Mavzu: falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli reja: 1



Yüklə 262,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix19.05.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#117397
  1   2   3   4   5   6   7   8
Turgunov Sh



MAVZU:FALSAFA UNING PREDMETI, MAZMUNI 
VA JAMIYATDAGI ROLI 
 
REJA:
 
1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafaning predmeti va asosiy 
mazmuni. 
2. Dunyoqarashning 
mohiyati. 
Dunyoqarashning 
tuzilishi. 
Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
3. Falsafa va fanning mutanosibligi va farqi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tayyorladi: Turg’unov Shaxriyor


«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma‟lum so„z 
mazmunini uning etimologiyasidan, ya‟ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga 
kelganini aniqlashdan boshlash o„rinli bo„ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha 
phileo – sevaman va sophia – donolik so„zlaridan kelib chiqqan bo„lib, mazkur 
atamaning dastlabki ma‟nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. 
Falsafa so„zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI 
asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an‟analar orqali) avloddan avlodga 
o„tuvchi bilim bilan inson o„z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy 
fikrlash yo„li orqali olishi mumkin bo„lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta‟kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa 
faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo„lgan 
va mohiyat e‟tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko„targan 
ma‟nosidan boshqacharoq ma‟no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o„zlarini 
donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da‟vo ham qilmaganlar, zero, o„sha 
davrda keng tarqalgan tasavvurga ko„ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros 
qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda 
mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so„nggi haqiqat 
manbai sifatidagi bilimlarga ega bo„lgan bashoratgo„ylar, kohinlar va oqsoqollar 
e‟tirof etilgan. Ularning so„zlari birdan-bir to„g„ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, 
qadimgilar fikriga ko„ra donishmandlik muxlisi bo„lishi, e‟tiqod sifatida qabul 
qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o„z aqliga tayanib, ijodiy yo„l bilan, 
shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan 
foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo„lgan.
Biroq, insonning dunyo va o„ziga bunday munosabati darhol yuzaga 
kelgani yo„q. Insonning tabiatga qarshilik ko„rsatish, ishlib chiqarish vositalarini 
yaratish va ko„paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o„sgunga, buning natijasida 
yetarli tajriba va bilimlar to„plangunga, odamlar aqli ko„p sonli savollarga javob 
izlash uchun yetarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli 


yo„lni bosib o„tgan. Shu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo 
bo„lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan 
boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy 
tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, 
uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda hayot 
paydo bo„lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu yerda biz hali kam o„rganilgan 
murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar 
doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. 
Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham 
bisyor. Xususan, inson nima uchun, qayerdan, qaysi sabablarga ko„ra paydo 
bo„lgan, degan savolga aniq, umumiy e‟tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud 
emas. Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig„ida mavjudligi 
obyektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o„z 
javobini topganicha yo„q.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai 
nazaridan ayrim masalalar mavjud bo„lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar 
ma‟lum bir to„xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani 
olgan daliliy ma‟lumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan 
natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e‟tiborga 
olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyusion) 
rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy 
mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – 
uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bo„lgan, 
degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Arxeologik va ilmiy ma‟lumotlarga ko„ra, qaddini tik tutib yuradigan 
odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sapiens, ya‟ni aqlli 
odamlar tipi atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, 
insonda ong paydo bo„lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan 
beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o„zgarishlar yuz bergani yo„q, ya‟ni u 


hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo„lishi esa, ilmiy 
tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o„sib 
borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta‟sirida o„ta rivojlanib, 
murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog„lanadi. 
Shunday qilib, inson tushunchalarga ta‟rif berish, mulohazalar bildirish va 
mushohadalar yuritish yo„li bilan sodda, lekin tom ma‟noda aqliy ish olib bora 
boshladi.

Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin