  профессори, 

Д.И.Семенов- СамДУ ф-м.ф.д (DSc), Э.Курталиев СамДУ ф-м.ф.д (DSc), А.М.Умаров-СамДУ 

академик  лицейи  директори,  А.Холхўжаев-  СамДУ  иқтидорли  болалар  мактаби  директори, 

Ў.Т.Ўсаров СамДАҚИ, СамДУ доцентлари: Ш.Ж.Қувондиқов, Э.Арзикулов, Р.Эшбўриев, Х. О. 

Шакаров, И. Субхонқулов, Н.Хамраев, М.Салахитдинова, И.Жабборов, З.Шодиев, О.Якубов, 

С. Н. Сражев, С.Ахраров, Ж.Рўзимурадов, Т. У. Тошбоев, З.Маматов, Б.Аманов, О.Сулайманов, 

У.Нуримов, М.Тошбоев 

ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АНЖУМАН ДАСТУРИЙ ҚЎМИТАСИ  

 

РАИС: 

М. К. Баходирхонов



 

ЎзР ФА академиги, Тошкент давлат техника университети профессори 



РАИС ЎРИНБОСАРИ: 

О. Қ. Қувондиқов,  ХПФА академиги, СамДУ, Самарқанд. 



 

ДАСТУРИЙ ҚЎМИТА АЪЗОЛАРИ:  

Аъзолари:  профессор  У.  Ш.  Бегимқулов  –Ўзбекистон  Республикаси  олий  ва  ўрта  махсус 

таълим вазирлиги, Т. М. Мўминов ЎзР ФА академиги,  К. М. Муқимов ЎзР ФА академиги,  Н. 

Ю. Тўраев ЎзР ФА академиги,  М. Х. Ашуров ЎзР ФА академиги,  А.Т.Мамадалимов ЎзР ФА 

академиги,  С. Зайнобидинов ЎзР ФА академиги,  С.Лақаев ЎзР ФА академиги,   

Г.  МуҳаммедовЎзМУ  профессори,  У.В.Валиев  ЎзМУ  профессори,  Ш.  Отажонов  ЎзМУ 

профессори, А.С.Саидов Физика-техника институти профессори, С.Жуманов. Ядро физикаси 

институти  профессори,  И.Нуритдинов  Ядро  физикаси  институти  профессори,  Э.Ибрагимова 

Ядро  физикаси  институти  профессори,  Б.Умрзоқов-Тошкент  давлат  техника  университети 

профессори,  М.  Т.  Нормуродов  ҚарДУ  профессори,  А.  Ташатов  ҚарДУ  профессори,  Э.  З. 

Имамов ТАТУ профессори, С. Қаҳҳоров БухДУ  профессори, Д.Жураев БухДУ  профессори, 

Ш.  Жўраев  ТерДУ    профессори,    Э.Ю.Тураев  ТерДУ    профессори,  У.Юлдашев  ЖизПИ 

профессори, Г.Карлыбаева НукусПИ (DSc), Ш. Х. Усанов таълим сифати ва уни назорат қилиш 

инспекцияси,  Б.Қўйлиев ҚарДУ доценти 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

 



1-ШЎЪБА ФИЗИКА ВА АСТРОНОМИЯНИ ЎҚИТИШДА ЭНГ ЯНГИ 

ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ 

 

TABIIY VA ANIQ FANLARNI O’QITISHDA INTERAKTIV ELEKTRON 

DOSKA(IED)DAN FOYDALANISH 

 

Eshqulova Gavhar Alimovna - Navoiy viloyati, Karmana tumani 8 – umumiy o’rta ta’lim 

maktabi matematika fani o’qituvchisi 

 

Ta’lim tizimida o’quv jarayonini asosiy masalalaridan biri shundaki, mashg’ulotidagi mavzuni 

tinglovchilar  tamonidan  o’zlashtirish  darajasini  oshirish.  Ya’ni  mavzuni  tushunish,  eslab  qolish  va 

amaliyotda  qullay  bilish.  Mutaxasislarni  fikricha,  inson  80%  ma’lumotni  ko’rish  organlari,  15% 

ma’lumotni eshitish organlari va 5% ma’lumotni boshqa usullarda qabul qiladi. Inson axborotni qabul 

qilish va eslab qolishi darajasini oshirish uchun, u ko’rishi, eshitishi bilan birga o’zi shu jarayonda 

ishtirok etishi (yozishi, chizishi va h.k.) talab etiladi. Shuning uchun dars jarayonida tinglovchilarni 

faolligini oshirish, mavzuning ba’zi bir materiallarini doskada tinglovchilar ijrosida amalga oshirish 

mavzuni ular tamonidan o’zlashtirilish darajasini oshiradi. 

Umumta’lim maktablaridagi mashg’ulotlar jarayonida interaktiv elektron doskadan foydalanish 

o’quv jarayoniga yangi sifat darajasini olib kiradi. Bu esa o’qituvchiga nafaqat dars  mashg’ulotiga 

tayyorgarlik ko’rishni va darsni olib borishni yengillashtiradi, balki yangi imkoniyatlarni ham yaratib 

beradi. 

Tabiiy va aniq fanlar o’qituvchilari yaxshi bilishadiki, bir geometrik figurani doskada bo’r bilan 

chizish ancha vaqt talab qiladi (agar bu geometrik figurani tinglovchining doskada chizishga to’g’ri 

kelsa,  yanada  vazifa  qiyinlashadi).  IED  bilan  birga  o’rnatilgan  dasturlar  yordamida  esa,  bunday 

figuralarni  chizish  bir  necha  soniyada  amalga  oshiriladi:  doskada  fonni  katak  daftar  ko’rinishiga 

o’tkaziladi, marker (qalam) yordamida kerakli geometrik figura tanlanadi va kerakli geometrik figura 

(kesma,  uchburchak,  to’rtburchak,  aylana  va  h.k.)  chiziladi.  Zarurat  tug’ilsa,  figura  o’lchamlarini 

o’zgartirish,  uni  biror  burchakka  burish  yoki  doskani  boshqa  qismiga  o’tkazish  mumkin.  Agar 

chizmada xatolik bo’lsa, marker yordamida uni o’chirish, unga qo’shimcha elementlar kiritsa bo’ladi. 

Tinglovchi IED oldida o’zini ancha erkin his qiladi. Xato qilishdan qo’rqmaydi. Undan tashqari turli 

ranglardan foydalanish mashg’ulotga yanada qiziqishni uyg’otadi. 

Geografiya darsida esa, doskaga fon sifatida biror davlat xaritasini o’rnatib, shu xaritadan biror 

sohani  yaqqolroq  ko’rish  uchun  marker  bilan  shu  sohani  kattalashtirish  mumkin.  Shu  bilan  birga, 

o’qituvchi  IED  oldida  turib  Internet  tarmog’iga  ulanib  mavzu  yuzasidan  kerakli  ma’lumotlarni 

qidirishi va olishi mumkin. 

Biologiya  darslarida  kompyuterga  raqamli  mikroskop  ulab  IEDda  hujayra  strukturasini 

ko’rsatish mumkin. 

Fizika,  kimyo  fanlarida  laboratoriya  tajribalarini  o’quv  yurti  sharoitida  bajarish  imkoniyati 

bo’lmasa,  bunday  tajribalarni  Internet  tarmog’idan  olib  tinglovchilarga  IEDda  namoyish  etish 

mumkin. 


Xush, Interaktiv Elektron Doska nima? Bu doskalarni oddiy doskalardan farqi shundaki, doskada 

bajarilgan har bir ish shu zahoti kompyuter ekranida paydo bo’ladi. Doskada yozilgan axborotni fayl 

ko’rinishida  kompyuter  xotirasiga  saqlash,  kerak  bo’lsa  printer  yordamida  qog’ozga  chiqarish 

mumkin. Matnlarni va grafik tasvirlarni rangli marker (qalam)lar bilan bezash mumkin. 

Interaktiv  elektron  doskani  asosiy  afzalliklaridan  biri–unda  animatsiyadan  foydalanish 

imkoniyati  mavjudligidir.  Unda  tayyor  rasmlarni  ko’rish,  o’tkazilayotgan  mashg’ulotni  vediotasvir 

ko’rinishda yozib borish va vedio tasvirlarni namoyish etish mumkin. Doskada yozilgan har bir parcha 

kompyuter  xotirasida  vedio  tasvir  ko’rinishida  saqlanadi  va  mashg’ulot  muhokamasi  jarayonida 

kerakli parchani ko’rish va mashg’ulotni kerakli qismiga qaytish mumkin. 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

 



Interaktiv elektron doska – bu kata hajmdagi sensor ekran bo’lib, unda maxsus marker(qalam) 

yordamida foydalanuvchi interfeysi funksiyalarini bajarish mumkin. 

Komoyuterga proektor va IEDni ulab, ularni dasturlarini o’rnatganimizdan so’ng, IED komyuter 

ekrani, elektron marker(qalam) esa “sichqon” vazifasini o’tay boshlaydi. IEDdagi uskunalar panelida 

joylashgan tugmalardan foydalanib, marker yordamida hujjatlar, rasmlar, vediotasvirlar bilan ishlash 

imkoniyati paydo bo’ladi. 

IEDdan foydalanish interfeysi juda sodda. Buning uchun doskada joylashgan markerlar paneli 

va  uskunalar  panelidagi  tugmalarni  funksiyalari  bilan  tanishib  chiqish  kerak.  IEDni  o’ng  va  chap 

tamonlarida funksiyalari deyarli bir xil bo’lgan markerlar paneli joylashgan. IEDni quyi qismida servis 

funksiyalarni bajaruvchi tugmalar to’plamidan iborat bo’lgan uskunalar paneli joylashgan. 

IEDda  ishlash  jarayonida  o’zidagi  tugmalardan  tashqari  ishga  tushirilgan  dastur  oynasidagi 

tugmalardan ham foydalansa bo’ladi.  

Markerlar  panelida  6  ta  tugma  joylashgan.  Bu  tugmalarni  bir  yoki  ikki  marta  bosib  tugmaga 

biriktirilgan  funksiyalarni  bajarish  mumkin.  Uskunalar  panelida  8  ta  tugma  joylashgan.  Ular 

yordamida doska bevosita boshqariladi. 

Pedagogik  hodimlar  kompyuter  savodxonligini  oshirish,  ta’lim  jarayoniga  ilg’or  ta’lim  va 

axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarni  yanada  kengroq  joriy  etish,  mediata’lim  va 

mediasavodxonlik  darslari  samaradorligini  oshirish  uchun  maqsadli  “Interaktiv  elektron 

doska(IED)dan foydalanish masalalari” kabi kurslar tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi.  

Kompyuterli ta’lim asosida ma’ruza darslari tashkil etilganda tinglovchilar fanning mohiyatini 

tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Ma’ruzani shunday 

tayyorlash va IEDda bayon etish lozimki, uning ta’sirida o’quvchilarda shu fanga, uning vazifa va 

kelajagiga nisbatan bilimlar shakllansin. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Юлдошев  У.Ю.,  Зокирова  Ф.М.  Методика  преподаванич  информатики.  Учебник  для 

педогогических вузов. – Т.; 2005. 

2.  Юлдошев У.Ю., Рахматуллаева Ш. Интернет асослари.- Т., 2002. -28б. 

3.  Учитель -60 help. Product Version-3. 12.09.2001. Taiwan. 

 

PEDAGOGIKA OLIY O’QUV YURTLARIDA “STATISTIK FIZIKA VA 



TERMODINAMIKA” KURSINI IZCHILLIK TAMOYILI ASOSIDA O’QITISH 

 

Abdullayev Jalil Malikevich. Navoiy davlat pedagogika institute 



 

Ilmiy-texnik  taraqqiyotni  yuksak  darajada  rivojlanishini  hisobga  olgan  holda,  ta’lim  tizimini 

takomillashtirishda  va  mutaxassislarning  intelektual  salohiyatini  oshirish  bugungi  kunning  dolzarb 

vazifalaridan biridir. Shundan kelib chiqib, Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etishi va 

uni hayotga joriy qilinishini, ushbu sohalaridagi yutuqlardan biri deb qarash mumkin. Shunga ko‘ra, 

fizikadan  takomillashtirilgan  davlat  ta’lim  standartlari  va  dasturlarga  o‘tish,  kursning  mazmunini 

boyitishi,  bevosita  uning  ilmiyligini  oshirishga  olib  keladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida,  pedagogika  oliy 

o‘quv yurtlarida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini yanada oshirishni taqozo qiladi. 

Bu  masalalarni  hal  qilishda,  ehtimoliy-statistik  g‘oya  va  tushunchalar  alohida  o‘rin  tutadi, 

chunki,  ehtimoliy-statistik  g‘oya  va  tushunchalar  faqatgina  fanni  rivojlanish  tarixida  muhim 

bo‘lmasdan,  balki,  o‘quvchi-talabalar  ilmiy  dunyoqarashini  hamda  olamning  zamonaviy  fizik 

manzarasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Tahlillarimiz  shuni  ko‘rsatadiki,  umumta’lim  maktab,  akademik  litseylar  fizika  darsliklarida 

asosan  detirministik  yondoshuvlardan  foydalanilib,  bunda  statistik  g‘oya  va  tushunchalar  yetarli 

darajada aks ettirilmagan[1]. Bu esa o‘quvchilarning ehtimoliy-statistik xarakterdagi fizik jarayonlar 

mohiyatini  tushunishlarida  murakkabliklarni  yuzaga  keltirmoqda.  Shuning  uchun  o‘quvchilarga 



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

 



ehtimoliy-statistik  g‘oya  va  tushunchalarni  izchil  singdirish  hamda  shu  orqali  ehtimoliy-statistik 

qonuniyatlarni o‘rgatish hozirgi kun fizika ta’limining dolzarb muammolaridan biridir. 

Pedogogika oliy o‘quv yurtlarida “Statistik fizika va termodinamika” kursini o‘qitishning asosiy 

metodik  g‘oyasi  statistik  va  fenomenologik  usullarning  organik  birligini  ta’minlash  va  bu  kursni 

o‘qitishda  foydalanish,

 

talabalarda  statistik  g‘oya  va  tushunchalarning  asl  mohiyatini  tushunishga, 



ularda o‘qituvchilik kompetentligi shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Talabalarni  pedagogik  kasbga  tayyorlash  sifatini  oshirishda  muhim  bo‘lgan  didaktik 

tamoyillardan  biri-izchillik  tamoyilidir.  Bu  tamoyil  o‘zining  mohiyatiga  ko‘ra,  ta’limning  har  xil 

bosqichlarida  o’qitish  orasidagi  zaruriy  bog‘lanishlarni  amalga  oshirishni  hamda  uni  o‘qitish 

bosqichlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashni nazarda tutadi[2]. “Statistik fizika va termodinamiak” kursini 

izchilik  tamoyili  asosida  o‘qitishning  didaktikasi  va  metodikasini  takomil-lashtirish  ta’lim  sifatiga 

ijobiy  ta’sir  ko‘rsatib,  nazariy  bilimlarni  yanada  kengaytirish  maqsadida  quyidagilarni  izchilligini 

ta’minlash zarur:  

-statistik  fizika  va  termodinamikadagi  asosiy  g‘oya  tushunchalarni  sistemalashtirish 

pedagogikasining tarixini o‘rganish va tizimlashtirish; 

-statistik  fizika  va  termodinamikadagi  asosiy  g‘oya  tushunchalarni  uzchiligini  ta’minlashning 

zamonaviy  uslubiy  imkoniyatlatlarini  yaratish  va  uni  qo‘llashning  bo’lg’usi  fizika  o’qituvchisining 

kompetentligini shakil-lantirishdagi o‘rnini ko‘rsatib o‘tish; 

-  statistik  fizika  va  termodinamikadagi  asosiy  g‘oya  tushunchalarni  nazariy-metodologik 

asoslarini uslubiyotini nazariy jihatlarini tadqiq etish; 

- statistik fizika va termodinamikadagi asosiy g‘oya va tushunchalarni ilmiy bilishdagi o‘rnini 

aniqlash; 

-  jamiyat  taraqqiyotida  statistik  fizika  va  termodinamikadagi  asosiy  g‘oya  tushunchalarni 

prinsiplarining ahamiyatini pedagogik jihatdan tahlil qilish;. 

Yuqorida  keltirilganlar  talabalarning  “Statistik  fizika  va  termodinamika”  bo‘limini 

o‘rganish  tufayli  nafaqat,  ilmiy  bilimga  balki  bilimlarni  sistemalashtirishga,  uni  analiz  va 

sintez qilishdek kompe-tentsiyaga ega bo‘lishiga olib keladi.  

Foydalanilgan adabiyotlar 

1. 


M. Djo‘rayev. Fizika o‘qitish metodikasi. T.“Abu matbuot-konsalt”.2015. 

2. 


M. Djo‘rayev. Fizika o‘qitishda statistik g‘oyalar. T. “O‘qituvchi” 1996.  

 

FIZIKAVIY HODISALARNI INTEGRTSAION TUSHUNCHALAR ASOSIDA 



O’RGANISH 

 

Qudratov Elmurod Abduxalimovich, Hamroyeva Sevara Nasriddinovna 

Navoiy davlat pedagogika instituti. 

 

Hozirgi  kunda  ta’lim  sohasini  islox  qilish  yo`nalishlaridan  biri  fanlarini  integrallab  o`qitish 



sifatini  oshirishga  qaratilgan.  Bu  sohadagi  muhim  yo`nalishlardan  biri  -  fizikaviy  qonunlarning 

umumiyligini  namoyish  qilish  va  ularning  tabiat  qonunlari  uchun  to`g’riligini  namoyish  qilishda 

fanlararo  bog’liqlikka  yangicha  yondoshishdan  iborat.  Bunda  asosiy  e’tibor  tabiatning  tuzulishi  va 

xossalariga  nisbatan  dunyoqarashimizni  chuqurlashtiradigan  va  kengaytiradigan  fizik  qonunlarga 

qaratiladi. Bundan tashqari tabiatdagi fizikaviy hodisalarni o’rganish o’quvchilarning fizikadan olgan 

bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham 

tayanadi.  

Masalan, mexanika qonunlarini, tebranishlar va to’lqin hodisalarni o’rganish uchun matematika 

kursidan trigonometrik funksiyalarga murojaat qilamiz, elektroliz hodisasini o’rganishda yoki, atom 

va yadro fizikasini o’rganishda kimyo kursidan olgan bilimlarimizdan foydalanamiz, issiqlik va elektr 

haqidagi  ta’limotlarni  XIX  asrdagi  sanoat  tarixi  haqidagi  olgan  ma’lumotlar  asosida 

takomillashtiramiz,  atmosfera,  konvensiya,  Yer  magnetizm  hodisalarini  o’rganishda  esa 



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

 



geografiyadan  olgan  bilimlardan  foydalanamiz.  Ta’limda  bu  jarayon  fanlararo  integratsiya  tizimini 

tashkil etadi.  

Fizika kursini boshqa o’quv fanlari bilan integratsiyasini amalga oshirish quyidagi maqsadlarni 

ko’zlaydi: 

 

Fizikaning fanlararo integratsiyani amalga oshirish ikkita moslashtirish orqali amalga oshiriladi: 



vaqt bo’yicha va tushunchalar bo’yicha. 

Vaqt  bo’yicha  moslashtirish  deganda,  biror  tushuncha,  aytaylik  vektor  tushunchasi 

matematikada  o’rganib  bo’lingach  fizikada  vektor  kattaliklar  va  ular  ustidagi  amallar  bajariladi. 

Ttrigonometrik  funksiyalar  ham  matematikada  o’rganilgach  undan  fizikadan  masalalar  yechishda 

foydalanish  mumkin.  Teleskoplarning  tuzilishi  hamda  ishlash  prinsipi  fizika  fanida  o’rganiladi  va 

ulardan esa astronomiya fanini o’zastirishda qo’l keladi. 

Tushunchalar bo’yicha moslashtirish – tabiiy hodisa, jarayon va tushunchalar ikki yoki undan 

ortiq  fanlarda  ham  mavjud  bo’ladi.  Masalan,  elektr  tushunchasi  kimyo,  biologiya,  geografiya  kabi 

fanlarda ham uchraydi. 

Ma’lumki,  elektr  baliqlar  odamzodga  qadim  zamonlardan  buyon  tanish.  Aristotel  o’z 

shogirdlariga O’rta Yer dengizida suzib yuradigan elektrskat (katta yirtqich dengiz balig’ining bir turi) 

“... o’zi tutib olmoqchi bo’lgan hayvonlarni o’zida mavjud kuchining zarbi bilan urib, ularni bir joyda 

qotib turib qolishga majbur etadi.”, deb hikoya qilib bergan. 

Qadimgi  Misr  ibodatxonalarining  ustunlarida  va  bazalt  devorlarida  tasvirlangan  son-sanoqsiz 

bislar  (qushlar),  ho’kizlar,  harbiylarning  rasmlari  orasida  ahyon-ahyonda  muqaddas  baliqlar  tasviri 

ham uchrab turadi.  

Unga  diqqat  bilan  qaragan  kishi,  bu  Nil  daryosida 

uchraydigan elektr laqqa balig’i - yevropa laqqa balig’ining 

yaqin turi ekanligi bugungi kunda aniqlangan.  

Aftidan,  qadimgi  misrliklar  bu  baliqni  ushlamoqchi 

bo’lganlarida kuchli elektr zarb hosil bo’lgani uchun ham uni 

muqaddas deb hisoblaganlar. 

Aytishlaricha, qadimgi rim tabiblaridan biri Skriboniy

 

rim  oqsuyaklarining  bod  kasalini  elektr  ilonbaliqlarining  “sog’aytiruvchi”  zarbi  yordamida 



muvaffaqiyat bilan davolagan ekan. Bu zarblarnnng tabiatini Aleksandro Voltadan oldinroq hech kim 

anglab yetmagan edi. U elektrskatda hosil bo’ladigan zarbni o’zi yaratgan batareya - volta ustunlari 

zarbi bilan taqqoslab ko’rdi. 

Biroq  ilmiy  tadqiqot  ishlar  faqat  bizning  zamonamizdagina,  ya’ni  baliqlar  impulsini  yozib 

oluvchi apparatlar yaratilgandan keyingina amalga oshirila boshlandi. Tadqiqotlar elektr baliqlarning 

ma’lum bo’lgan 300 turi orasidan faqat ma’lum sondagi baliqlargina kuchli impulslar hosil qilishini 

ko’rsatadi. 

Masalan,  ikki  metr  keladigan  elektrskat  tok  kuchi  50A  bo’lganda  50-60V  li  kuchlanish  hosil 

qilish qobiliyatiga ega. Bu kuchlanish skatning o’zidan sal kichikroq bo’lgan baliqni falaj qilish uchun 

yetarlidir. 

Amazonkada va Janubiy Amerikadagi ba’zi bir daryolarda yashovchi ilonbaliqlar 500V li impuls 

- kuchlanish hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu esa inson hayoti uchun xavflidir. 

FIZIKA FANNING INTEGRATSIYASI

Tabiiy-ilmiy 

bilimlarning 

dialektik birligi 

asosida tabiat 

haqida yagona 

qarashni 

shakllantirish

Bilimlarni 

sistemalash-

tirishni

(tizimli)

tashkil etish

Tabiat 


hodisalari

bilan fizik

tushunchalar

orasidagi

bog’lanishni 

anglay olish

Tabiiy-ilmiy 

bilimlarning 

bog'lanishlarni 

o'rgatish 

ko’nikmasini 

shakllantirish



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

 



Baliqlarning  elektr  organi  nimadan  iborat?  Baliqlarning  elektr  organi  elektr  plastinkalar  deb 

ataluvchi maxsus muskul to’qimalaridan iborat bo’lib, ularning tuzilishiga ko’ra elektrobatareyalarga 

juda  o’xshaydi.  Bunday  organ  elektrskat  tanasining  choragini,  laqqabaliqning  katta  qismini  tashkil 

qiladi. Elektr organlari kichik bo’lgan va ular butun tana bo’ylab tarqalib ketgan elektr baliqlar ham 

mavjud. Bu baliqlar hosil qiladigan razryadlar kuchsiz, ya’ni bir necha volt bo’lib, ular uzluksiz hosil 

bo’lib turadi. 

Demak,  fizikani  o’qitish  jarayonida  asosiy  elektr  kattaliklarni  o’quvchilarga  o’rgatishda 

yuqoridagi biofizik tushunchalarni atrofimizdagi olamdan ya’ni, tabiatning o’zidan olgan holda hamda 

fanlararo  bog’lanishlardan  foydalanish  orqali  amalga  oshirilsa  o’quvchilarning  dunyoqarashini 

shakllanishiga,  o’rgangan  bilimlarini  kuzatish  imkoniyatiga  va  tahlil  qilish  ko’nikmalarini 

shakllanishga olib keladi. 

Adabiyotlar: 

1. 

И.Г. Кириллова. Книга для чтения по физике. Просвещение", М.,1978.  



 


Yüklə 11,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin