Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

Gametalar 
AB 
Ab 
aB 
ab 
AB 
AABB 
AABb 
AaBB 
AaBb 
Ab 
AABb 
AAbb 
AaBb 
Aabb 
aB 
AaBB 
AaBb 
aaBB 
aaBb 
ab 
AaBb 
Aabb 
aaBb 
aabb 
Jadvalda B geni bor genotiplarning barchasi yashil tolali bo`ladi. Bunday genotip 16 tadan 12 
tani tashkil etadi: 
16 ta---------12 ta 
800 ta-------x x=12*800/16=600 ta yashil 
16 ------- 3 ta
16--------1 ta 
800------x x=150 ta sariq 800--------x x=50 ta oq
Epistatik genlarni 12:3:1 nisbatli tasiri
 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
27 
2. Suli doni rangi 2 xil gen ta`sirida irsiylanadi. Ulardan biri donning qora ikkinchisi kulrang 
bo`lishini ta`minlaydi. Qora rang hosil qiluvchi gen, kulrang hosil qiluvchiga nisbatan dominant 
hisoblanadi. Mazkur genlar retsessiv holda sulining oq bo`lishiga olib keladi, seleksioner qora 
sulini o`z o`zi bilan chatishtirganda, naslda 1205 ta qora, 306 ta kulrang, 99 ta oq donli sulilar 
hosil bo`lgani aniqlandi. Tajribada ishtrok etgan ota ona organizmi genotipi hamda 
chatishtirishdan hosil bo`lgan duragaylardagi fenotipik nisbatni aniqlang.
F1 dagi ajralishlar nisbatini aniqlash uchun, olinga har bir xil formani eng kam sonli formalar 
soniga bo`lamiz:
1205/99=12 306/99=3 99/99=1 
b) Olingan javoblar, chatishtirishda kuzatilgan fenotipik nisbatni belgilaydi yani, 12:3:1. 
a) 12:3:1 nisbat kuzatilishi uchun faqatgina AaBb genotipli organizmlarni o`zaro chatishtirish 
kerak. 
Mustaqil yechish uchun. 
 
1
.
Otlar junining kulrang belgisi ikki xil noallel dominant gen ta`sirida rivojlanadi. Ularda B qora, 
b malla junning rivojlanishiga sabab bo`ladi. Boshqa xromosomada joylashgan I geni esa B va b 
genlar funksiyasini susaytiradi. Gomozigota kulrang biya bilan malla junli ayg`ir 
chatishtirilganda F1 da kulrang otlar hosil bo`lgan. Ular o`zaro chatishtirilganda F2 da 12 ta 
kulrang, 3 ta qora va 1 ta malla junli otlar hosil bo`lgan. Chatishtirishda ishtrok etgan biya va 
ayg`irni, F1 va F2 duragay otlarni aniqlang.

2. Tovuqlar patining rangli bo`lishi C geniga bog`liq. Bu genning retsessiv c alleli oq rangni 
yuzaga chiqaradi. Boshqa xromasomada joylashgan I geni, C ustidan ingibitorlik qilib, oq rangni 
yuzaga chiqaradi. i geni esa, belgilarga ta`sir etmaydi. Quyidagicha genotipli tovuq va xo`rozlar 
chatishtirilsa, F1 tovuqlarning pati qanday rangda bo`ladi? IiCc x iicc; IiCc x IiCc; IiCc x IICC 
3. Qovoq mevasining oq rangi-A, sariq rangi-B, yashil rangi b genlari bilan belgilanadi. A gen 
dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilsa 
qanday fenotipli organizmlar hamda qanday fenotipik nisbat hosil bo`ladi? a) aaBB x aabb b) 
AABb x aabb c) AaBB x Aabb d)AaBb x aabb e) Aabb x AaBB f)AaBb x Aabb 
4. Qovoq mevasining oq rangi-A, sariq rangi-B, yashil rangi b genlari bilan belgilanadi. A gen 
dominant ingibitor vazifasini bajaradi.Qanday chatishtirish natijasida 50% yashil, 50% sariq 
o`simliklar hosil bo`ladi? Ikkita sariq rangli qovoqlar chatishtirilib, 3:1 nisbat olinganda qanday 
genotiplilar chatishtirilgan? 
5.Xirzutum turiga mansub bo`lgan go`za o`simligida chigitning tuksiz bo`lishi retsessiv holda 
nasldan naslga o`tadi. Uning dominant alleli tukli chigit hosil bo`lishini ta`minlaydi. Boshqa 
xromosomada joylashgan dominant ingibitor gen ta`sirida ham, tuksizlik yuzaga chiqadi. 
Tajribada, tuksiz geterozigota go`za bilan, tukli digomozigota g`o`za chatishtirilgan. Olingan 
avloddagi fenotipik nisbatni hamda keyinchalik ajralish kuzatilishi mumkin bo`lgan genotiplar 
necha foizni tashkil etishini aniqlang. 
6. Sachratqi mevasi rangining sariq bo’lishi to'q sariq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi. 
Geterozigotalar mevasining rangi oraliq bo‘ladi. Meva rangining yuzaga chiqishi ikkinchi juft 
dominant genga bog'liq. Uning retsessiv alleli ingibitorlik vazifasini bajarib, meva rangining oq 
bo’lishiga olib keladi. Tajribada seleksioner olim tomonidan sachratqi mevasining rangi oraliq 
bo‘lgan digeterozigota o'simliklar o‘zaro chatishtirilishi natijasida avlodda 960 ta o'simlik olingan 
bo‘lsa, to‘q sariq mevali o‘simliklar sonini aniqlang. 
D) 180 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
28 
7. Sachratqi mevasi rangining sariq bo’lishi to'q sariq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi. 
Geterozigotalar mevasining rangi oraliq bo‘ladi. Meva rangining yuzaga chiqishi ikkinchi juft 
dominant genga bog'liq. Uning retsessiv alleli ingibitorlik vazifasini bajarib, meva rangining oq 
bo’lishiga olib keladi. Tajribada seleksioner olim tomonidan sachratqi mevasining rangi oraliq 
bo‘lgan digeterozigota o'simliklar o‘zaro chatishtirilishi natijasida avlodda 960 ta o'simlik olingan 
bo‘lsa, necha % o’simlik keying avlodda ajralish bermaydi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin