ФИЗИКАДАН ЛАБОРАТОРИЯ МАШҒУЛОТЛАРИГА ИННОВАЦИОН
ЁНДАШИШ.
Қудратов Элмурод Абдухалимович
Навоий давлат педагогика институти
Маьлумки, инновация – муайян тизимнинг ички тузилишини ўзгартиришга қаратилган
фаолият бўлса, инновацион таълим –таълим олувчида янги ғоя, меъёр, қоидаларни яратиш,
ўзга шахслар томонидан яратилган илғор ғоялар, меъёр, қоидаларни табиий қабул қилишга оид
сифатлар, малакаларни шакллантириш имкониятларини яратади.
Инновациялар турли кўринишга эга бўлиб, уларнинг асосий кўринишлари қуйидагича
бўлади:
- янги ғоялар ёки илғор иш услублари;
- тизим ёки фаолият йўналишини ўзгатиришга қаратилган аниқ мақсадлар;
- ноанъанавий ёндашувлар ёки одатий бўлмаган ташаббуслар;
Таълим тизимида ёки ўқув фаолиятида инновацияларни қўллашда сарфланган
фаолиятнинг энг юқори натижаси бу таълимий мақсадни амалга оширишдир.
Инновацияларнинг ҳар қандай янгиликдан фарқи шундаки, у бошқариш ва назорат қилишга
имкон берадиган ўзгарувчан механизмга эга бўлиши зарур.
Барча соҳаларда бўлгани каби таълимда ҳам “инновация” фаолиятнинг маълум
концептуал ёндашувлари асосида амалга оширилиб, унинг натижаси муайян тизимнинг
ривожланишига, такомиллаштиришга ёки уни ўзгартиришга хизмат қилади.
Таълимнинг концептуал ёндашувлари асосида физика фанини ўрганиш ва ўқитиш
методикасида ҳам инновацион технологияларнинг имкониятидан келиб чиққан ҳолда уларни
ўқув жараёнига татбиқ этишнинг самарадорлигини бир қатор мезонлар билан аниқлаш мумкин.
Жумладан, физикадан лаборатория машғулотларида кўп функцияли таълим
воситаларидан фойдаланиш ва мустақил ишларни самарали ташкил этишга кўмалашувчи
инноватсион характерга эга бўлган муаммоли изланиш ва кичик тадқиқотларни олиб бориш
орқали талабаларни қобилиятларини янада ривожлантириш имкониятлари мавжуд.
Маълумки, физика ўқитиш методлари эмперик ва назарияга бўлинади.
Емперик ўқитиш методлари учун кузатиш, эксперимент, ҳодисанинг, обектнинг муҳим
бўлмаган томонларини мавҳумлаштириш, гипотезаларни илгари суриш, олинган
маълумотларни таҳлил қилиш ва таққослаш, тажриба факторларини умумлаштириш ва
системалаштириш сингари усуллар характерлидир.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
8
Физикадан лаборатория машғўлотларини олиб боришда эмперик усулларга инноватсион
ёндашган ҳолда лаборатория ишида аниқланган битта физик катталик орқали унга бог`ланган
яна бир нечта физикавий катталикларни аниқлашимиз мумкин.
Масалан, “Энг оддий динамометр пружинасининг бикирлигини аниқлаш” (k=25к
𝑁 𝑚
⁄ ),
“Ернинг тортишиш кучи тезланишини математик маятник ёрдамида аниқлаш” (g=9,899
𝑚/𝑠
2
),
ёки “Қаттиқ жисмларнинг сирпаниш-ишқаланиш коеффицентини аниқлаш” (Металл ва ёғоч
учун:
𝜇
ўр.
=0.4, теталл ва резина учн:
𝜇
ўр.
=0.64, Металл ва металл учун:
𝜇
ўр
=0.059)каби
мавзулардаги лаборатория ишларида мос равишда пружинанинг бикирлигини, эркин тушиш
тезланишини ва ишқаланиш коеффицентининг қийматларини аниқлаб оламиз.
Биз бу олинган қийматлардан фойдаланиб, лаборатория ишларида қуйидаги
катталикларни аниқлаш мумкин:
Ўқув лаборатория ишида юқорида келтирилган физик катталикларнинг қийматларини
аниқлашда талабалар физик жараёнларни ифодалашда математик ифодаларга ва геометрик
шакллар орқали тригонометрик функцияларга мурожаат қилиш натижасида уларнинг
математик саводхонлик компетенцияси ҳам шаклланиб боради.
Шундай экан, физикадан лаборатория машғулотларини олиб боришда инновацион
ёндашишнинг натижасида талабаларда ўтилган ўқув материални аниқ, онгли ва чуқур
ўзлаштиришга ёрдам беради, уларнинг ижодий қобилиятини ривожлантириб, кичик
тадқиқотларни ва янги ғояларни топишга, изланишга даъват этади.
Адабиётлар:
1. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – М.: Педагогика, 1989.
2. Б.Ф.Избосаров, И.Р.Камолов. Умумий физикадан лаборатория ишлари. Т.: Ворис-
нашриёт, 2007.
№ Аниқланадиган физик катталиклар
Формулалари
1.
Пружинали маятникнинг циклик частотасини
𝜔 = √(𝑘/𝑚)
2.
Тебранишнинг хусусий частотаси
𝑣 = 1/2𝜋 √(𝑘/𝑚)
3.
Пружина чўзилганда бажарилган иш
𝐴 =
𝑘𝑥
2
2
2
−
𝑘𝑥
1
2
2
4.
Пружинанинг потенциал энергияси
𝑊
𝑝
=
𝑘𝑥
2
2
ёки
𝑊
𝑝
=
𝐹
2
2𝑘
5.
Математик маятникнинг частотаси
𝑣 = 1/2𝜋 √((𝑔 )/(𝑙 ))
6.
Циклик частотаси
𝜔 = √(𝑔/𝑙)
7.
Максимал тезлиги
𝜗 = 𝑥𝜔 = 𝑥√(𝑔/𝑙)
8.
Максимал тезланиши
𝑎 = 𝑥𝜔
2
= 𝑥
𝑔
𝑙
9.
Таъсир этувчи максимал кучи
𝐹 = 𝑚𝑎 = 𝑚𝑥
𝑔
𝑙
10.
Кинетик энергияси
𝑊
𝑘
= 𝑚
𝜗
2
2
ёки
𝑚𝑥
2 𝑔
2𝑙
11.
Қия текисликда нормал босим кучи
cos
mg
12.
Қия текисликда ҳаракат ишқаланиш кучи
𝐹
ишқ
= µ𝑚𝑔 cos 𝛼
13.
Қия
текисликдан
тушаётган
жисмнинг
тезланиши
cos
sin
g
a
14.
Қия текислик бўйлаб жисм босиб ўтган йўли
𝐿 = 𝜗^2/(2𝑔(𝑠𝑖𝑛𝛼 − 𝜇𝑐𝑜𝑠𝛼))
15.
Қия текисликдан тушаётган жисмнинг тезлиги
𝜗
2
= √(2𝑔𝐿(𝑠𝑖𝑛𝛼 − 𝜇𝑐𝑜𝑠𝛼))
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
9
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MOLEKULYAR FIZIKA BO’LIMINI KOMPYUTER
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O’QITISH METODIKASINING O’RNI
A.A. Berkinov, D.Toshpo’latova, A.Jonzoqov, J.Q.Ergashev
JDPI o’qituvchilari
Ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko’rsatkichlari bo’yich jahon andozalari
darajasiga ko’tarish zamonaviy pedagogik va axborot texnolagiyalarni yurtimizda keng joriy etish
metodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy axborot
texnologiyasining asosini tashkil qilgan kompyuterlar hozirgi kunda jamiyatning barcha soxalarida
muxim o’rin egallab bo’lgani hech kimga sir emas. Ayniqsa ilm-fan va texnikaning rivojlanishida
axborotlarni to’plash qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni butunlay boshqacha ko’rinishda
amalgam oshirish mumkinligini ko’rsatadi. Bunda asosiy o’rinni kompyuter texnikasi va boshqa
turdagi vositalar egallaydi. Ishni bunday tashkil etish axborotlar almashinuvni tezlatishdan tashqari
kerekli axborotni izlash qayta ishash va foydalanishni osonlashtiradi. Ma’lumki o’qitishning
noan’anaviy interfaol uslublari butun dunyoda keng ommalashmoqda. Keyingi 50 yil ichida
kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari ham o’zing yuqori darajasiga
o’sib yetmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning axborot texnologiyasidan samarali qo’llash
kompyuterning imkoniyatiga moslab tuzilgan o’quv-metodik materiallarning sifatiga bog’liq.
Zamonaviy axborot texnologiyalardan ta’lim tarbiya jarayonida quyidagi shakllarida foydalanish
mumkin:
-muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter dasturlari:
-ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda ayniqsa fizika fanining
molekulyar fizika sohasi darsliklarida to’liq yoritib berish qiyin bo’lani uchun o’quvchilar (talabalar)
ga sohani tushunish qiyinchiliklar tug’diradi. Molekulyar fiizka mavzularni “kompyuterda
modellashtirish” mashg’uloti va “Virtual laboratoriya” ishlari bilan to’ldirilsa fizika darslarida
samaradorlik oshadi. Molekulyar fizikaga tegishli laboratoriyalarni kompyuter texnologiyasidan
foydalanib online rejimda bajarishlari o’quvchilar (talabalar)ga mavzuni kengroq tushunishiga imkon
yaratadi. So’ngi yillarida fizika bo’yicha yozilgan o’quv kitoblarning elektron variantlari
tayyorlanmoqda Zamonaviy texnologiyalar fizik jarayonlarni o’quvchilarga (talabalarga)
modellashtirish imkoniyatini beradi. Zamonaviy texnologiyalar fizika darslarida qo’llanilsa
o’quvchilar (talabalar) ni izlanuvchanlikka ijodiy fikr yuritishga ish natijalarini tahlil qilishga
talabalarni bilim olishini faollashtiradi, o’qitishning mazmunini differentsiallashtiradi va bilim olishini
individuallashtiradi, talabalarning bilimlarini modellashga va mustaqillikga o’rgatadi, turli o’quv
vositalaridan kompleks foydalanishga ko’niktiradi, kompyuter yordamida o’z bilimini tekshirishga,
yo’l qo’ygan xatolarni aniqlashga va ularni tuzatishga o’rgatadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkillashtirilsa o’quvchilar
(talabalar) fanga qiziqish bilan yondashadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Djorayev M. “Fizika o’qitish metodikasi” –T. TDPU 2013.
2.
Xayitov A.G’. “Dars jarayonini kompyuterlashtirish xususida” //J. Uzluksiz ta’lim,
2004, 3 –son.
OLIY O’QUV YURTLARIDA “ELEКTROMAGNETIZM” KURSINI
O’TISHDA KEYS METODINING QO’LLANILISHI
D.X.Imamnazarov (SamDU), A.Z.Quvondiqov (SKFU)
Oliy ta’lim tizimida bo’lajak bakalavr ma’lumotli muhandislarni tayyorlashda kompetatsiyaviy
yondashuvga asoslangan holda o’qitishni amalga oshirish maqsadida keys uslubini qo’llashning
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
10
amaliy imkoniyatlarini umumiy fizika kursining “Elektromagnetizm” bo’limi misolida qarab
chiqamiz.
Kompleksli keys-texnologiyaning yadrosi bu vaziyatni yoritib berish va unga mos ravishda
tuzilgan topshiriqlardan iboratdir. Keysni tuzishda bizlar maxsus kurslar dasturini tahlil qilib unga
kiruvchi fizika kursining ba’zi mavzularidan olingan bilimlardan foydalanish imkoniyatlari bilan
tanishib chiqamiz. Bizlar “O’lchashlar nazariyasi” maxsus kursini tanlab oldik, chunki bu kursda
bo’lajak bakalavrlarda o’lchashlar nazariyasi haqida bilimlar shakllaniladi, o’lchashlar va
hisoblashlarni amalga oshirish ko’nikmalari rivojlantiriladi, olingan o’lchash natijalari baholanadi,
shuningdek, ular o’lchash malakalariga ega bo’lishadiki, bu esa kelajakda ularning muhandislik
faoliyatlarida kerak bo’ladi.
Aniqlab olingan muammoning asosida vaziyatli masalani yaratish mumkin. Bunday masalani
yechishda esa umumiy fizika kursining “Elektromagnetizm” bo’limi o’tilgandan so’ng maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Vaziyatli masalaning teksti. Asbobsozlik va metallurgiya korxonalarida nazoratchiga tsilindir
(quvur) shaklida berilgan namuna devorlarining qalinligini o’lchashni amalga oshirish va uning
keyinchalik ishlatishga yaroqliligini baholash vazifasi qo’yilgan (korroziyaning mavjudligi,
namunaning bir jinsli yoki bir jinsli emasligi va hokazo).
Mashina, mexanizm va asboblar detalining yoqori sifatga ega bo’lishining zaruriy shartlari, bu
ularning geometrik va funksional ko’rsatkichlari hamda sifatning texnologik belgilaridan
(parametrlaridan) iborat bo’ladi. Masalan, mumkin bo’lgan defektning yo’qligi, asosiy material va
unga qoplanuvchi material strukturasi va ishlov berilayotgan material yuzasining tozaliligi hamda
uning o’lchamining normativ hujjatlarga mos kelishi bilan belgilanadi.
Nazoratning shunday uslubini qo’llash kerakki, natijada u mahsulot buzilmasdan, undan namuna
olmasdan, ko’p vaqt sarflamay kam xarajat hisobiga amalga oshirish mumkin bo’lsin. Undan tashqari
bir vaqtning o’zida mahsulotning sifati va chidamliligini sifatli tekshirishni qisman yoki to’liq
avtomatlashtirilgan holda boshqarishni ta’minlash talab etiladi.
Aniqlangan vaziyatli masala asosida bizlar keysning algoritm dasturini ishlab chiqamiz. Bu esa
talabalarning kasbga yo’naltirilgan muammolarini anqlab olishlarida zarur ma’lumotlarga ega
bo’lishlari va qo’yilgan vaziyatli masalaning ahamiyatini bilib olishlarida bu dastur “Yo’l xaritasi”
vazifasini bajaradi. Buning uchun ular berilgan mavzu bo’yicha turli xil adabiyotlar bilan mustaqil
ishlashlari talab etiladi. To’plangan ma’lumotlar keysni tuzish bilan birgalikda talabalarning bu
vaziyatli masalani har tomonlama chuqur tahlil qilishlari uchun ob’yekt vazifasini bajaradi.
Shuningdek, keyinchalik savollarni guruh-guruh bo’lib munozara olib borishlarida stimul vazifasini
bajaradi. Talabalarning vaziyatli masalani atroflicha tahlil qilishlari uchun ma’lumotlar 2-3 bet
ko’rinishida annotatsiya shaklida beriladi. Keyinchalik kasbga yo’naltirilgan muammolarni hal
qilishda kompleksli keys-texnologiya uch bosqichda va qadamba-qadam amalga oshiriladi. Har bir
bosqichning natijasi uchta ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi: 1) harakatlar motivi muvofiqliligining
shakllanganligi; 2) kasbiy kompetentsiyalar komponentlarining shakllanganligi; 3) berilgan vaziyatli
masalani yechishdagi hissalari.
Kompleksli keys-texnologiya asosiy bosqichining vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarning
texnik ob’yektlar haqidagi bilimlari darajasini aniqlash; fizika sohasida talabalarga asosiy bilimlar
berish; fizikadan turli xil darajadagi fizik masalalarni yechishning asosiy bosqichlarini bajarishga
o’rgatish; fizikadan olgan bilimlarini umumlashtirish va sistemalashtirish; guruhda ishlash
qobiliyatlarini rivojlantirish va auditoriyada chiqish qilishga o’rgatish.
Keysda kiritilgan masalalar: talabalarning mantiqan fikrlash qobiliyatini shakllantirishga;
matematik amallarni bajarishga va ilmiy-tekshirish faoliyati bilan shug’ullanishga olib keladi.
Shundan so’ng bizlar loyiha-topshiriqni aniqlab berishga kirishamiz. Bu ishlab chiqish va texnik
ob’yektlar ustida ilmiy izlanishlar olib borishga yo’naltirilgan bo’lib, keys boshida belgilab berilgan
vaziyatli masalani yechish va bilib olish ilmiy muammolarni yechish bilan bog’liqdir. Loyihani
bajarishda talabalarning amaliy-tajribaviy ko’nikmalari shakllanadi, yechilayotgan masalalar ularning
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
11
mustaqil ilmiy-izlanish faoliyatlariga tayanadi. Bunday turdagi masalalarni qo’llashning ahamiyati
shundan iboratki, kelajakda ularning mustaqil kasbiy faoliyatlarida paydo bo’ladigan kasbiy
masalalarni yechish qobiliyatini shakllantirish zaruriy shartlardan biridir.
O’rganilayotgan fizika kursining “Elektromagnetizm” bo’limida talabalarga loyiha ishi sifatida
quyidagi mavzuni taklif qilish mumkin: “Sanoatda sifatni nazorat qilishda elektromagnit metodni
qo’llashning usullari”. Loyiha topshirig’i berilgan vaziyatli masalaga qaraganda kengroqdir. Shuning
uchun uni bajarish faoliyatning turli xil ko’rinishlarida namoyon bo’ladi: referativli, buning natijasida
sifatni elektromahnit usulda tekshirishning turli xil usullari bilan tanishiladi; loyihali-konstruktorli,
buning natijasida sifatni nazorat qilishning elektromagnit usuliga asoslangan qurilma yasaladi; amaliy-
tajribaviy, bunda tayyorlanayotgan qurilmaning texnik xarakteristikalarining miqdoriy qiymatlariga
yo’naltiriladi; taqdimotli, buning natijasida loyiha yoritib beriladi (prezentatsiya qilinadi) va uni
himoya qilishga tayyorgarlik ko’riladi.
Faoliyatning alohida turlari murakkablik darajasiga qarab farqlanadi, bu esa ushbu loyihani
amalga oshirishda hamma talabalarni tayyorlanganligi va imkoniyatlariga qarab jalb etishga olib
keladi.
Loyiha faoliyatiga kirishishdan oldin qo’yilgan maqsadga erishishning yo’llarini belgilab olish
lozim. Loyiha faoliyatining natijasi bu “Elektromagnetizm” bo’limining boshida o’rganganlariga
asoslanib, kasbga yo’naltirilgan muammolarni hal qilish asosida vaziyatli masalaning yechimini
topishdan iborat. Muammoni hal qilishning yollaridan biri – fizik o’lchashlar metodikasiga asoslangan
texnik qurilmani yaratishdan iborat [2-3].
Loyiha faoliyatini davom ettirishdan avval o’lchash metodlarining fizik asoslari bilan tanishib
chiqish kerak. Shunday metodlardan biri vixrli toklar usulidir. Vixrli toklar metodini tushunish uchun
talabalarga quyidagi mavzularni qarab chiqish tavsiya etiladi: vixrli tok tushunchasi bilan tanishish;
g’altak magnit maydonining nazorat ob’yekti bilan o’zaro ta’sirining vektorli ko’rinishi bilan
tanishish; vixrli toklar metodining qo’llanilishi sohalari; holat datchiklari (induksion datchiklar); vixrli
toklarni qayd qilishning hozirgi zamon metodlari va boshqalar.
Yaratilgan ushbu qurilma dasturiy istalgan asbobni modellashtirish imkoniga ega, loyihalash
bosqichlarini minimallashtirishga, sxemotexnik modellashtirish, konstruktorli ishlab chiqishni amalga
odhirishga ega. Shunday qilib, olib borilgan ilmiy izlanishlar qo’yilgan vaziyatli masalani yechish va
kasbga yo’naltirilgan muammolarni hal qilish bilan yakunlandi. Bu esa talabalarga fizika kursining
ko’rsatilgan bo’limlarini o’rganish asosida keysda keltirilgan topshiriqlarni bajarish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Аполлонский С. М. Теоретические основы электротехники. Электромагнитное поле:
Учеб. пособие для вузов. 2012.
2. Атамалян Э. Г. Приборы и методы измерения электрических величин: Учеб. пособие
для студентов вузов. Изд. 3-е, пер. и доп. М.: Дрофа, 2005.
3. Яковлев С. Г. Методы и аппаратура магнитного и вихретокового контроля: Учеб.
пособие. СПб.: Изд-во СПБГЭТУ «ЛЭТИ», 2003.
4. Зубова Н.В. Реализация комплексной кейс-технологии в вузе при изучении темы
«Электромагнетизм». Ж: Педагог. Образ. 2014, №8 с.170.
5. Сорокина И.В. Применение кейсовых технологий на уроках физики.
http://ext.spb.ru
“AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY ENERGIYA RESURSLARI” MAVZUSINI
O’QITISHDA TA’LIMNING KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH.
B.B.Qobilov Bux. DU katta o’qituvchi
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» kitobida - «Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan
kompleks chora-tadbirlar doirasida hal etishga qaratilgan asosiy vazifalardan biri - elektroenergetika
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
12
tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali
tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada
kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko’p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi
navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog’liqdir»- degan
edi.
Hozirgi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlari singari O’zbekiston mutaxassis va olimlarning
oldida turgan asosiy vazifalardan biri mavjud ekologik ahvolni saqlab qolish, yangi energiya
resurslarini izlab topish chora-tadbirlarini ko’rish, kerakli takliflarni ishlab chiqish, hamda ularni
amalga oshirishdan iboratdir.
Mavjud muammoni tahlil etish, talabalarning mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirishda
ta’limning Keys texnologiyasidan foydalaniah ijobiy natija beradi.
Keys yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
- o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;
- muammoning hamda qabul qilingan yechimning guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta
topshirish;
- mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
- mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
- o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.
Misol tariqasida “An’anaviy va noan’anaviy energiya resurslaridan foydalanish” mavzusldagi
darsni tashkil etish bo’yicha uslubiy tavsiyalarni keltiramiz.
1. Talabalarga yo’riqnoma
Ish bosqichlari
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
1. Keys va uning
axborot ta’minoti bilan
tanishish
Avvalo keys bilan tanishing. “Energetika muammolari, kelib chiqish
sabablari va ularning yechimi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor
bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqish lozim. O’qish paytida
vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.
2. Berilgan vaziyat
bilan tanishish
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Siz uchun
muhim bo’lgan satrlarni belgilang. Keysdagi muhim fikrlarni qalam
yordamida ostini chizib qo’ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha
va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatda energiya zahralarini
kamayishiga olib kelgan unsurlar hozirgi paytda insoniyat hayotiga qanday
xavf tug’diryapdi?
3. Muammoli vaziyatni
tahlil qilish
Asosiy va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo: Insoniyat kelajagiga xavf solayotgan energetika
muammosi va uning yechimi.
4. Muammoli vaziyatni
yechish usul va
vositalarini tanlash
hamda asoslash
Ushbu muammoni oldinni olish harakatlari izlab topish maqsadida quyida
taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirishga kirishing.
Muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko’rib chiqing, muqobil
vaziyatni yarating. Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oling,
muammoning aniq yechimini toping. Jadvalni to’ldiring. Keys bilan ishlash
natijalarini yozma shaklda ilova eting
Dostları ilə paylaş: |