Geologiyasi


 - rasm. Uyumni sun’iy «kesish»



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə192/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.2 - rasm. Uyumni sun’iy «kesish» 
shiziqlari bo’ylab qatlamga suv 
haydash. 
Quduqlar: 1 – birinshi
navbatdagi, 2 – ikkinshi navbatdagi;
qolgan shartli belgilar izohi 12.1
rasmdan qaralsin



287
Ko’p qatlamli


ob’ektlar odatda chegara ichkarisiga suv bostirish yo’li bilan
ishlatiladi. Bunday ob’ektlarni ishlatishni tartibga solishning eng ma’qul printsipi
kesim bo’yicha hamma qatlamlarni bir xil tezlik bilan ishlatish hisoblanadi. Bunda
kesim bo’yicha neftlilik chegarasi va uyumga haydalayotgan suv fronti bir me’yorda
oldinga surilib boradi. SHuni qayd etish lozimki, ishlatish ob’ektining qatlamlari
maydon bo’ylab bir xil tarkibli va mahsuldor bo’lgan taqdirdagina bu printsipni
qo’llash imkoniyati yuzaga keladi. Ammo bunday sharoitlar tabiatda kam uchraydi.
Ko’pincha ko’p qatlamli ob’ektlarda hamma qatlamlar yoki ularning bir qismining
muhim litologik-kollektorlik xususiyatlari o’zgaruvchan bo’ladi. Bundan tashqari
ular bir-birlaridan o’tkazuvchanligi bilan ham farqlanadilar. Tuzilishi bir xil
bo’lmagan shunga o’xshash ob’ektlarni tartibga solishda printsipial yondoshish
uchun ularning litologik-kollektorlik xususiyatlari va qatlamlarni tashkil etgan
jinslarning geologik jihatdan har xilligi xal etuvchi rol o’ynaydi.
Ko’pincha ko’p qatlamli ob’ektning kesimi bo’yicha qatlamlarning qalinligi va
o’tkazuvchanlik qobiliyati pastdan yuqoriga tomon ortib boradi. Bunday sharoitlarda
pastdagi har qaysi qatlamni uning yuqorisida joylashganiga nisbatan
tez ishlatish 
printsipi
ahamiyatga ega. Ya’ni, dastlab ostki qatlamlar ishga tushiriladi, yuqoridagi
qatlamlar esa asta-sekinlik bilan jalb etilib, ularni to’liq ishlatish imkoniyati
yaratiladi. Suv bostirish jarayonida pastki qatlamdan foydalanishni to’xtatish uchun
dastlab chiqarish quduqlari, so’ngra haydash quduqlari to’xtatiladi. Shu yo’l bilan
ishlatilayotgan quduq faoliyati to’xtatilib, keyin uning ustidagi qatlamni ildam
ishlatishga o’tiladi. Binobarin, shunday usul bilan qatlamni pastdan yuqoriga tomon
ishlatish tezligining ortib borishiga erishiladi. Bunday printsip Rossiyadagi
Romashkin konida sinab ko’rilgan.
Ko’p qatlamli ob’ektlarda mahsuldorligi turlicha bo’lgan qatlamlar kesimda
hech qanday qonuniyatga bo’ysinmagan holatda joylashadi. Bunday sharoitda eng
mahsuldor va uyumning asosiy zaxirasini o’zida saqlagan qatlam, ob’ekt kesimining
qanday qismida joylashganidan qat’iy nazar,
oldinroq ishlatish printsipiga 
amal
qilgan holda ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida uyumni ishlatishni tartibga solishdan
maqsad asosiy qatlam ostida yotgan qatlamdan foydalanishni imkon boricha
jadallashtirishdan iborat. Yuqoridagi asosiy qatlamlarning suvlanishi paytida pastki
qatlamlardan imkon qadar ko’proq mahsulot olishga harakat qilish lozim. Chunki
ob’ektning yuqorida va oraliqda joylashgan qatlamlarini izolyatsiyalash metodlari
unchalik
ishonchli
bo’lmagani
sababli,
qatlamni
oxirigacha
ishlatish
murakkablashgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Qayd etilayotgan printsip
Romashkin konining D
1
gorizontida amalga oshirilgan. Ob’ektning eng yuqorisida
joylashgan qatlamning kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lib, u deyarli hamma
yerda uchraydi, unda ob’ekt zaxirasining 45 % mujassamlashgan. Pastdagi qatlamlar
har xil tarkibli bo’lib, zaxiralari kam va o’tkazuvchanligi yomon. Bunday sharoitda
qatlamga yuqori sur’atda ishlov berish va pastki qatlamlardagi zaxiralarni chiqarib
olishni jadallashtirish tavsiya etilgan.
Neftlilik qavati katta, tuzilishi keng bo’lgan uyumlarda neft asosan ostki suvlar
bilan siqib chiqariladigan bo’lsa yoki suv bostirish natijasida suv-neft tutash yuzasi
ko’tarilib ketsa, bunday sharoitda ishlatishni tartibga solishning suv-neft tutash
yuzasini uyumning hamma maydoni bo’ylab bir me’yorda ko’tarilishini



288
ta’minlaydigan printsipidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu jarayon suv-


neft tutash yuzasining yuqoriga asta-sekin ko’tarilishi va chiqarish quduqlarining eng
ma’qul rejimda ishlayboshlashi paytida quvurni kesim bo’yicha ketma-ket yuqoriga
o’tkazib perforatsiyalash orqali amalga oshiriladi (12.3-rasm).
Gaz-neft uyumlarini ishlatishni tartibga solish printsiplarini aniqlashda
qatlamdagi neftni gazdan ko’ra suv bilan to’liq siqib chiqarish afzalligini hisobga
olish zarur. Bunda siqib chiqarish gaz qalpog’ining kengayishi hisobiga bo’ladi.
Shuning uchun chegara suvlari tabiiy faol bosimga ega bo’lganda yoki chegara
bo’ylab suv bostirilganda gaz-neft tutash yuzasi sathining qo’zg’almasligini, suv-neft
tutash yuzasining bir me’yorda ko’tarilishini va neftlilik chegarasining siljishini
ta’minlaydigan uyumning ishlatishni tartibga solish printsipi amalga oshiriladi.
Gaz-neft tutash yuzasining qo’zg’alib ketmasligini ta’minlash uchun gaz
qalpog’idan gaz olish jarayoni tartibga solinadi. Gaz qalpog’idagi bosim hamma vaqt
uyumning neftli qismidagi bosimga teng bo’lishi kerak (gazni ortiqcha miqdorda
olish gaz-neft tutash yuzasining ko’tarilib ketishiga, ya’ni neftning gaz qalpog’iga
kirib kelishiga sabab bo’ladi, keyinchalik esa bunday neftning ko’p qismini gaz
qalpog’idan chiqarib bo’lmaydi).
Gaz-neftli uyumlarga
to’siqli suv bostirish
1
qo’llanilganda qatlamning neft va
gazga to’yingan qismlari oralig’ida yaxlit suv to’sig’ini barpo etish ishlatishni
tartibga solishning tamoyilli yo’nalishi hisoblanadi.
1
To’siqli suv bostirish deganda neft

-gazli yoki neft

-gazkondensatli uyumlarga ta’sir etish usuli
tushuniladi. Uyumdagi hamma flyuidlarni chiqarib olish samaradorligini oshirish maqsadida neftli va gazli
(gazkondensatli) uyum qismlarini ajratish uchun gazneftli zona oralig’ida joylashgan quduqlardan
qatlamga suv haydaladi.



289
Neft-gazli uyumni gaz bosimli rejimda


2
ishlatishda (gaz-neft tutash yuzasini pastga
tushirish hisobiga neftni gaz bilan siqib
chiqarishda), energiyaning asosiy qismi gaz
qalpog’idagi gazning kengayishidan hosil
bo’lgan taqdirda ishlatishni tartibga solishdan
asosiy maqsad energiyani oqilona ishlatishga
yo’naltirilgan bo’ladi. Ishlatishni tartibga
solishning
bunday
printsipi
qatlamdan
suyuqlikni, yo’lakay gazlarni chiqarib olishni
boshqarish
va
quvurlarni
perforatsiyalash
intervallarini oqilona belgilash orqali amalga
oshiriladi.
Gaz konlarini ishlatishni tartibga solishga
printsipial
yondoshishda
uyumni
ishlatish
mobaynida mavjud bo’lgan rejimga rioya
qilinadi. Gaz bosimli rejim sharoitida ishlatishni
tartibga solishdan asosiy maqsad uyumdan gaz
olinmayotgan davrda qatlamdagi bosimning maksimal miqdorda saqlab qolishdir.
Mazkur printsipni amalga oshirish uchun uyumning hajmi bo’yicha bosim
muvozanatlanadi. Bunday jarayon uyumning turli joylarida joylashgan chiqarish
quduqlaridan gaz olish bilan amalga oshiriladi.
Gaz uyumining suv bosimli rejimda
3
ishlatishni tartibga solish printsipi gaz-suv
tutash yuzasining bir me’yorda ko’tarilishini va gazlilik chegarasining siljishini
ta’minlashga hamda suvning o’tkazuvchan qatchalar bo’ylab ildamroq
harakatlanishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Bunday printsip quduqlarning
suvlanish dinamikasiga ta’sir etishi orqali amalga oshiriladi, bunda qatlam
tuzilishining har xilligi hisobga olinadi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin