Bakteriyalarni sun’iy ko‘paytirish uchun maxsus oziq muhitlardan foydalaniladi*. Oziq muhitlar tarkibida: 1) uglerod, azot, kislorod, vodorod manbayi; 2) anorganik birikmalar (tuz); 3) o‘sish omillari bo‘lishi shart. Mikroorganizml arning o‘sishi va rivoj lanishiga oziq muhitining tark ibidan tashqari, uning fizikkimyo viy holati (pH, osmotik xossalari, yopishqoqligi) ham katta ahamiyatga ega. Ko‘paytirilayotgan bakteriyaning biologik xossas i ga javob beradigan oziq muhit optimal deyiladi. O‘stirilayotgan mikroorganizmlar xususiyatidan kelib chiqqan holatda xilma-xil oziq muhitlardan foydalaniladi. Optimal oziq muhitda azot manbayi sifatida mineral yoki organik birikmalardan yoki peptonlardan foydalaniladi (pepton — oqsillarni chala parchalan ish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot). Peptonlar polipeptid, di peptid va aminokislotalar aralashmasidir. Uglerod manbayi — uglevodlar, spirt va organik kislotalardan foydalaniladi. Mineral birikmalar oziq muhitni osmotik xossasini belgilaydi va hujayrada o‘tayotgan biokimyoviy reaksiyalarning katalizatori hisobl anadi.
Oziq muhitlar tarkibi, xossasi va maqsadiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi:
1. Konsistensiyasi (qattiq-suyuqligi) bo‘yicha: a) suyuq,
b) qat tiq, d) yarim suyuq.
Tarkibi bo‘yicha: a) oddiy (mini mal) — tarkibida shakaryoki glitserin, ammoniy tuzlari va sulfatlar bo‘lib, aminokislotalar, vitaminlar, purin va piri midinlar bo‘lmaydi, chunki ularni bakteriyalar o‘zi sintez qila oladi; b) mur akkab (maksimal) — mutatsiyaga uchragan mikroorganizmlar ayrim fermentlarni sintez qilish xususiyatini yo‘qotganligi sababli oziq muhitiga hamma ker akli purin, pirimidin aminokislotalar, vitaminlar qo‘shiladi.
Maqsadi bo‘yicha: a) selektiv muhit — bu muhitdaasosan faqat ma’lum bir mikroorganizm o‘sadi. Masalan, vismut-sulfit ta’sirida salmonella bakteriya avlodi rivojlanadi va ko‘payadi, dizenteriya kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning esa o‘sishi va rivojlanishi susayadi; b) boyitilgan muhit —
* Bakteriyalarni sun’iy ko‘payt irishga oid matnlar dotsent Z. Usmanova tomonidan yozilgan.
ma’lum bir bakteriyaning o‘sishini kuchaytiradi, boshqasiga to‘sqinlik qiladi.
Sintetik oziq muhit — ma’lum bir kimyoviy birikmalardan tayyorlangan oziq muhit.