Geologiyasi


 UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə188/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

11.4. UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH 
Uyumning neft beraolishi neftning boshlang’ich balans zaxirasidan foizda
aniqlanadi, yoinki o’lchamsiz kattalik bo’lib, uyumning neft beraolishlik koeffitsienti
orqali aniqlanadi. Neft beraolishlik koeffitsienti qazib olinadigan neft zaxiralari
hajmining uning boshlang’ich balans zaxirasi hajmiga bo’lgan nisbati bilan
aniqlanadi.
Kon sharoitida neft beraolishlikni o’rganishda yer qa’ridan neftni qazib
olishning quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi:
1) yakuniy neft beraolishlik

fan va texnikaning ayni paytdagi rivojlanish
darajasi va imkoniyatiga ko’ra qazib olingan neft miqdorining uning balans zaxirasi
miqdoriga bo’lgan nisbati;
2) joriy neft beraolishlik

hisoblash sanasi uchun qazib olingan neft
miqdorining boshlang’ich balans zaxirasiga bo’lgan nisbati;
3) qatlamning suv bostirilgan hajmining neft beraolishligi

uyumning suv
bostirilganligi sababli keyinchalik neft olish to’xtatilgan qismidan qazib olingan neft
miqdorining uning shu qismidagi boshlang’ich zaxirasiga nisbati.
Uyumning ishlatish sistemasini loyihalashda uning yakuniy neft beraolishlik
koeffitsienti miqdorini tanlash murakkab vazifa hisoblanadi, chunki u ko’pgina
omillarning ta’siri bo’yicha aniqlanadi. Ko’pincha yangidan ishga tushirilayotgan
uyumlarni neft beraolishlik miqdorini tanlashda, geologik tuzilishi o’xshash
ishlatilayotgan yoki ishlatilib bo’lingan uyumlardan olingan ma’lumotlar asos qilib
olinadi.
Bundan tashqari loyihalash bosqichida qatlamni yakuniy neft beraolishlik
imkoniyatini bashoratlash uchun uning qiymatiga ta’sir etadigan turli geologik-
geofizik omillarni hisobga olish zarur.
Nisbatan bir tarkibli va har xil tarkibli terrigen kollektorlarning neft beraolishlik
koeffitsientini

jinslarning o’tkazuvchanligi k
na
va neftning harakatchanligiga

o
bog’liqligi 11.1-rasmda ko’rsatilgan. Qatlamlarni bu yoki boshqa guruhga kiritish
mezoni qilib uch ko’rsatkich

bo’linish koeffitsienti, qumlilik koeffitsienti va



281
mahsuldor gorizont tarkibidagi xarakterli qatchalar soni olingan. Nisbatan bir xil


tarkibli ob’ektlarga bo’linish koeffitsienti 2,1 dan kam, qumlilik koeffitsienti 0,75
dan ortiq va kesimida xarakterli qatchalar soni uchtadan kam bo’lgan gorizontlar
kiritilgan. Tuzilishi har xil tarkibli ob’ektlarga esa bo’linish koeffitsienti 2,1 dan
ortiq, qumlilik koeffitsienti 0,75 dan kam, kesimida uchtadan ko’p xarakterli
qatchalar bo’lgan gorizontlar kiritilgan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin