Fransiyaning shimoliy amerikadagi mustamlakachilik siyosati Fransiya mustamlakachiligining II bosqichi Fransiya mustamlakachiligining III bosqichi


"Biz Jazoirni tark etamiz, ammo o‘z o‘rnimizda qoldirgan hukmron elita bizning manfaatlarimizni bizdan ko‘ra yaxshiroq himoya qiladi"



Yüklə 25,02 Kb.
səhifə2/4
tarix14.06.2023
ölçüsü25,02 Kb.
#130001
1   2   3   4
FRANSIYANING MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI

"Biz Jazoirni tark etamiz, ammo o‘z o‘rnimizda qoldirgan hukmron elita bizning manfaatlarimizni bizdan ko‘ra yaxshiroq himoya qiladi".
Barcha sir shu so‘zlarda yashiringan edi
Fransiya o‘nlab yillar davomida Afrikaning 20 ga yaqin davlatini talon-toroj qilib, o‘zi farovon yashadi. Ular Ikkinchi Jahon urushidan keyin endi ushbu mustamlakalarni ushlab tura olmasliklarini angladilar. Va ular yangi mustamlakachilik uslubiga o‘tishga qaror qildilar: “shartli mustaqillik”. Bu to‘liq illyuziya edi.
Fransiya o‘z mustamlakalarini tark etganida, ulardan 3 ta narsa talab qilgan:
Rasmiy tili fransuz tili bo‘lishi, Fransiya ta’lim tizimini barpo etilishi, konchilik siyosati, pul tizimi va huquqiy tizim Fransiya aytganidek bo‘lishi.
Hamma mustamlakalar rozi bo‘ldi. Qabul qilmaganlar esa, kuch ishlatish, qotillik va shantajga duchor bo‘ldi.
Fransiya ushbu mamlakatlarda fransuz tilini yoyish uchun juda ko‘p harakat qildi. Ular fransuz tili orqali fransuz madaniyati va Fransiyaga yaqinlik hissini tarqatishdi. Hatto yeyishga non topolmagan qishloqlar aholisiga fransuz tilini o‘rganish uchun kitoblar berildi. Til – manqurtlashtirish uchun asosiy vosita ekanligiga e’tibor kuchaytirildi.
Fransiya Senegal, Chad, Niger, Gvineya, Kamerun, Jazoir, Tunis, Kongo va Kot-d’Ivuar singari davlatlarda yangi fransuz radiokanallarini, kitoblarini, telekanallarini, jurnallarini va o‘yinlarini yaratdi.
Ushbu mamlakatlarda fransuz tilida mamlakatning ona tilidan yaxshiroq gapirishadi. Shunday qilib, fransuz tilida gapirish mukammallik va ustunlik sifatida qabul qilinadi. Ushbu tushunchani Fransiya singdirdi. Ular mamlakatni boshqarish va ularni ekspluatasiya qilish uchun o‘zlari yaratgan ta’lim tizimida o‘qitilgan odamlarni olib kelishda davom etishdi.
Fransiya tomonidan Jazoirga tayinlangan fransuz gubernatori shunday degan:
"Biz jazoirliklarni toki ular Qur’on o‘qir ekan va arab tilida gaplashar ekan, ularni mag‘lub eta olmaymiz. Ularning qo‘lidan Qur’onni va arab tilini olib tashlashimiz kerak".
Ular ushbu siyosatni Jazoirda amalga oshirdilar.
Fransiya Afrikada Frankofoniya uyushmasini tuzdi. Frankofoniya fransuz tilida gaplashuvchi mamlakatlar uyushmasi. Ushbu mamlakatlar rahbarlari Fransiya rahbarligi ostida muntazam ravishda uchrashib, amalga oshiriladigan siyosatni belgilaydilar.

Yüklə 25,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin