Fоydalanilgan adabiyotlar:
1. Matchanоv M. Ekоlоgik хavfsizlik va uning tabiiy gеоgrafik jihatlari (Хоrazm vilоyati misоlida). Atоrеf. dis...gеоgr. fan. nоm. - Tоshkеnt: 2009. -25 b.
2. Teodoro, A.,Rios, S. and Ferreira, D., “Land use/land cover changes and flooding surface estimation in Alqueva (Portugal) using 18 years of Landsat data”, Earth Resources and Environmental Remote Sensing/Gis Applications. 8181 (2011).
3. U.S. Geological Survey Earth Resources Observation and Science Center. http://glovis.usgs.gov
2. Sinflashtirish usullari, algoritmlari, xalqaro tan olingan sinflashtirish tartibi.
Landsat TM sun’iy yo’ldoshining orbitasi bo’ylab olinadigan sur’atlarda Xorazm viloyat hududi ikki qismga bo’lib tasvirlanadi. Viloyatning birinchi va ikkinchi qismlari tasvirlangan sur’atlari orasidagi vaqt etti kunni tashkil etadi. Bu vadr maboynida quyosh nurlarining tushish darajasi, bulutlilik holati, atmosferadagi o’zgarishlar bir sur’atning farqini ikkinchisidan katta bo’lishiga olib keladi. Bunday holatda radiometrik to’g’irlash ishlarini olib borish lozimn bo’ladi. Ushu ishda radiometrik to’g’irlash jarayoni o’ziga xos murakkabliklarga ega bo’lgani sababli yoritilmagan. Bundan tashqari viloyat hududining ikkinchi-Sariqamish ko’li qismi tasvirlanadi va tahlillar shu asosda amalga oshiriladi. Sur’atning bu qismida viloyat hududining katta qismi joylashgan. Tahlilga olingan sur’at 13 iyul 2011 yildagi holatni aks ettiradi va bulutlilik darajasi 0% ga teng. Ya’ni bulutsiz davr qarab chiqiladi. Sur’atning sifatlilik darajasi 9 va unda Landsat TM L1T ma’lumotlari keltiriladi.
Barcha Landsat TM diapozonlarini tiff o’lchamdan pix o’lchamga o’tiramiz va b1 diapozonga 6 ta bo’sh joy hozirlab 6 ta qolgan diapozonlarni b1 ga birlashtiramiz. Yangi faylni filterlash jarayonidan o’tkazib, sur’atni boyitish ishlarini amalga oshiramiz va ko’zimiz uchun eng maqbul holatga keltirib sinflashtirishga tayyorlaymiz. Sinflashtirish uchun yana 2 ta bo’sh joy zarur bo’ladi, sababi natijalar shu ikki o’rinda saqlanadi.
Landshaft sinflarimi quyidagicha belgilab olamiz:
Cho’l – asosan Qizilqum va Qoraqum hududlarini o’z ichiga oladi. Uni sariq rang bilan belgilaymiz.
Aholi manzilgohlari – shahar va qishloq tipidagi barcha aholi turar joylarini o’z ichiga oladi. Bu hududlarni gunafsha rang bilan tasvirlaymiz.
Suv havzalari – ko’llar, daryo, kanallar, zaxkashlarni tasvirlaydi. Ko’k rang beriladi.
Foydalanilmaygigan erlar – ichki cho’llar, shudgor qilingan erlar, daryo vodiysi. To’q sariq rangda tasvirlaymiz.
Past tog’ – Sulton Uvays tog’ tizmasi. Qizil rangda ko’rsatiladi.
Ekin dalalari – o’simlik qoplami bilan qoplangan erlar, sug’orilgan erlar.
Barcha sinflar tegishli tarzda belgilangan so’ng ularning bir-biridan ajralganlik daragasini ko’rish lozim.
1-rasm. Signature Separability – farqlarni ko’rish muloqat oynasi.
Farqlarning to’liq tafsilotlari 1-ilovada keltirilgan.
Natijani dast avval Maksimum Likelihood sinflashtirish algoritmi bo’yicha ko’ramiz (2-rasm). Kappa koeffisienti 0.98 ni, Average accuracy = 93.41, Overall accuracy = 98.43 ni tashkil etdi.
Parallelpiped sinflashtirish algoritmi bo’yicha Average accuracy = 92.80 %, Overall accuracy = 98.16 %, Kappa koefficient = 0.98161 tashkil etdi.
Har ikkala sinflashtirish jarayonida ham muayyan xatoliklar yuzaga keldi. Jumaladn, Aholi manzilgohlari Turkmaniston hududining Toshxovuz oblastida ko’p tarqalgan (2 va 3-rasmlar). Bunday holarlarni sinflashtirish jarayonida yo’qotish yoki sinflashtirish malakasiga ega bo’lish lozim.
2-rasm. Maximum Likelihood sinflashtirish algoritmi natijasi.
2-rasm. Parallelpiped sinflashtirish algoritmi natijasi.
Dostları ilə paylaş: |