Geologiyasi


 Aralashmalar yordamida neftni siqib chiqarish metodlari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə182/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.6.4. Aralashmalar yordamida neftni siqib chiqarish metodlari 
Bunday metodlar guruhiga qatlamdagi neft bilan unga haydalayotgan karbon
ikki oksidi (CO
2
), suyultirilgan neft gazi (propan), boyitilgan metan gazi, yuqori
bosimli quruq gazlar qo’shilishidan hosil bo’lgan aralashma ta’sirida neftni siqib
chiqarilishi mansub. Qo’llaniladigan har bir metod ma’lum bir bosimdagi, tarkibdagi
va fazoviy holatdagi neftni siqib chiqarishda samara berishi mumkin. Qatlam bosimi
20 MPa dan yuqori bo’lgan uyumlardan neftni yuqori bosimli quruq gaz bilan, 10-20
MPa bosimda – boyitilgan gaz bilan, 8-14 MPa bosimda – suyultirilgan gaz bilan



267
siqib chiqarish samarali hisoblanadi. Ushbu metodlarni qatlam o’tkazuvchanligi har


xil qiymatga ega bo’lgan uyumlarda qo’llash mumkin, lekin amaliyotda ularni
o’tkazuvchanligi past qatlamlarda, oddiy suv bostirish metodini qo’llash mumkin
bo’lmagan uyumlarda ham amalga oshirish mumkin.
Neftni suyultirilgan propan gazi bilan siqib chiqarishda qatlam temperaturasi 96-
97
0
S dan ko’p bo’lmasligi lozim, chunki undan yuqori temperaturada u gazsimon
holatga o’tadi.
Yuqori bosimdagi boyitilgan gazlar bilan neftni siqib chiqarish qatlamning
neftga to’yinganligi yuqori – 60-70% dan ortganda amalga oshiriladi. Suyultirilgan
gazlar va karbonat angidrid gazlari bilan siqib chiqarish metodlari neftga to’yinganlik
35-40% bo’lganda ham qo’llanishi mumkin, ayniqsa bu metodlardan qatlamga uzoq
vaqt suv bostirilgandan so’ng foydalanish afzalroqdir.
10.7. GAZ VA GAZKONDENSAT UYUMLARINING ISHLATISH 
ASOSLARI VA ULARGA TA’SIR ETADIGAN
GEOLOGIK SHAROITLAR 

Gaz va gazkondensat uyumlarini ishlatish jarayoni va sistemalari bir qator


xususiyatlarga ega.
Neft uyumlaridan farqli o’laroq gaz uyumlarini ishlatish qatlamga ta’sir
etmasdan, tabiiy energiyadan foydalanib amalga oshiriladi. SHu sababli uyumni
ishlatish chog’ida gazni chiqarib olish qatlamning o’rtacha bosimini pasaytirish
orqali, ya’ni gaz rejimida tez sur’atlarda, tarang – suv bosimli rejimda past
sur’atlarda bajariladi. Ishlatilayotgan gaz uyumlarida qatlam bosimining pasayishi
muhim natijalarga olib keladi.
Uyumlarni chegara tashqarisidagi zona bilan o’zaro ta’siridan uyumlarda,
ayniqsa yiriklarida qatlam bosimining pasayishi suv bosimli sistemaning hamma
qismidagi qatlam bosimi holatiga ta’sir etadi. Natijada ishlatilayotgan uyumlarga
yaqin joylashgan yangi uyumlarni o’zlashtirish boshlangandagi bosimi miqdori suv
bosimli sistemaning boshlang’ich bosimiga nisbatan past bo’lishi mumkin.
Agar ishlatilayotgan uyumlar bir vaqtda hosil bo’lgan jinslarda joylashgan
bo’lsa, ularning o’zaro ta’siri kuzatiladi, bunda qatlam bosimining pasayish tezligi
gaz chiqarib olish sur’atiga mos kelmaydi.
Uyumda qatlam bosimi pasayishi oqibatida ishlatish jarayonida quduq debiti
muntazam kamayib boradi. Neft quduqlaridan farqli o’laroq, bosimning pasayishiga
bog’liq holda gaz qudug’ining debitining kamayishi kuzatiladi, hatto quduq tubida
doimiy depressiya saqlanganda ham debitning kamayishi davom etaveradi. Bunday
vaziyat quduq tubi zonasida gazning juda katta tezlikda harakatlanishi natijasida
filtratsiyaning chiziqli qonunining buzilishidan kelib chiqadi.
Qatlam va quduq tubi bosimlarining pasayishi bilan ular orasidagi geostatik
bosim miqdori ortadi va u jins-kollektorlarning, ayniqsa quduq tubi zonasidagi
jinslarning deformatsiyalanishiga olib keladi. Natijada jinslarning kollektorlik
xususiyatlari yomonlashadi va quduq debitining kamayishi kuzatiladi. Qatlam
bosimining pasayishidan quduqda yuvuvchi suyuqlikning yutilishi va boshqa
murakkabliklar kelib chiqishi mumkin, bunday salbiy hodisalarning oldini olish



268
uchun burg’ilanayotgan quduqdagi mahsuldor qatlamni ochish texnologiyasiga


o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi.
Gaz uyumlarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, gazning yuqori
darajada harakatchanligi hisobiga har bir uyum yaxlit bir gazodinamik sistemani
hosil qiladi, demak, uyumni ishlatish jarayonida uning hamma qismi o’zaro bog’liq
holda bo’ladi. Shuningdek, gaz uyumlarini ishlatishning boshqa xususiyatlariga
qatlam gazining tez harakatlanishi bilan bir qatorda quduqlar debitining kattaligi ham
kiradi, bir xil kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan qatlamlardagi gaz
quduqlarining debiti neft quduqlarinikiga nisbatan ikki marotaba katta bo’ladi. Bu
hol gaz uyumini juda yuqori sur’atlarda ishlatish imkonini beradi va shu sababli
qaziladigan quduqlar to’ri zichligi neft uyumlarinikiga nisbatan kam bo’ladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ma’lumki, qatlam va quduq tubi bosimining
pasayishidan gaz quduqlari debiti ham kamayib boradi. Quduq debitining pasayish
jarayonida chiqarib olinayotgan gaz miqdorining uzoq vaqt o’zgarishsiz qolishini
ta’minlash maqsadida qo’shimcha quduqlar burg’ilanib, ulardan foydalaniladi.
Natijada ishlayotgan quduqlar soni ortadi. Lekin shunda ham quduqlar to’rining
o’rtacha zichligi neft uyumlarini ishlatish jarayonidagiga nisbatan kam bo’ladi.
Olinadigan gaz zaxiralarining 60-70% chiqarib olingandan so’ng odatda quduqlar
qazish to’xtatiladi.
Neft va gaz konlarini ishlatish chog’ida suvlangan quduqlarni ishlatish masalasi
turlicha hal qilinadi. Neft quduqlarida suv paydo bo’lgandan keyin ham u uzoq vaqt
ishlatiladi, olinayotgan mahsulotda suvning miqdori ortib, 95-99% ga etganda
quduqni ishlatish to’xtatiladi. Natijada suvlangan quduqlardan katta hajmdagi
yo’lakay suvlar olinadi. Suv bosimli rejimda ishlayotgan gaz uyumlarida uyumga suv
kirib kelsa va quduqda namoyonlansa, bunday quduqlar ozroq miqdorda suv olingach
to’xtatiladi. Buning asosiy sababi shundaki, gaz konlari qurilishida gazni yig’ish va
tayyorlashda uning tarkibida ko’p miqdorda suv bo’lmasligi lozim.
Gazkondensat uyumlarni ishlatish ham o’ziga xos xususiyatga ega.
Qatlamlarning tabiiy rejimidan foydalanib uyumdan gaz olishda quduq tubidagi
bosim, so’ngra qatlam bosimi ham kondensatsiya boshlanishidagi bosimdan
pasayadi. Natijada dastlab quduq tubi zonasida, undan keyin hamma joyda fazaviy
o’tish boshlanadi – kondensat gazdan suyuq holatda ajraladi va jins g’ovaklari ichiga
joylashadi, kondensatni chiqarib olish koeffitsienti qiymati pasayadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin