Veblenning hissasi Umumiy qaraganda noortodoksal iqtisodiy nazariya va Veblenning o’ziga xosligi tez-tez iqtisodiy fikrlar tarixidagi kitoblardan tushirib qoldiriladi, balki buning sababi ular zamonaviy ortodoksal iqtisodiy nazariyaga juda kam yo’nalganligidir. Veblen ortodoksal iqtisodiy nazariyaga tanqidiy yondashgan va eng yetilgan ma‘lumotlarni iqtisodchilar Alfred Marshalldan olgan. U tizim siyosatidan norozi edi. Chunki tizim siyosati boshidan xato bo’lgan, deb hisobladi. Veblen ortodoksal nazariya yondashuvida optimist bo’lganligini ta‘kidlaydi, iqtisodiyotni tushunishga harakat birinchi tahlil va uning qismlarini, ro’zg’or xarajatlari va firmani tushuninsh jarayoniga o’xshatadi. Lekin qismlar yig’indisi butundan farq qiladi; Veblen haqiqiy yondashish madaniyat, jamiyat va iqtisodiyotning bosqichla-ridan boshlanishi kerakligi haqida bahslashdi. Natijada ba‘zi odamlar Veblenning iqtisodchi emas, balki sotsialistligini aytishdi, noaniq ijtimoiy bilimlar ba‘zi iqtisodchilarga oddiy ma‘noni anglatadi. Veblenning bu qarashlari iqtisodchilarnikidan boshqacharoq edi, oxiriga kelib iqtisodga qo’shgan yo’nalishi va uning hissasi bir-biriga uyg’unlashib ketdi.
Veblen ortodoksal nazariyachilar kabi muammolarning ayrim tuzlari bilan qiziqmagan. U fikrlar ko’nikmasi orqali tuzilgan institutsion tuzilish rivojlanishini tushunishga qiziqdi, u bizning iqtisodiy harakatlarimizga yo’l ko’rsatdi. Bundan ma‘lum bo’ladiki, Veblenning hissasi bilan ortodoksal nazariya bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi.
Veblen iqtisodiyotda ko’plab kamchiliklar topdi. U kiritgan takliflar foydali bo’lmadi. U ko’zga tashlanadigan faraz bilan osonlikcha model yarata olmadi.
Jon R. Kommons Jon R. Kommons (1862- 1945) Veblendan besh yosh kichik va Mitchelldan o’n ikki yosh katta bo’lgan yana bir noortodoksal iqtisodchidir. Uning eng katta hissasi tahlil qilishda o’zi yordam bergan ijtimoiy qonunchilikda bo’lsa, ajabmas.
Bu qonunchilik Amerika iqtisodiyotining tuzilishini o’zgartirib yubordi. Kommonsning ―Boylik taqsimoti‖ (1893) nomli birinchi kitobi yaxshi kutib olinmagan edi.
Tanqidchilar bu kitobni uning o’z ijtimoiy fikrlariga ilmiy asos solishga bo’lgan qoniqtirmas
urinishi, deydi. Lekin Kommons hali mavjud mulkchilik, mustaqil tashkilot, jamiyat tuzilishini inqilobiy o’zgartirishga urinmayotgan edi.
Viskonsinda Kommons ishlagan yillar davomida (1904-1932) akademiklar va siyosatchilar o’rtasida, keyinchalik Franklin Ruzvelt ―Yangi Taqsimot‖ da eslab o’tadigan, bugungi kunda odatiy ko’p ishlatiladigan aloqa rivojlandi. Viskonsin hukumati Madisondagi fakultetni yangi fikrlar o’chog’i bo’lishi, qonunlar loyihalarini yozish va tayinlangan komissiya a‘zolari uchun erkin ishlatishga berib qo’ydi. Kommonsning hayotini o’rganar ekanmiz u Viskonsda bo’lgan ko’p vaqtini loyihalar tuzish, ularni tatbiq etish va ijtimoiy qonunlar tuzishga yordam berish bilan o’tkazganligiga guvoh bo’lamiz. Bu urinishlarda ko’zga ko’rinadigan namunalar shakllandi. Kommons masalani, ba‘zida talabalarga yordam sifatida atroflicha o’rganar edi. Va keyin muammoni iqtisodiyotda qabul qilingan har qanday qonunlardan ta‘sir ko’radigan va ilg’or biznes yoki mehnat boshliqlaridan ruhlanadiganlar bilan muhokama qilardi. Yangi taqsimotdan o’rin olgan ijtimoiy qonunchiliklarning g’oyalari Viskonsindan olinganligiga aniq asos yo’q. Lekin Madisonda shug’ullanayotganlarning ko’pchiligi 1932-yilda Vashingtonga ketganligi aniq faktligi tasdiqlangan.