Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


Tashqi vazifasi o’z aholisini tashqi hujumlardan himoya qilish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/134
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#37107
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134
Topics 7 - 12 (1)

Tashqi vazifasi o’z aholisini tashqi hujumlardan himoya qilish.

Forobiy urushlarning ikki xilini aytadi:

1. Adolatli urushlar (Adolatsiz urushga qarshi olib boriladi).

2. Adolatsiz urushlar (Bosqinchilik urushlari).

Forobiy davlat shakli masalasiga ham to’xtaladi. Taxt otadan bolaga meros bo’lib o’tishini

qoralaydi.  Davlat  boshlig’i  o’z  lavozimiga  mansub  bo’lgan  shaxs  bo’lishini  yoqlaydi.  Uning

fikricha,  davlat  boshlig’i har  tomonlama  yetuk  bo’lishi  kerak.  Forobiy  ana  shu  yakka hokimlik

to’g’risida  gapirar  ekan,  uning  oldiga  12  talabni  qo’yadi.  Bular:  1)  to’rt  muchali  sog’lom;  2)

nozik farosatli; 3) xotirali; 4) zehni o’tkir, zukko; 5) fikri tiniq, so’zlari chiroyli; 6)mahrifatli; 7)

tamoq,  ichimlik,  ayollarga  nisbatan  ochofat  bo’lmasligi;  8) haqiqatgo’y;  9)  nomusli,  oriyatli,

oliyhimmat  bo’lishi;  10)  boylikka  qiziqmaydigan;  11)  adolatparvar;  12)  botir, ya’ni qo’rqoqlik

va hadiksrashdan xoli bo’lishi darkor. Forobiy mana shu barcha xislatlarning bir odamda bo’lishi

qiyin,  bunday  tug’ma  qobiliyat  kamdan  kam  odamlarda  uchraydi  va  ular  nodir  insonlardir.

Barkamol inson topilmay qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan 6 yoki 5 tasi kamol topgan inson

ham  aql  va  zakovatda  benazirligi  tufayli  fozillar  shahriga  rahbarlik  qila  oladi,  deydi.  Fozillar

shahrida bunday odam yo’q bo’lganda ana shu imom yoki uning izdoshlari chiqargan qonun va

tartiblarga amal qilinadi. Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan

7

Mustaqillik: Izoҳli ilmiy-ommabop lug’at. – T.: SHarq, 1998. – 225-b.



8

Abu Nasr Forobiy.  Fozil  odamlar shaҳri. T.:A.Қodiriy nomidagi «Meros» nashriyoti, 1993, 186-bet.




32

xislatlar yoshlikdan shakllangan bo’lishi lozim. Keyingi imomda yana 6 ta fazilat hosil qilinishi

zarur: 1) donishmandlik; 2) kuchli xotira; 3) yangi qonunlarni ixtiro qilish; 4) vaziyatni tez ilg’ab

oladigan;  5)  notiqlik;  6) harbiy  ishlarga  mohirlik,  rahbarlik  qilish.  SHu  xislatlarga  ega  bo’lgan

shaxs topilmasa, 2 kishi birlashib fozil shaharga rahbarlik qilishi lozim, deydi.

Hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy fanlarida «inson» deganda  Yerda yashayotgan mavjudot

turlaridan

biri


tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Nomo  sa’iens) vakilini ifodalovchi

umumiy tushunchadir. Inson, umuman zotning yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib,

u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ – inson zotining

alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biri. SHaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon

bo’lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish

jarayonlari uning ijtimoiylashuvini tahminlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natajasida

individning jamiyatdagi qadriyatlar va mehyorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratiladi.

Bu jihatdan yondashganda, u ijtimoiy tahsir ob’ektidir. SHuningdek, individ ijtimoiylashuv

oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u

ijtimoiy munosabatlar

sub’ekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga sub’ektga, kuchga aylanadi.

Navoiy “ Hayratul abror” asarida komil inson haqida to’xtalib, dunyoda insondandan

ulug’roq kamolat yo’q, deydi:” menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam ulsam, ushbu

bastir”.


Komil inson insonlar jamiyatidan  yetishib chiqadigan mo’htabar zotdir. U azaldan

martabasi aniq bo’lgan ruh emas, balki axloqiy-manaviy poklanish jarayonida kamolga

erishgandir.

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaro erkinligi, huquqlari

va manfaatlari bosh mavzulardan biri bo’lib, uning huquqiy asoslari Asosiy qonun va boshqa

normativ hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Prezident Islom Karimov mustaqillikning ilk

davrlaridanoq mamlakatning strategik maqsadlarini aniq va ravshan belgilab berdi va davlat

vakolatlarini asta-sekinlik bilan bosqichma-bosqich nodavlat va jamoat tashkilotlari zimmasiga

o’tkazish, o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish orqali demokratik jarayonlarni

chuqurlashtirish zarurligini bayon etgan edi. Prezidentimiz I.Karimov mamlakatning siyosiy,

iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishning yangi kontseptsiyasini

ishlab chiqdi. Bunga ko’ra:

1. Demokratik institutlar faoliyatlari ko’lamini kengaytirish.

2. Aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish.

3. Jamiyatda  manfaatlar,  turli  xil  qarashlar,  siyosiy  va  ehtiqodiy  raqobatlar  o’rtasidagi

muvozanatni ta’minlash.

4. Jamoat birlashmalarining ijtimoiy mavqeini oshirish.

5. Siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish.

6. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish.

7. Davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish.

8. Hokimiyat  bo’linish  printsiplarining  insoniyat  umumehtirof  etgan  tamoyillarini  amalda

qo’llash.

9. Davlat hokimiyati  organlarining  vakolatlarini  nodavlat  va  jamoat  birlashmalariga

o’tkazish va boshqalar.

O’zbekiston Konstitutsiyasining 2-bo’limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

erkinliklari va burchlari» deb nomlangan. Unda 1) jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib

chiqishi, ehtiqodidan qathiy nazar, Hammaning qonun oldida tengligi ko’rsatilgan. 2) Sud

qarorisiz uning huquqini cheklash mumkinmas. 3) Fuqarolar qonunga putur yetkazmasligi shart.

1992 yil 2 iyulda «O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.

1995 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I-qismi tasdiqlandi. 1996 yil

29 avgustda fuqarolik kodeksining 2-qismi tasdiqlandi. O’zbekiston qonunlariga ko’ra

fuqarolarning asosiy huquqlariga: 1) SHaxsiy huquq va erkinliklar, 2) Siyosiy huquqlar, 3)

Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, 4) Kafolatlar, 5) Fuqarolik burchlarini o’z ichiga qamrab oladi.

1948 yil 10 dekabrda «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» qabul qilindi. 1996 yil 19




33

dekabrda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt qabul qilindi. 1966

yil 19 dekabrda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt» qabul qilindi.

Mazkur hujjatlarda fuqaro erkinligi, kafolatlari, huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi

to’la tahminlanishi bayon etilgan. O’zbekiston hukumati inson huquqlari bo’yicha 21 ta xalqaro

shartnomaga qo’shilgan. 1997 yil Inson manfaatlari yili deb ehlon qilindi.

O’zbekiston  inson huquqlari  sohasida  o’z  siyosatini  belgilashda  3  ta  eng  muhim

tamoyildan kelib chiqadi: 1. Normativ va tashkiliy jihatlardan xalqaro tajribaning ustuvorligi. 2.

Insonga homiylik  qilishdek  Vatanimiz  tarixiy  tajribasini hisobga  olish.  3.  Inson huquqlari

bo’yicha  xorijiy  milliy  institular  tajribasini hisobga  olish.  Demak,  bu  masala  «fuqaro-jamiyat-

davlat» o’zaro munosabatlarini to’g’ri yo’lga soladi.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining muhim ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan

iborat. Avvalo,  mamlakatda  dunyoviy  davlat  tamoyillariga  inson  huquqlari  va  suvereniteti

g’oyalariga  sodiq  bo’lish,  demokratiya  va  ijtimoiy  adolatni  qaror  toptirish,  xalqaro  huquqning

umumehtirof  etilgan  qoidalari  ustunligini  tan  olish,  respublika  fuqarolarining  munosib  hayot

kechirishlarini  ta’minlash,  insonparvar,  demokratik,  huquqiy  davlat  barpo  etish,  bu  borada

o’zbek  davlatchiligining tarixiy  tajribasiga  tayanish,  diniy  tashkilotlar  va  birlashmalarni

davlatdan  ajratilganligi,  qonun  oldida  tengligi  va  milliy  totuvligini  ta’minlash  kabi  bir  qator

qoidalarga  amal  qilish  lozim  bo’ladi. Lekin  shu  bilan  birga  Milliy  davlatchilik  va  demokratik

jamiyat qurish borasida  huquqiy davlatni qaror toptirish lozim. Buning uchun fuqarolar siyosiy

ongini  faol  oshirib  borish  ham  zarur  bo’ladi.  Fuqarolar  erkinligi,  huquqlarining  tan  olinishi,

burchlarga  rioya  etilishi  va  ularning  fuqarolar  tomonidan  ijrosi tahmin  etilgan  bo’lishini  talab

qiladi.  SHundagina  “Fuqaro  ­  jamiyat  ­  davlat”  o’rtasida  o’zaro  munosabatlar  barqaror

rivojlanishiga olib keladi.

Prezident  Islom  Karimov  mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyati  qurish  masalasini

mustaqillikning  dastlabki  yillarida,  o’zining  «O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li”

asarida  ham  asoslab  bergan  edi.  Bu  masala 2005  yil  28  yanvarida  Oliy  Majlis Qonunchilik

palatasi va Senatining qo’shma majlisida qilgan mahruzasida ham yana bir bor ta’kidlab o’tildi:




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin