G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə239/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

Ergashgan qo‘shma gaplar
1. Ergashgan qo‘shma gap teng bo‘lmagan, bir gap ikkinchisiga tobe
bo‘lgan gaplardan iborat bo‘ladi. Ergashgan qo‘shma gapda ergash gap
(the Subbordinate Clause) bosh gapni (the Principle Clause) izohlab keladi.
Ergash gap bosh gap bilan bog‘lovchilar va bog‘lovchi so‘zlar yordamida
bog‘lanadi:
He thought
(bosh gap)
U o‘yladi
that the train arrived at 6.15.
(ergash gap)
poyezd 6.15da kelgan deb
He will get the letter tomorrow
(bosh gap)
U xatni ertaga oladi
if you send it off now.
(ergash gap)
agar uni hozir jo‘natsangiz.
After the agreement
had been signed,
(ergash gap)
Bitim imzolanganidan keyin,
the delegation left London.
(bosh gap)
delegatsiya Londonni tark etdi.
2. Ergash gaplar bosh gap bilan bog‘lovchilarsiz ham bog‘lanishi
mum kin:
He said he would come 
in the eve ning.
U kechqurun kelishini aytdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



297
The book you gave me 


is very interesting.
Siz menga bergan kitob juda qiziq.
Had I been there, 
I should have helped him.
Agar men u yerda bo‘lganimda
edi, men unga yordam bergan
bo‘lardim.
ERGASH GAPLARNING TURLARI
1. Ergash gaplar qo‘shma gapda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajarib keladi.
Tilimizda nechta gap bo‘lagi bo‘lsa, shuncha ergash gaplar ham bor. Ular ega
ergash gaplar, kesim ergash gaplar, to‘ldiruvchi ergash gap lar, aniqlovchi
ergash gaplar va hol ergash gaplarga bo‘linadi.
2. Gapda bitta, ikkita va undan ko‘p gap bo‘lagi ergash gaplar bilan
ifodalanishi mumkin, boshqacha aytganda qo‘shma gap tarkibida bir nechta
ergash gap bo‘lishi mumkin:
1. As it was raining, we could not
show our friends from London our
new fruit trees.
(Faqat bitta gap bo‘lagi — sabab
holi ergash gap bilan ifodalan-
gan).
Yomg‘ir yog‘ayotgani uchun
biz yangi o‘tqazilgan me-
vali daraxtlarimizni Londonli
do‘stlarimizga ko‘rsata ol-
madik.
2. As it was raining, we could not
show our friendswho had arrived 
from London, our new fruit trees.
(Ikkita gap bo‘lagi — sabab holi va
aniqlovchi ergash gap bilan ifoda-
langan).
Yomg’ir yog‘ayotgani uchun
biz Londondan kelgan do‘st-
larimizga yangi o‘tqazilgan
mevali daraxtlarimizni ko’rsata
olmadik.
3. As it was raining, we could not
show our friends, who had arrived 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin