173
7.16-rasm. Bog’langan suv miqdorini
(k
s
) jinsning o’tkazuvshanligiga (k
o’
)
bog’liqligi
Qumlar: 1 – mayda zarrali, 2
– o’rtasha zarrali; 3 – yirik zarrali,
qumlar, ohaktoshlar va dolomitlar; 4, 5 –
Tuymaz konining turli ushastkalaridagi
qumtoshlar; 6 – Karatashev koni
ohaktoshlari (1, 2, 3 egri shiziqlar
P.Jonson bo’yisha, 4, 5, 6 egiri shiziqlar
esa S.Zaks bo’yisha ifodalangan)
Quyida har qaysi metodni alohida ko’rib chiqamiz.
1. Bajarilgan tadqiqotlar natijasidan ma’lum bo’lishicha, neftli
qatlamlarning
suvga to’yinishi jinslarning o’tkazuvchanligi ortishi
bilan kamayar ekan. Bunday
holat 7.16 va 7.17-rasmlarda aniq tasvirlangan.
Ammo, M.Masket, P.Jons va S.Zaks egri chiziqlarini taqqoslash natijasida
shunday xulosa kelib chiqadiki, har bir qatlamning, suvga to’yinishining
o’tkazuvchanlikka bog’liqligi o’ziga xos xususiyatga ega ekan. SHu sababli, P.Jons
tomonidan tavsiya etilgan mayda, o’rta va yirik zarrali qumtoshlarni hamda
ohaktoshlarni suvga to’yinganligini ifodalovchi o’rtacha egri chiziqlardan turli
qatlamlarni tavsiflashda foydalanib bo’lmaydi. Binobarin, neft va gaz zaxiralarini
hisoblashda ushbu egri chiziqlardan foydalanib qatlamni neftga to’yinganlik
koeffisientining qiymatlarini aniqlash mumkin.
O’rganilayotgan aniq qatlam uchun olingan daliliy ma’lumotlar asosida tuzilgan
egri chiziqlardan foydalanib qatlamning o’tkazuvchanligi va suvga to’yinganligi
oralig’idagi bog’liqlik to’g’risida fikrlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: