Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə108/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.7-rasm. 
Gazning 
neftda 
erishini 
(N) 
va 
neftning 
gazsizlanishini 
ifodalovshi 
nazariy 
egri 
shiziqlar 
(M.A.Jdanov, 1981)
1 – tutash yuzada erish; 2 –
differentsial
erish;
3

differentsial gazsizlanish;
Egri
shiziqlar
quyidagi
molyar tarkibli neft va gaz
aralashmasi
ushun
berilgan:
49,43% metan; 9,9% etan; 6,92%
propan; 3,16% butan; 0,89%
pentan; 29,7% neft



156
bo’yicha va differentsial gazsizlanish paytida ajralib chiqayotgan gazlar miqdoridagi


farq gaz-neft aralashmasining har xil uglevodorodlardan tashkil topganligini
bildiradi.
Yuqorida qayd etilganlardan ma’lum bo’layaptiki, gazsimon uglevodorodlar
aralashmasi va og’irroq uglevodorod bug’larining erishi va gazsizlanishi juda
murakkab sharoitda yuz beradi.
Tutash yuzali gazsizlanish jarayonida gazning erish egri chizig’i asta-sekin
qiyalashib borib, keyinroq qariyb to’g’ri chiziq shaklini oladi, yuqori bosimda esa
yuqoriga tomon egilaboshlaydi; bunday egri chiziq gazsizlanish jarayoniga ham
taalluqlidir (7.7-rasm).
Differentsial gazsizlanish jarayonida egri chiziqlarning ko’rinishi bundan ham
murakkab qiyofaga ega bo’ladi. Masalan, yopiq idishda bosim ostida (vakuumda)
gazsizlangan neftdagi neft gazning erishi qabariq egri chiziq ko’rinishida bo’ladi, bu
neftning gazsizlanishi natijasida undan juda ko’p miqdorda gaz ajralishini bildiradi
va gazsizlanish egri chizig’i botiq shaklini (bosim o’qiga nisbatan) oladi. Buning
asosiy sababi shundaki, og’irroq uglevodorodlar (propan, butan, pentan) bosimning
ortishi paytida neftda oson eriydilar, bosimning kamayishida esa, aksincha bug’
fazasiga juda qiyin o’tadilar. Neftning gazsizlanishi vaqtida ajralib chiqadigan
gazlarning tarkibi eritish uchun olingan gaz tarkibidan sezilarli farqlanadi, chunki
eng avval engilroq gaz ajraladi (deyarli toza metan), keyinchalik, bosimning
kamayishi paytida uglevodorodlarning og’irroq fraksiyalari ajralib chiqadi.
Qayd qilinganlarni erkin gazni (gaz qalpog’idagi), shuningdek, neftda erigan
gazlarni o’rganish paytida nazarda tutish kerak. Gaz qalpog’idagi gaz engil bo’lsada,
uni chiqarib olishda gazning og’irroq fraksiyalari ham paydo bo’ladi. Bunday
fraksiyalar qatlam bosimining pasayishi vaqtida neftdan erigan gazning ajrab chiqishi
natijasida tarkib topadi. Mustahkamlash quvurlari oralig’idan va uning chiqish
joyidan olingan gazlarning tarkibi (yuqori bosimda) bir xil bo’lmaydi. Tarkibiga
ko’ra yuqori va past bosimda trapda (pog’onama-pog’ona) ajratiladigan gazlar ham
mavjud. SHuning uchun ham neftda erigan gazning tarkibini va miqdorini to’g’ri
aniqlash uchun neft namunasini eng chuqur joydan olish kerak. Laboratoriyada
mukammal tadqiq qilish uchun olingan namunalarda qatlam bosimi butunlay
saqlangan bo’lishi shart.
Neftda erigan gazlarning zaxirasi va balans zaxiralari chuqurlikdan (qatlamdan)
olingan neft namunasini tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar asosida
hisoblanadi. CHiqarib olinayotgan neftning zaxirasi esa trapda 0,1 MPa bosimda
o’lchangan gaz omili bo’yicha aniqlanadi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin