Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə181/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.6.3. Termokimyoviy metodlar 

Mazkur metodlar qatlamga kislorod (havo) haydalganda uning qatlamdagi neft


bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida katta miqdorda issiqlik (qatlam ichra yonish)
ajralib chiqishiga asoslangan. Bu metodlar quduq tubida neftning yonishi natijasida
to’plangan issiqlikning qatlam ichiga siljishidan mahsuldor qatlamda issiqlik
to’planishiga asoslanadi. Qatlamga haydalgan havo yonish zonasini qatlam ichra
harakatlantiradi. Neft uyumlarini ishlatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:



266
1. To’g’ri yo’nalgan «quruq» yonish, havo haydaladigan quduq tubida neft


yondiriladi va yonish zonasi haydalayotgan havo bilan aralashib, suyuqlik chiqarib
olish qudug’i tomon siljiydi;
2. To’g’ri yo’nalgan nam yonish yoki o’rta nam yonish, bunda qatlamga ma’lum
bir nisbatda havo va suv haydaladi. Natijada yonish fronti oldida qaynoq suv
hoshiyasi hosil bo’ladi, ya’ni yonish fronti oldidagi zonaga issiqlik kirib keladi, bu
o’z navbatida haydalayotgan havo sarfini keskin kamaytirgan holda neftni chiqarib
olish koeffitsientining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi jarayon nisbatan samarali hisoblanadi. Bunda ham neftni siqib
chiqarishda qatlamga bug’ haydalgandagi kabi hamma omillardan foydalaniladi,
bundan tashqari bu jarayonga xos bo’lgan qo’shimcha omillar (karbonat angidrid
gazining suv bilan aralashmasi, sirt-faol moddalar va b. yordamida neftni siqib
chiqarish) ham qo’llaniladi.
Qatlam qanchalik katta chuqurlikda yotsa, havoni haydash bosimi ham
shunchalik yuqori bo’ladi, shu sababli yuqori bosimli kompressorlardan
foydalaniladi. Bu metoddan foydalanishda 1500-2000 m chuqurlikdagi uyumlarni
tanlash ijobiy natija beradi. Uyumdagi qatlamning qovushqoqligi 10 dan 1000 mPa·s
bo’lganda ham bunday metodlardan foydalanish mumkin. Bunday neftlar tarkibida
og’ir fraksiyalari miqdori ko’p bo’lib, yonish jarayonida yoqilg’i vazifasini o’taydi.
YOnish jarayonining texnologik imkoniyatlariga va iqtisodiy ko’rsatkichlariga ko’ra
uni jins o’tkazuvchanligi 0,1 mkm
2
dan katta va neftga to’yinganligi 30-35% dan
yuqori bo’lganda qo’llash tavsiya etiladi.
Ishlatish ob’ektining o’rta qismidagi jinslarning o’tkazuvchanligi yaxshi, neftga
to’yingan qalinlik 70-80 m va undan katta bo’lganda bu metodlarning afzalligi
seziladi. Ob’ektning o’rta qismidagi yonish jarayoni ta’sirida uning yuqorisida va
ostida yotgan kam o’tkazuvchan jinslar ham qiziydi.
Quruq yonish jarayonida temperatura 700
0
S ga etadi, shu sababli bu metoddan
terrigen kollektorlarda foydalanish mumkin, karbonat kollektorlar esa bunday
haroratda emiriladi. Nam va o’ta nam jarayonlarda yonish tegishli ravishda 400-500
va 200-300
0
S temperaturada sodir bo’ladi, shu sababli ularni terrigen va karbonat
kollektorlarda baravar qo’llash mumkin.
Quruq yonish jarayoni quduqlar joylashishining zich to’rida va teplofizik
metodlarni qo’llashda ham samara beradi. Nam yonish jarayonida agar yonish fronti
oldidagi qizdirilgan zona o’lchami katta bo’lsa, quduqlarning joylashish to’ri zichligi
16-20 ga/quduq bo’ladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin