Mavzu №12: institutsionalizm



Yüklə 67,33 Kb.
səhifə1/8
tarix31.03.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#91839
  1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan


MAVZU № 12: INSTITUTSIONALIZM
REJA:
1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
2. Urushdan keyingi institutsionalizm (XX a. 40–70-y.)
3. Iqtisodiy o’sish bosqichlari

  1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar

Menger, Jevon, Valras va Marshallar taqsimot va qiymat nazariyasiga doir tahlillarni amalga oshira boshlashgan davrlarda ham ortodoks (umumiy hamma qabul qilgan) klassik nazariyasi nemis anti-ijtimoiy yozuvchilari tomonidan tanqid qilinar edi. Ushbu yozuvchilar qarashlarida ko’zga ko’rinadigan farqlar mavjud bo’lib, ularning nemis tarixiy maktablariga umumiy jihatlari ko’p edi. Germaniyada bu maktablar ta‘siri 1840-yillardan boshlandi va yigirmanchi asrgacha davom etdi. Ba‘zi tarixchilar nuqtayi nazarlari xilma-xilligi sababli buni Germaniyada muammolar o’zgarishining katta ta‘siri, deb atashdi. Avvalgi va keyingi yozuvchilar o’rtasidagi ortodoksal nazariyaga qarshiliklarni inobatga olib, eski va yangi tarixiy maktablarga taqsimlashdi.
Tarixiy metodni qo’llab-quvvatlovchi inglizlarni alohida bog’langan guruhini shakllantirishmadi va shu sababli uni ingliz tarixiy maktabi, deyish nojoiz bo’ldi. Ushbu ingliz va nemis yozuvchilari ma‘lum neoklassik iqtisodiyotga ko’rsatgan ta‘sirlari sababli diqqatga sazovor bo’lishdi (ayniqsa, Alfred Marshall). A.Marshall Germaniya va Qo’shma Shtatlar iqtisodiy nazariyasi va siyosati yuksalishiga ham sezilarli hissa qo’shdi (Germaniyada ko’plab amerikalik iqtisodchilar ta‘lim olishgan).
Eski tarixiy maktab
Eski tarixiy maktabning ko’zga ko’ringan vakillari Fridrix List (1789-1846), Vilgelm Rosher (1817-1892), Bruno Gildebrand (18121878) va Karl Niys (1821-1898) lardir. Ular klassik iqtisodiy nazariya barcha davrlar va madaniyatlarga mos kelmasligini isbotlashdi. Smit, Rikardo va J.S.Millning Angliya iqtisodiyotini industriallashtirish xulosalari qishloq xo’jaligiga asoslangan bo’lib, Germaniya uchun mos emas edi. Bu olimlarning ishlarida milliy his-tuyg’u kuchli edi. Bundan tashqari ular iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar tarixan metodologiyaga va klassik nazariyaga asoslangan bo’lishi kerak, degan g’oyalarni ilgari surishgan. Rikardo va uning izdoshlari fizika faniga ko’r-ko’rona ergashib xatoga yo’l qo’ygan, deb qat‘iy turib olishgan. Ushbu maktabning vazminroq a‘zolari esa nazariy-induktiv ta‘limot va tarixiyinduktiv ta‘limot bir vaqtda o’rinli ekanligini E‘tirof etishadi, lekin qolganlar, ayniqsa, Niys abstrakt nazariyaning har qanday qo’llanilishiga qarshi bo’lgan.
Klassik nazaryachilar aralashmaslikning tabiatidan kelib chiqib naf berishiga ishonishsa, List esa Germaniya va Fransiya uchun davlat nazorati muhim ekanligini muhokama qiladi. U sanoat holatidan kelib chiqib berilgan erkin savdo Angliyaga manfaatli bo’lgan bo’lsada, cheklovlar va narx-navo nazorati Germaniya va Amerika uchun muhim bo’ldi. U 1825-1830-yillarni Amerikada o’tkazdi, o’n yillar o’tib o’z malakalarini Siyosiy iqtisodning milliy tuzilishi (1841) nomli kitobida bayon etdi. Uning tanqidiy qarashlari Amerikada shunchalar iliq kutib olindiki, uni Amerika tanqidchilari otasi, deb ham atashadi.
Ushbu iqtisodchilar tomonidan himoya qilingan tarixiy nazariya nima edi? Ularning ishlari iqtisodiyotning asosiy vazifasi iqtisodiyotning o’sishi va rivojlanishini boshqaradigan qonunlar yaratishdan iborat bo’lib, Listning hisoblashicha o’rtacha ahvoldagi hududning iqtisodiy o’sishi besh bosqichda boradi: ko’chmanchi hayot; cho’ponlik hayoti; agroxo’jalik; agroxo’jalik va ishlab chiqarish; agroxo’jalik va savdo. Gildebrand esa iqtisodiy o’sish bosqichlarini (bu yerda mol ayirboshlash, pul va kreditga bog’liq uchta iqtisodiy bosqich o’rin olgan) tushunish kaliti o’zgarishlar sharoitidan kelib chiqishini tasdiqlaydi. O’sish darajalarini tavsiflash albatta, bir qancha abstrakt nazariyalarni o’z ichiga oladi. Shunga qaramasdan yozuvchilar iqtisodiy o’sishning tahlillarini qo’llab-quvvatlovchi kattagina miqdordagi tarixiy va statistik ma‘lumotlar to’plashgan. Hozirgi kunga kelib Rostov (1916-y.) iqtisodiy rivojlanish nazariyasining darajalarini tarixiy maktablar an‘analariga ko’ra yuksaltirdi . Kutilganidek uning kitobi iqtisodchilarning o’zlaridan ko’ra boshqa ijtimoiy tadqiqotchilar tomonida yaxshiroq kutib olindi.

Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin