Geologiyasi


 ISHLATISH SISTEMASINI LOYIHALASHNING GEOLOGIK



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə186/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

11.2. ISHLATISH SISTEMASINI LOYIHALASHNING GEOLOGIK 
ASOSLARI 
Neft uyumlarini ishlatishni loyihalash uchun quduqlardan boshlang’ich
ma’lumotlarni (9-bob 3-bandga qarang) sistemaga solish, tahlil etish va shu asosda
umumiy xulosa chiqarish zarur.
Konni ishlatishning oqilona sistemasini loyihalash imkoniyati avvalo neftli
qatlamning geologik tuzilishining to’liq o’rganilganligiga bog’liq. Ammo uyumni
ishlatishning boshlang’ich davrida birlamchi ma’lumotlarni to’liq olish mumkin
bo’lmaydi. Neftli qatlamning to’liq tavsifini uni ma’lum davr mobaynida ishlatish
orqaligina bilish mumkin. SHuning uchun ham amaliyotda yirik neft uyumini
ishlatish loyihasi ikki bosqichda tayyorlanadi. Birinchi bosqichda mahsuldor
gorizontning geologik tuzilishi va uning unumdorligi to’g’risidagi ma’lumotlar
razvedka quduqlarini sinash orqali olinadi. Ularga asoslanib uyumni ishlatishning
dastlabki loyihasi (texnologik sxemasi) tuziladi. Dastlabki loyihada birinchi navbatda
burg’ilanadigan ishlatish quduqlarining joylashuv sxemasi va haydash quduqlarining
joylashuv sistemasi belgilanadi. Loyihalashning ikkinchi bosqichida qayd etilgan
quduqlar qazilib bo’lingandan keyin konni ishlatishning boshlang’ich loyihasiga
ko’ra kollektorlar va ularni to’yintirib turuvchi neft, gaz va suvlarning xususiyatlari
to’g’risida olingan qo’shimcha ma’lumotlar asosida neft uyumini ishlatish va
ishlatilishning bosh loyihasi tuziladi.
Kichik o’lchamli neft uyumlarining ishlatish loyihasini ikki bosqichda tuzishga
ehtiyoj sezilmaydi. Ammo loyihalashda amalga oshirilayotgan ishlatish sistemasiga



276
keyinchalik o’zgartirishlar kiritishni ham nazarda tutmoq zarur. Uyumni ishlatish


loyihasini tuzishdan avval bajarilgan razvedka ishlari qanchalik to’liq bo’lsa,
loyihaga keyinchalik kiritiladigan o’zgartirishlar ham shuncha kam bo’ladi. SHu
munosabat bilan uyumni ishlatish boshlanganda bajariladigan tadqiqot ishlari rejasi
tuziladi va uyumning markaziy qismida kuzatuv va baholash quduqlari burg’ilanadi.
Keyinroq
bu
quduqlardan
belgilangan
ishlatish
sistemasining
aniqligini
oydinlashtirishda va uni amalda qo’llanishini nazorat qilishda foydalaniladi.
SHuningdek, uyumning tashqarisida (haydash quduqlari halqasi ortida) pezometrik
quduqlar burg’ilab, chegara ortiga suv bostirish jarayonini nazorat qilish juda
muhimdir. Bunda chegara orti zonasiga suvning kirib kelishini o’z vaqtida payqash
mumkin bo’ladi. Neftli qatlamni ishlatishni loyihalashda quyidagilarga amal qilish
zarur:
1) qatlamning kon geologiyasi nuqtai nazaridan tavsiflash va qatlamning
geologik xususiyatlariga ko’ra neft beraolishini aniqlash hamda uyumni ishlatish
tadbirlarini belgilash;
2) qatlamni ishlatish bo’yicha qabul qilingan texnik-iqtisodiy sharoitlar va
ishlatish muddati;
3) qatlamning turli variantlarda ishlatishda sarf qilinadigan xarajatlar.
Ishlatish sistemasini loyihalashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Ishlatish sistemasi neft uyumining hamma qismini qamrab olishi va qatlamga
ta’sir etish orqali bosimni bir xil ushlab turishni ta’minlashi zarur. Bunda uyumning
har qanday uchastkasini ishlatishni qo’shni uchastkadagi ishlarni to’xtatmagan holda
davom ettirish mumkin bo’lsin.
2. Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida quduqlarni bir tekisda (yirik
uyumlar uchun odatda batareya sistemasi bo’yicha) joylashtirishni nazarda tutmoq
lozim. Keyinroq uyumni qo’shimcha o’rganish jarayonida uning ayrim
uchastkasidagi jinslarning kollektorlik xususiyatlarining yomonlashishi munosabati
bilan quduqlar orasidagi masofani kamaytirib, quduqlar zichligini orttirish mumkin.
Quduqlarni joylashtirish sxemasida ularni faqat uyumning markaziy qismida zich
joylashuvini oldindan nazarda tutmaslik kerak.
3. Uyumni ishlatishni shunday rejalashtirish kerakki, toki uning har bir
uchastkasini ishlatishda faqat shu joyda mavjud quduqlardan foydalanilsin.
Uchastkaning chekka qismlaridagi neftni uning markazidagi quduqlar orqali butunlay
chiqarib olish mumkin emas. Shu sababli uchastkaning chekka zonasidagi neftni
maxsus qazilgan quduqlar orqali chiqarib olishni loyihalash maqsadga muvofiq
bo’ladi.
4. Uyumni ishlatish sistemasini loyihalashda quduqni uzoq vaqt va uzluksiz
ishlatilishini ko’zda tutish va u qisman suvlangan sharoitda ham to’xtatilmasligi
kerak. Quduq batareyalariga suyuqlik oqib kelishining o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olib, yer qa’ridan neftni butunlay chiqarib olishni ta’minlash uchun
quduqlarda o’zgaruvchan ishlatish rejimini joriy etish lozim. Agar uyumni
ishlatishning boshidan oxirigacha chiqarilayotgan suyuqlik miqdori o’zgarmasa,
bunday holatda oqimning kritik nuqtalari atrofida filtratsiya tezligi nolga tenglashib,
natijada tegilmagan neft qoldiqlari hosil bo’ladi. Uyumdan foydalanish sur’atining



277
o’zgarishi suyuqlik oqimlarining filtratsiya shakllarining o’zgarishiga olib keladi,


uyumni neft berish koeffitsientini oshiradi.
5. Uyumni ishlatish sistemasida chekka batareya quduqlaridan neft olish
sur’atini tartibga solib turish zarurligi e’tiborga olinishi kerak. Bu ayniqsa neftlilik
chegarasi chekka batareya quduqlariga, ular oralig’idagi masofaning yarmiga teng
bo’lgan masofagacha yaqinlashganda juda ham muhimdir. Bunday quduqlar
debitining kamayishini neftlilik chegarasi keyingi batareya qudug’igacha bo’lgan
masofaning yarmidan ko’pidan o’tmaguncha saqlab turish tavsiya etiladi. SHundan
so’ng chekka batareya quduqlari debitini ko’paytirish masalasini loyihalashtirish
mumkin bo’ladi va quduqdan neft olish asta-sekin jadallashtirib boriladi.
6. Chekka batareya quduqlari qisman suvlangandan keyin darhol suv bostirish
maydonini boshqa joyga ko’chirish maqsadga muvofiq emas, aksincha bu ishni
suvlangan zonadan neftni to’liq chiqarib olish uchun uni uzoq muddat ishlangandan
va quduq jadallashtirilgan tarzda ishlatilgandan so’ng amalga oshiriladi.
7. Neft uyumini ishlatishni loyihalashda neftning asosiy zaxirasini kon qisman
suvlanganda emas, balki suvlanish uzluksiz ortib borishi mobaynida chiqarib olishni
nazarda tutish kerak. Qayd etilganiga binoan, suvlangan quduqlarni to’xtatishni
quduqning suvlanishining oxirgi bosqichiga rejalashtirish kerak. Suvlangan quduqni
to’xtatishdan oldin undan neft jadal sur’atda olinishi zarur, bunda qatlamni yuqori
darajada neft beraolishi ta’minlanadi.
8. Quduqlarni joylashtirishni loyihalashda quduqlar to’rining eng maqbul
zichligini tanlash lozim. CHunki quduqlar to’rining zichligi qatlamning neft
beraolishiga katta ta’sir ko’rsatadi, bu ayniqsa qatlamlar har xil tarkibli bo’lganda
aniq ko’zga tashlanadi. Quduqlarni joylashtirish to’rining zichligini geologik
ma’lumotlarni mukammal o’rganmay, faqat gidrodinamik hisoblashlar asosida
amalga oshirish ham mumkin. Quduqlarni joylashtirish variantlarini iqtisodiy
jihatdan baholashda yer qa’ridan neftni butunlay chiqarib olish imkoniyati
mavjudligini nazarda tutish kerak. Ammo quduqlarni turli variantlarda
joylashtirishda, ayniqsa qatlamning kollektorlik xususiyatlari har xil bo’lganda,
quduqning neft beraolish koeffitsienti turlicha bo’ladi. Shu boisdan gidrodinamik
hisoblashlarda
qatlamning
kollektorlik
xususiyatlarining
o’rtacha
ko’rsatkichlaridangina foydalanmasdan, balki ularning alohida, har xil tarkibli
uchastkalari bo’yicha aniqlangan tafovutli qiymatlarga e’tibor berish kerak.
Umuman neft uyumini ishlatish sistemasini loyihalashda uning tipiga va
o’lchamiga, mahsuldor gorizontning geologik tuzilishiga, uyumning ishlatish
rejimiga, qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalariga hamda u yoki bu ishlatish
sistemasini samarali qo’llashda 10-bobda qayd etilgan sharoitlarga e’tibor berilishi
kerak.
Konni ishlatishning boshlang’ich davrida qatlamga ta’sir etish tadbirlarini
loyihalash maqsadga muvofiq bo’lib, bunda qatlamga suv haydash samarali
hisoblanadi. Agar qatlamning o’tkazuvchanligi 0,03x10
-12
m
2
dan kichik bo’lsa va
qatlamga suv haydash iqtisodiy tomondan o’zini oqlamasa, u vaqtda qatlamga gaz
haydash maqsadga muvofiq. SHuningdek, qatlamga gaz haydash (suvni haydashga
nisbatan) turli iqtisodiy va geologik omillarga bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, gaz
haydash uskunalari narxining qimmatligi, qatlamning kollektorlik xususiyatlarining



278
o’zgaruvchanligi, har xil tarkibli uchastkalarning tartibsiz joylashuvi, suvni qatlamga


haydash paytida kutilmaganda neft uyumining suvlanishi va b.
Uyumni ishlatish sistemasini loyihalashda quduqlarni joylashtirish muhimdir. Bu
masalani hal etishda birinchi navbatda neftli qatlamning geologik tuzilishiga va
uning tarkibining har xilliligiga hamda energetik xususiyatlariga e’tibor berish kerak.
Quduqlarni joylashtirish sxemasi quyidagilarni ta’minlashi lozim: 1) qatlamni
yagona ob’ekt sifatida ishlatishda uni tartibga solib turishni; 2) loyihada belgilangan
topshiriqqa ko’ra quduqlardan eng ko’p miqdorda neft chiqarib olishni; 3) yer
qa’ridan imkon boricha ko’p neft chiqarib olishni.
Chekka suvlar bosim bilan chegaralangan ya’ni neftlilik chegarasi o’z joyidan
siljimaydigan erigan gaz rejimli yoki massiv tuzilishli uyumlarni ishlatish sistemasini
loyihalashda quduqlar uyum maydoni bo’ylab yaxlit to’r (kvadrat yoki uchburchak)
shaklida joylashtiriladi. Quduqlarni bunday joylashtirishda ularning oralig’idagi
masofa joyning geologik tuzilishiga va iqtisodiy ko’rsatkichlariga asoslanib
belgilanadi. SHuningdek, uyumni ishlatish sistemasini loyihalashda qatlamga gaz
yoki suv haydab ta’sir etish zarurligini asoslash muhimdir.
Ishlatish sistemasi nafaqat uyumni ishlatishning boshlang’ich davrida neft
chiqarib olishning samaradorligini ta’minlashi, balki ishlatishning oxirgi davrida ham
qatlamdan katta miqdordagi suyuqlikni chiqarishga imkoniyat yaratishi lozim.
Uyumni ishlatish sistemalarini loyihalash tobora takomillashib bormoqda.
Hozirgi vaqtda uyumni ishlatish sistemalari yer qa’ridan neftni imkon boricha eng
ko’p miqdorda chiqarib olishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Bu sohada uyumni
ishlatish sistemalarining yangi, zamonaviy turlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.
Yer qa’ridan ko’p miqdorda neft qazib olish uchun eng samarali ishlatish
sistemalarini loyihalash zarur. Bunday ishlatish sistemalari neftli qatlamning tabiiy
resurslaridan oqilona foydalanishni va ilg’or texnikadan va texnologiya metodlaridan
foydalangan holda qatlamning uzoq vaqt mobaynida favvorali ishlatilishini
ta’minlashi zarur.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin