Geologiyasi


 NEFT VA GAZ KONLARIDAGI YER OSTI SUVLARI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə121/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.3. NEFT VA GAZ KONLARIDAGI YER OSTI SUVLARI 

Suv neft va gaz bilan birga uchraydi. Neftli va gazli qatlamga suv doimo kelib


turadi. Shuningdek, neftli va gazli qatlamlar orasida mustaqil suvli qatlamlar ham
uchraydi. Konni ishlatish jarayonida suv neft-gazli gorizont bo’ylab harakatlanib,
neft va gaz uyumiga kirib kelishi yoki boshqa suvli (ostki, ustki) gorizontlardan ham
o’tishi mumkin.
Neft va gaz konlarida qatlamlararo bosimli suvlar, qoldiq, tektonik (yoriq), grunt
va texnik yoki qatlamga sun’iy haydalgan suvlar uchraydi.
Qatlamlararo bosimli suvlar uyum ostida, uyum chekkasida, uyum oralig’ida,
uyum ustida bo’lishi mumkin.
Neftga va suvga to’yingan qatlamlar dastlab suvga yuqori darajada to’yingan
hisoblanadilar. Uyumning tarkib topish jarayonida jinslarning zichligini kamayishi
hisobiga g’ovak va bo’shliqlardan neft va gaz chiqib qatlamning yuqori qismiga
ko’tariladi va u yerdan suvni siqib chiqaradi. Ammo suv g’ovak joylarda qisman
qoladi, natijada neft-gazga to’yingan qatlamlar uglevodorodlar bilan birga suvning
bir qismini ham o’zida saqlaydi. Bunday suvlar
qoldiq
suv deyiladi.
Qoldiq suv g’ovaklar devorida, kovaklarda, yoriqlar va ajralib qolgan
bo’shliqlarda molekulyar bog’langan parda ko’rinishida hamda kapillyar bog’liq
holatda uchraydi. Bunday suvlar o’lchami juda ham kichik bo’lgan kapillyarlar va
jins zarrachalarining o’zaro tutash yuzasida ushlanib turadi. Geolog olimlar
N.T.Mendrop va V.M. Nikolaevlarning fikricha, neft va gaz qatlamlari g’ovaklarida
garchi qoldiq suv ko’p miqdorda yig’ilsa-da, neft quduq tomon harakatlanganida bu
suvlar o’z joyida qolib, quduqdan suvsiz neft va gaz chiqadi.



176
Qoldiq suvning hosil bo’lishi


va neft hamda gaz uyumlarining
paydo
bo’lishi
uzviy
bog’liq
jarayon. Qatlamga kirib kelayotgan
neft va gaz suvni g’ovaklardan siqib
chiqaradi, lekin suv o’z joyini butkul
bo’shatmay, qatlamda qoldiq suv
ko’rinishida qisman qoladi. Gilli
qumtosh, alevrolit, mikrog’ovakli
ohaktoshlarda
uning
miqdori
g’ovaklar hajmining 70% ini tashkil
etishi
mumkin.
Odatda
qumli-
alevrolitli kollektorlarda qoldiq suv
g’ovaklar hajmining 10-30%ini
egallaydi.
Uglevodorodli
uyumlardagi neft-suv va gaz-suv
yuzalarida
suvning
kapillyar
ko’tarilishi, gaz-neft tutash yuzada
esa neftning ko’tarilishi kuzatiladi.
Har xil tarkibli tog’ jinslaridagi
kapillyar ko’tarilishlar ham turlicha
bo’ladi, shu sababli neft-suv, gaz-suv
yoki gaz-neft tutash yuzalarida aniq
chegarani ajratib bo’lmaydi. Bunday
joylarda tutash o’tish zonalari hosil
bo’ladi. Ayrim gaz konlarida qoldiq
suvlardan tashqari, qoldiq neft ham
bo’ladi. Qoldiq suvning miqdorini
aniqlash neft va gaz zaxirasini
hisoblash uchun zarur.
Qatlamga sun’iy 
yoki texnik suv qatlam bosimini doimo ushlab turish uchun
haydaladi. SHuningdek, quduq qazilayotganda yoki uni ta’mirlashda qatlamga
yuborilgan suv ham sun’iy haydalgan suv sanaladi.
Neft-gazli zonalarda dizyunktiv uzilishlar yoriqlari orqali harakatlanadigan suv

tektonik suv
deb ataladi. Bunday suvlar uyumni ishlatish vaqtida neft-gazli
qatlamlarga kirib borib, quduqning suv bosishiga sabab bo’ladi.
Chekka yoki chegara
suvlari deb suv-neft tutash yuzasi yoki gaz-suv tutash
yuzasi ostida joylashgan suvlarga aytiladi. Bular odatda uyum joylashgan qatlamdagi
suvlar bo’lib, ba’zan uyumni yuqoridan qoplab (ustki chekka suvlar), ba’zan ostki
tomondan uni yuqoriga itarib (ostki chekka suvlar) turadi. Chekka suvlarning suv-
neft (gaz-suv) tutash yuzasidagi qismi ostki suvlar nomi bilan ma’lum. Ostki suvlar
neftli qatlamda, bevosita neft (gaz) uyumi ostida joylashadi va undan suv
o’tkazmaydigan jinslar orqali ajralmay turadi. Bunday suvlar qatlamlarning qiyalik
burchagi kam bo’lgan strukturalarda va katta qalinlikdagi kollektorlarda uchraydi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin