Mavzu №12: institutsionalizm


Kommonsning iqtisodiy g„oyalari



Yüklə 67,33 Kb.
səhifə5/8
tarix31.03.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#91839
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

Kommonsning iqtisodiy g„oyalari
Kommons ortodoksal iqtisodiy nazariyani mustaqil tanqid qilgan bo’lsada, Veblen va Mitchellning tanqidi bilan bir vaqtga to’g’ri kelgan. Uning ijtimoiy muammolarga yondashuvi neoklassik nazariyaning tor, statik, deduktiv yondashuvini rad etdi. Kommons tahlilga barcha ijtimoiy fanlar va qonunni kiritishga harakat qildi. U jamiyat va iqtisodiyotni rivojlanuvchi va o’zgaruvchan deb qarab, raqobat, bozorlar va gedonistik ishtirokchilar to’g’risidagi deduktiv ortodoksal yondashuvga qarshi chiqdi. Nihoyat, Kommons ―laissez-faire‖ siyosatiga (ya‘ni davlat aralashuvi cheklangan siyosatga) asoslangan iqtisodiyotda uyg’unlik borligi to’g’risidagi taxminlarni uning empirik kuzatuvlariga to’g’ri kelmasligini bayon etdi.
Kommonsning amerika kapitalizmi tanqidining boshlang’ich nuqtasi ortodoksal narx nazariyasining boshlang’ich nuqtasiga to’g’ri kelgan, ammo tadqiqotlar umuman bir-biriga o’xshamas edi. Uning fikricha, ortodoksal narx nazariyasining ifodasi va bayoni real voqelikka to’g’ri kelmaydi. Mazkur nazariya ratsional odamlar harakatini raqobat bozorlarida mexanik tarzda bo’lishini ta‘kidlagan. Kommons esa raqobat bozorlarida gedonistik insonlar emas, balki iqtisodiyotning turli qismlarini ayirboshlash munosabatlari birlashtirib turadi, degan fikrni ilgari surdi. Ortodoksal iqtisodiy nazariya alohida vaziyatlardagi narx va ayirboshlash mohiyatnini tushuntirishi mumkin, masalan, yuqori darajada tashkil etilgan birjada yoki qimmatli qog’ozlar bozorida, chunki bu bozorlarda haqiqatdan ham ayirboshlash bor, lekin ayirboshlash munosabatlari mavjud emas. Bu bozorlarda sotuvchi va oluvchi o’rtasida mutlaq anonimlik mavjud bo’lib, odatda, bozorlardagi bitimlarga madaniy, sotsiologik, psixologik kuchlar, urf-odatlar ta‘sir etmaydi. Bitimlar Kommonsning nazariy tuzilmasida asosiy element o’rnini egalladi.
―Haqiqatda bitimlar iqtisodiyot, fizika, psixologiya, axloqnoma, qonunshunoslik va siyosatning tutashuv joyi bo’lib xizmat qiladi. Alohida olingan bitim – barchasini o’z ichiga jamlaydigan kuzatuv birligi, chunki uning ichida alohida kishilarning xohshi, muqobil variantlar orasidagi tanlovi, mehnat va tabiiy resurslar cheklangan sharoitda turli majburiyatlar yoki ularning aksi, davlat arboblari yoki biznes konsernlar, kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan inson huquqlari, erkinliklari himoyasi, ya‘ni cheklangan resurslar dunyosida bir odamning harakati mamlakatdagi siyosiy, biznes, mehnat, oilaviy va boshqa jamoa harakatlariga to’g’ri kelishi yoki to’g’ri kelmasligi mumkin ‖.
Kommons iqtisodiyotdagi savdo bitimlarining 3 xil turini ajratib ko’rsatadi. ―Boylikka egalik qilish huquqini boshqalarga o’tkazish ixtiyoriy kelishuv asosida amalga oshiriladi‖ . Huquqiy tenglik bu iqtisodiy tenglik, degani emas. Birinchi turi, Ortodoksal nazariyaning predmeti bo’lib, ishlab chiqarish omillari bozorida narxni aniqlovchi savdo bitimlari to’g’risidagi nazariyalar hisoblanadi, amalda bu nazariya noodatiy xususiyatlarga ega bo’lgan raqobatli bozorlarga talluqli bo’ladi, bunday bozorlarda majburlash, ishontirish, urf-odatlar mavjud bo’lib, bozor hukumronligi va taklif qonuni kabilar tan olinmaydi. Savdo shartnomalarining ikkinchi turi boshqariladigan shartnomalar hisoblanadi. Bunda huquqiy va iqtisodiy buyruqlar yuqori turuvchi boshliqlar tomonidan beriladi. ―Bu munosabat brigadir va ishchi, menejer va xizmatchi, xo’jayin va xizmatkor, qul va qullar o’rtasidagi munosabatlardan iborat‖ . Boshqariladigan shartnomalar ishtirokida boylik yaratiladi. Kommonsning fikricha, savdo shartnomalarining 3 turi bajariladigan operatsiyalarni normalashtirish hisoblanadi. U quydagilarni o’z ichiga oladi: ―Qo’shma karxona a‘zolari o’rtasida tomonlarning foyda va zararlarni taqsimlash borasidagi kelishuvlarni normalashtirish vakolatiga ega bo’lgan bir necha ishtirokchilarning kelishuvlari‖ . Kommons shundan so’ng institut, degan tushunchaga tarif berdi:
Britaniya va Amerika amaliyotida rivojlangan Konsernlar ushbu uch turdagi savdo shartnomalarini umumlashganligini isbotlovchi iqtisodiy tadqiqot natijasi hisoblanadi. Institut oila, korporatsiya, kasaba uyushmasidan tortib to davlatgacha bo’lgan tushunchalarni o’z ichiga oladi. ―Guruh‖ bu borada passiv tushuncha, ―rivojlanayotgan konsernlar‖ aktiv tushuncha hisoblanadi66.
Muassasa bu jamoalarning individual harakatini nazorat qilish, erkinlashtirish va kengaytirish borasidagi birgalikdagi harakatlari hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlardagi asosiy muammo shundan iboratki, men qancha ko’p olsam senga shuncha kam qoladi va bu borada albatta kelishish zarur. Bu muammolar ko’pchilik savdo shartnomalarida uchramaydi, chunki o’tgan vaqt davomida orttirilgan tajribalar, qabul qilingan qonunlar, an‘analar va urf-odatlar natijasida bunday muammolar tartibga solingan. Kommons bu elementlarni muammolarni yechishdagi dastak sifatida qaragan.

Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin