Geologiyasi


-rasm. Qatlamning tuzilishi zona bo’yisha har



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə194/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.4-rasm. Qatlamning tuzilishi zona bo’yisha har 
xil bo’lganda uyumni ishlatishda maydonning 
qamrab olinishi.
Quduqlar: 1 – haydash qudug’i; 2 –
shiqarish qudug’i; qatlamning yuqori o’tkazuvshan
qismlari: 3 – qatlamni ishlatishda qamrab olingan
qismi, 4 – qatlamni ishlatishda qamrab olinmagan
qismi (A – to’silgan ushastkalar; B – linzalar; V – boshi
berk zonalar); 5 – qatlamning kam o’tkazuvshan
qismlari



291
Qatlamning o’tkazuvchanligi kam bo’lgan uchastkalarini ishlatish uchun suv


bostirish manbalari tashkil etiladi, zaruriyat bo’lganda esa haydashning yuqori
bosimidan foydalaniladi. O’choqsimon suv bostirish uchun qaziladigan quduqlarning
joylashadigan joyi uyumning yuqori va past o’tkazuvchan kollektorlar bilan band
bo’lgan qismlari o’lchamlarining o’zaro nisbatiga bog’liq holda tanlanadi. Yuqori
mahsuldor kollektorlar yaxshi rivojlangan bo’lsa, o’choqsimon suv bostirish
quduqlarini ularning atrofida, ya’ni mahsuldorligi kam bo’lgan kollektorlar
chegarasiga yaqin joyda joylashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. Agar uchastkada
mahsuldorligi kam kollektorlar ko’p bo’lsa, suv bostirish o’choqlari bevosita ular
tarqalgan zonalarda tashkil etilishi kerak.
Suv haydash frontidan uzoqda joylashgan maydon uchastkalarini ishlatishni
jadallashtirishning bir qancha yo’llari mavjud. Bulardan biri haydalayotgan suv
bosimini oshirish orqali haydash va chiqarish zonalari oralig’idagi bosimning farqini
ko’paytirishdan iborat. Ikkinchi yo’li chiqarib oluvchi quduqlar tubidagi bosimni
kamaytirishdir. Tabiiy yoki sun’iy suv bosimli rejim sharoitida chiqarish quduqlari
tubidagi bosimlar qiymati teng bo’lganda katta depressiya hosil bo’ladi, shu sababli
tashqi qatorda joylashgan quduqlarning debiti ortiqroq bo’ladi. Navbatdagi qatorda
joylashgan quduqlarda maydon markaziga tomon qatlamning dinamik bosimining
kamayib borishi sababli depressiya va quduqlarning debiti kamayib boradi. Bu esa
ishlatishga kiritilmay qolgan uchastkalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday
uchastkalarni ishlatishga jalb etish uchun tashqi qatordagi quduqlardan flyuid olishni
cheklash zarur. Bu o’z navbatida ichki qatorlardagi quduqlarda qatlam bosimining
ortib ketishiga imkoniyat yaratadi. Ammo shuni nazarda tutish lozimki, tashqi
qatordagi quduqlarda quduq tubi bosimini kamaytirish ob’ekt bo’yicha bir yilda
olinadigan neft miqdorini kamaytirib yuboradi. Tashqi qatordagi quduqlarga suvning
yaqinlashib kelishi davrida undan suyuqlik olishni cheklash lozim, bunda suvning
siljish chegarasini tartibga solish va yo’lakay suvlarni chiqarishni kamaytirish
mumkin bo’ladi. Ishlamayotgan ichki uchastkalarni ishga solishning uchunchi yo’li,
ular atrofida qo’shimcha kesuvchi qatorlarni yoki suv bostirish o’choqlarini tashkil
etishdan iborat.
Ishlatilmayotgan uchastkalarni ishga solishning bunday usullari ko’p hollarda
eng samarali hisoblanadi. Chunki bunday usul chiqarish quduqlarining hamma
qatorlari tubida past bosimni saqlab turishga imkoniyat yaratadi.
Qatlamlarning quduqlar oralig’idagi ishlamaydigan zonalarini ishga solishning
samarali metodlaridan biri filtratsion oqimlarning yo’nalishini o’zgartirishdan iborat.
Bunday o’zgartirishlar turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: haydash quduqlar
guruhiga suvni navbat bilan haydashni cheklab yoki to’xtatib qo’yib, yoinki
yo’nalishi turlicha bo’lgan uyumni kesib o’tuvchi qatorlar yordamida maqsadga
erishiladi. Agar qo’llanilayotgan ishlatish sistemasini takomillashtirishga qaratilgan
tadbirlar qatlamda sodir bo’layotgan jarayonlarni boshqarish uchun etarli bo’lmasa,
ishlatish sistemasini tubdan o’zgartirish zarur bo’ladi. Bunday o’zgartirishlar
quyidagi tadbirlarni alohida yoki aniq qo’shib bajarishni nazarda tutishi mumkin:
- quduqlar to’rini har tomonlama zichlashtirish;
- ko’p qatlamli ob’ektni qalinligi kichikroq ob’ektlarga ajratish;
- suv bostirish turini almashtirish;



292
- suvni haydash bosimini ancha ko’paytirish va b.




Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin