Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga transformatsiya deb ataladi.
Transformatsiya jarayoni 1928-yilda Griffit tomonidan kashf etilgan. Griffit transformatsiya jarayonini 2 xil pnev- mokokk (S va R) bakteriya shtammlarida kuzatgan. Pnev- mokokk bakte riyasining S-shtammi polisaxarid po‘stli bo‘lib, hujayra sirti silliq, R-shtammda esa polisaxarid po‘sti bo‘lmaydi va hujayra sirti g‘adir-budur (S inglizcha smooth — silliq, R — inglizcha rough — g‘adir-budur). S-shtamm bakteriyaning polisaxarid po‘sti sichqon organizmi immun sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, sich- qonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi. R-shtamm esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud bo‘lmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi S-shtammni qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi. Sichqon larga qizdirish natijasida o‘lgan bakteriyalar S turi bilan kasallik qo‘zg‘atmaydigan R turga kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda sichqonlarning o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda S bakteriyalar shtammi topilgan. Bu hodi- saning mohiy ati 19-rasmda ifodalangan. Ko‘rinib turibdiki, pnev mokokkning S-shtammidan qandaydir modda R-shtamm ning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya bo‘lgan. Tajribada olingan natijalarni Griffitning o‘zi tushuntirib bera olmagan.
1944-yil O. Everi hamkorlari bilan bu hodisani tushuntirib berdilar. Buning uchun S-shtamm pnevmokokk hujayrasini parchalab, alohida fraksiyalarga ajratildi. Faqat S-shtammdan ajra- tib olingan DNK molekulasi R-shtamm bilan aralashtirilganda zararsiz R-shtamm, kasallik chaqiruvchi S-shtammga aylanishi,
19-rasm. Griffit tajribasining sxemali ifodasi:
A. Patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) pnevmokokk bakteriyasi bilan zararlantirilgan sichqon o‘ladi. B. Pnevmokokk bakteriyasining nopatogen shtammi bilan zararlantirilgan sichqon tirik qoladi. D. Qizdirish yo‘li bilan o‘ldirilgan bakteriyaning patogen shtammi bilan zararlantirilgan sich- qon tirik qoladi. E. O‘ldirilgan S-shtammi tirik R-shtammi bilan ara lashtirib sichqonga yuborilganda, sichqon o‘lgan. Uning qonida tirik S-shtammi topilgan. Ko‘rinib turibdiki kasallik qo‘zg‘atmaydigan mutant R-shtammi o‘ldirilgan S-shtammi bilan aralashtirilib sichqonga yuborilganda, S-shtammi irsiy molekulasidagi kasallik chiqaruvchi gen tirik R-shtamm irsiyatiga o‘tgan va uning irsiyatini S-shtammiga xos o‘zgartirgan, ya’ni transformatsiya qilgan. Tajriba oqibatida o‘lgan sichqon qonida S-shtammi pnevmokokkning topilishi aytganlarimizga dalil bo‘ladi.
ya’ni transformatsiya bo‘lishi ko‘rsatib berildi (20-rasm). Demak, R-shtammning S-shtammga transformatsiya bo‘lishi DNK mo lekulasiga bog‘liqligi isbotlab berildi.
Keyinchalik alohida xromosomalar, yoki alohida genlar transformatsiya qilinishi lozim bo‘lgan hujayralar bilan ma’lum
20-rasm. S-shtamm pnevmokokkdan bakteriya hujayralarini parchalash yo‘li bilan ajratilgan hujayrasiz ekstraktni R-shtamm bilan aralashtirib, R-shtammni S-shtammga transformatsiya qilish.
sharoitda aralashtirilib transformatsiya qilish usullari ishlab chiqildi.
Demak, transformatsiya jarayoni tabiiy jarayon bo‘lib, hujayralar irsiyatining o‘zgarishiga olib keladi.