Geologiyasi


 KONNING ISHLATISH SISTEMASINING TAKOMILLASHUVI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə193/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.3. KONNING ISHLATISH SISTEMASINING TAKOMILLASHUVI 
YOKI O’ZGARISHI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN
TARTIBGA SOLISH METODLARI 

2
Gaz bosimli rejim neft

uyumining ishlash rejimi hisoblanadi. Bunda gaz qalpog’ida yig’ilgan gaz
bosimi ta’sirida neft

quduqqa siqib chiqariladi. Struktura qanotlarida joylashgan neft

uyumidagi
bosimning oshishidan gaz qalpog’i kengayadi va pastda joylashgan neft

uyumiga bosim bilan ta’sir


ko’rsatadi. Qatlamning bosimi pasayganda neftdan ajraladigan gaz pufakchalari gravitatsion kuch ta’sirida
yuqoriga harakatlanib, gaz qalpog’iga borib qo’shiladi, natijada uning massasi ortib, qatlam bosimining
pasayish sur’atini kamaytiradi. Gaz bosimli rejimda chegara suvlari ham harakatga keladi, uning tezligi
doimo chegara gazlari tezligidan kam bo’ladi. Gaz bosimli rejimda neft

uyumi va gaz qalpog’ining


dinamik qatlam bosimi uzluksiz ravishda pasayib boradi va bu o’z navbatida quduq sarfining pasayib
ketishiga sabab bo’ladi.
3
Suv bosimli rejim deganda neft

konlarini ishlatish paytida chegara suvining bosimi ta’sirida neftni


qatlamdan siqib chiqarish rejimi tushuniladi. Suv bosimli rejim ikki xil bo’ladi: 1)tarang suv bosimli; 2)
qat’iy suv bosimli. Neft

koni qatlamning yer yuzasiga chiqqan joydan qancha uzoqda joylashsa, qatlam


bosimi shuncha yuqori bo’ladi va uning uzoq vaqt mavjud bo’lishiga sharoit yaratiladi. Qatlam bosimining
pasayishi quduq sarfining kamayishiga olib keladi.
12.3 - rasm. Massiv uyumni 
ishlatish 
jarayonida 
perforat-
siyalash intervallarini ketma ket 
ko’shirish
. Kollektorlar: 1 – neftga
to’yingan; 2 – suvga to’yingan; 3 –
perforatsiyalash intervallari; I, II,
III – perforatsiyalashning ketma
ketlik bosqishlari



290
Konni ishlatishni loyihalashtirishda uni geologik tuzilishining xususiyatlari


etarlicha o’rganilmagan bo’lsa, uyumdan bir qancha vaqt foydalanilgandan so’ng
uning texnologik ko’rsatkichlari loyihadagidan ancha farq qilishi mumkin. Qabul
qilingan texnologik qarorlar ob’ektning ayrim uchastkalarining va qismlarining
tuzilishiga to’liq javob bermasligi oqibatida shunday tafovutlar kelib chiqadi.
Masalan, mahsuldor qatlamlarning tuzilishi va tarkibining har xilligi sababli
ob’ektning katta uchastkalari yoki ayrim qatlamlari ishlatishga butunlay jalb
qilinmay qoladi. Ularga linzasimon va boshi berk zonalar, kam mahsuldor qatlamlar,
haydash quduqlaridan ancha uzoqda joylashgan uchastkalar, quduqlar oralig’idagi
uchastkalarda mavjud tortiluvchi qatorlar va b. (12.4-rasm) misol bo’laoladi.
Bunday holda uyumni ishlatishni tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha
tadbirlar ishlab chiqiladi, ayrim hollarda esa, avval qabul qilingan ishlatish
sistemasini tubdan qayta o’zgartirish zarur bo’ladi. Ishlatish sistemasini
takomillashtirish choralari maxsus ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan ishlab
chiqiladi va loyiha hujjatini tayyorlashda mualliflik nazorati orqali asoslab beriladi;
agarda sistemani tamomila o’zgartirish zarur bo’lsa, qo’shimcha loyiha hujjati
tuziladi.
Uyumni ishlatish sistemasini takomillashtirish tadbirlariga quyidagilar mansub:
-
loyihada qayd etilgan quduqlar zaxirasi hisobiga ayrim uchastkalarda
quduqlar to’rini zichlashtirish;
-
qatlamga haydalayotgan suv frontini chiqarish quduqlariga yaqinlashtirish
maqsadida yangi haydash quduqlarini burg’ilash yoki ayrim suvlangan quduqlardan
suv haydash qudug’i sifatida foydalanish;
-
o’choqsimon
x)
suv bostirishni tashkil etish;
-
filtratsiya oqimlari yo’nalishini o’zgartirish va davriy suv bostirish.
Uyumni ishlatishni tartibga solishning aniq sharoitlari uchun eng samarali
tadbirlarni tanlashda ob’ektning geologik tuzilishini o’ziga xos xususiyatlariga va
uning ishlatishni joriy holatiga e’tibor beriladi.
Yuqori
o’tkazuvchanlikka
ega
bo’lgan
kollektorlarning
linzasimon
uchastkalarini
ishga
tushirish
uchun
suv
bostiriladigan joylar yaratiladi. Bunda ayrim
chiqarish quduqlaridan haydash quduqlari sifatida
foydalaniladi yoki zaxiradagi maxsus quduqlar
burg’ilanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin