Mavzu №12: institutsionalizm


Kommons o’zining ushbu yondashuvi orqali Amerika kapitalizmini tahlil qildi



Yüklə 67,33 Kb.
səhifə6/8
tarix31.03.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#91839
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

Kommons o’zining ushbu yondashuvi orqali Amerika kapitalizmini tahlil qildi.
Neoklassik nazariyaga ko’ra resurslar cheklanganligi sababli vujudga keladigan muammolarni tahlil jarayonida ijtimoiy, psixologik va madaniy elementlarni hisobga olmagan holda raqobatli bozorda hal qilish mumkin. Uning ta‘kidlashicha, bu muammolarning ko’pchiligi davlat aralashuvidagi iqtisodiyotga qaraganda raqobatli bozor sharoitida yaxshiroq hal qilinadi. Jamoalarning asosiy yo’nalishlari ijtimoiy fanlar, tarix va huquqiy masalalarga qaratilishi kerak.
Kommons shuningdek, boshqarib bo’lmaydigan iqtisodiyot noxush ijtimoiy vaziyatlarni keltirib chiqaradi, kapitalizm hukumat aralashuvi bilan o’zgarishi kerak. Pul – kredit siyosati, depressiyani oldini olish uchun mehnatni qonunchilik asosida tashkillashtirish, kommunal xizmatlarni tartibga solish, monopoliya amaliyotini oldini olish va boshqa ijtimoiy islohotlar qilish taklifi bilan chiqdi. Garchi u ortodoksal nazariyaga deyarli ta‘sir ko’rsatmasa ham Amerika kapitalizmi tuzilmasini tashkillashtirishda ta‘sir ko’rsatib, uni tatbiq etishga yordam berdi.
Jon A. Hobson
Angliya tartibga solinmagan bozorlar jamiyat farovonligini eng yuqori darajada ta‘minlaydi, degan asosiy ta‘limoti bilan ortodoksal nazariya qo’rg’oni bo’lib kelgan bo’lsada, lekin bu yerda unga qarshi chiquvchilar ham bor edi. Bu ta‘limotga eng katta ta‘sir ko’rsatgan Jon A. Hobson (1858-1940) ning noortodoksal fikrlari hozirgi farovon Angliyaga ma‘naviy turtki bo’ldi. Hobsonning akademik faoliyati birinchi kitobini nashrdan chiqarganidan so’ng tez orada yakuniga yetdi. Bunga uning kitobidagi ―kitobimni o’qigan iqtisodiyot professori uni yer qattiqligini o’lchash uchun sinab ko’radi‖ degan fikrlari sabab bo’ldi. Mustaqil faoliyat uni ortodoksal nazariyaga yana va yana qarshilik qilishga undadi, u qirqqa yaqin kitoblar va katta maqolalar nashr qildi. Keyns Umumiy nazariyada Hobsonni maqtaguniga qadar uning ishlari akademik doirada yaxshi kutib olinmasdi. Shunday qilib sof nazariyada Hobsonning ta‘siri sezilarsiz bo’ldi, u ingliz iqtisodiy siyosatini shakllantirishda muhim ta‘sir ko’rsatdi. Hobson ham boshqa ko’plab noortodoksal iqtisodchilar kabi ortodoksal nazariyaning kamchiliklarini ko’ra olar va ularni ta‘riflardi, lekin amaldagi ta‘limotni ag’darishga yetadigan yangi ta‘limot yaratishga qodir emas edi.
Provard natijada Hobsonning noortodoksal nazariyasi amaldagi aralashmaslik siyosatini ma‘qullashga qarshi chiqdi, chunki bozorlar ijtimoiy farovonlikni ta‘minlash uchun yetarli edi.
Hobson o’sha davr ingliz iqtisodinng amal qilinayotgan uchta xatosini topdi. Birinchisi, doimiy haddan ortiq zaxiralash yoki iste‘mol tufayli to’liq ish bilan ta‘minlanmaganlik. Ikkinchisi, foydaning yuqori daromadli oilalar o’rtasida ularning yuqori savdo kuchlari sababidan nohaq taqsimlash. Uchinchisi, moliyaviy foydaga yo’nalgan boshlang’ich qiymat tizimlari uchun bozorlar ijtimoiy narx va ijtimoiy foydani yaxshi belgilay olmasligidadir. Shunga qaramasdan ortodoksal fikrlovchilar iqtisodiyotda muvozanatni topishdi va bu muvozanatni ko’rsatib beruvchi ta‘limotlarni yaratishdi. Hobson aralashmaslik iqtisodiyotining salbiy ta‘sirlarini taxmin qildi va mavjud sanoat jamiyatining xatolarini tuzatuvchi nazariy tuzilma yaratishga harakat qildi. Hobson agarda jamiyatning maqsadi aniq qilinganda iqtisodiy nazariya jamiyatni ―yaxshi hayot‖ga erishishga ishontirishi mumkin, deb hisoblaydi.
U Jon Nevill Keynsning biz farqlashimiz mumkin bo’lgan nima mavjud va u nima bo’lishi mumkin, degan nuqtayi nazariga va ortodoksal nazariyaning nima mavudligini tahlil qilishdagi cheklangan harakatlariga e‘tibor qaratdi. Hobson uchun iqtisodiy nazariya jamiyatga ―majburiyatlarini‖ ko’rsatib bera olganligidan rostdan ham foydali edi. Ortodoksal nazariya tomonidan amalga oshirilgan normativ-ijobiy bo’linish ilojsiz edi, chunki undagi dalillar etikal va iqtisodiy edi. Hobsonnnig ortodoksal nazariyaga bo’lgan qarshiligi uning hammualliflikda yaratgan kitobida boshlangan edi.
Biz Adam Smit davridan buyon butun iqtisodiyot o’qitish asosida turgan xulosaga keldik, chunonchi yillik ishlab chiqarish miqdorini Tabiiy vakillar, Kapital va Mehnat agregatlari yordamida aniqlash mumkinligi yolg’on, aksincha, ishlab chiqarilgan mahsulot agregatlar tomonidan qabul qilingan limitlardan ancha past. Bu mahsuotni haddan ortiq to’plash va haddan ortiq ko’p yetkazib berish natijasida ortga suriladi .
Bahs-munozaraga sabab bo’lgan yana bir narsa Hobson va uning hamkasbi A.F.Mameri ortodoksal nazariyani to’plash oxir-oqibatda xuddi investitsiya kabi foydaga olib keladi, degan fikrlarga qo’shilishlaridir.
Hobson daromadning taqsimlanishi haqida ko’p yozgan. Marjinal unumdorlik nazariyasini rad etdi. Marjinal mahsulotlarni alohida omillar uchun hisoblashning imkoni yo’q edi. Ishlab chiqarishning turli xil omillariga to’lovlar amaliy jihatdan uch qismga bo’linadi: 1) omilning o’zini moddiy qo’llash imkoni uchun to’lov, 2) miqdor va unumdorlikda omillar o’sishiga izn berishga to’lov, 3) yaxshilash va tuzatish uchun to’lov. Hobson ularni ―foydasiz narsa‖ deb atagan. Zamonaviy sanoat iqtisodiyoti ishlab chiqarish hajmini namoyon qiladi. Turli omillarni tuzatish uchun to’lovlar yetarliligiga qaraganda u ko’proq bozor baholash omillarining kelishuv jarayoni, u qaysi omillar foydasiz narsalarni qabul qilishini aniqlaydi. Hobson yer samarasiz narsalarni qabul qilishini tasdiqladi, bunga uning tabiiy tanqisligi sabab bo’ladi. Chunki uning bosh kelishuv imkoniyati va sun‘iy tanqisligini monopol kuchlar keltirib chiqargan. Daromadning tengroq bo’lishi, ishchilar uchun yagona balandroq maoshlar berish, faqatgina maoshnigina emas, balki ishchilar ish unumdorligini ham oshirish kerak. Shuningdek, yaxshiroq tenglik iste‘molni o’stirib, tejamkorlikni kamaytiradi. Bu orqali iqtisodiyot tushkunlikning oldini oladi.
Hobson bu fikrida ortodoksal nazariyaga qarshi holatiga asoslanib, mamnun bo’lmadi. U qiymat tizimining ortodoksal nazariyadagi ma‘nosiga asosiy va keskin qarshi fikr bildirishni davom ettirdi. Hobsonning fikriga ko’ra ortodoksal nazariya noto’g’ri yondashuvga ega.
Hobson biz qiymatlarda ifodalangan narxlardan farq qiluvchi inson qiymatlarini va bozor narxlari kabi bir xil bo’lmagan inson foydasini ham hisoblashimiz kerak, deb ta‘kidlaydi. Bu tahlilarda Hobson zamonaviy ijtimoiy yordam nazariyasini iqtisodiyotni bilmagandek qabul qiladi, ta‘minlash-qiymat tomoniga ham, talab-foyda tomoniga ham murojaat qilingan. Uning talab qismi tahlillari Veblenning asarlari ta‘sirida bo’lgan; u ko’zga ko’ringan iste‘mollar va sotuvchilik san‘atini zamonaviy iqtisodiyotda sinab ko’rish orqali behuda sarflash paydo bo’lishini ko’rsatib bergan. Hobsonning yechimi hukumat aralashmaslik soyosati yondashuvini yo’q qilgan va foyda zamonaviy iqtisodiyot tabiatining mo’ljali bo’ldi. ―Sanoatimiz me‘yoriy jarayonlarida to’g’ri yo’nalgan ijtimoiy nazoratni shaxsiy foyda qidirish omili o’rniga ishlatish ijtimoiy qayta qurishning har qanday sog’lom tizimida muhim hisoblanadi‖ .
Hobsonning bu qisqacha fikri uning ortodoksal nazariyaga qarshi bildirgan kuchli fikridan biroz ko’proq edi. U Sayning qonunini rad etdi. Bo’linishning ortodoksal nazariyasiga e‘tiroz bildirdi, ijtimoiy yordamning talabga javob bermaydigan me‘yori uchun qiymat tizimini tashkil etdi, ortodoksal nazariyaning me‘yoriy-pozitiv bo’lishini ham rad etdi, axloqiy muhokama qilishni iqtisodiy tahlil qilishga qo’shishni taklif qildi. Jamiyatda foyda omili salbiy natijalarga egaligini ko’rsatib berdi va yuqoridagilarning hammasini aralashmaslik siyosati yakuni sifatida ko’rsatdi. U ko’plab asosiy noortodoksal mutafakkirlarning qismatini boshidan o’tkazdi: u ortdoksallar tomonidan nazorat qilingan akademik jamiyatda qo’lga kiritgan xizmatlariga befarq emasdi. Uning g’oyalari yaxshilab ko’rib chiqilmasdan rad etildi.
Keyinchalik Keyns Sey qonunini rad etganidan so’ng u ortodoksal pozitsiadan ketdi, uning rivojlanishiga muvofiq ravishda Hobson ham o’zgardi. 1936-yilda u Hobsonning Sanoat psixologiyasi asarini maqtadi. Bu kitob yaqin ellik yillar ichidagi birinchi va ko’p jildli kitoblarning eng ahamiyatlisi edi. U ortodoksal guruh a‘zolariga qarshi g’ayrat va dadillik bilan kurashishga harakat qildi. Mister Hobson harakatdan charchamadi, lekin bu baribir foydasiz bo’ldi. U mukammal bo’lishiga qaramay bugun unutilgan, mohiyatan bu kitobni nashr qilish iqtisodiy fikrlardagi bir davrdir . Keyns e‘tiroz bildirishni davom ettirdi, u Hobsonni talabga javob bermaydigan iste‘mol nazariyachilarining noortodoksal iqtisodchilarining muhim guruhiga tegishli deb ta‘kidladi.
Ko’plab noortodoksal yozuvchilar qatori Hobsonning ichki mohiyatni tushunishi uni barqaror boshqarmadi. Shunday qilib hozirgi ortodoksal nazariyada Hobsonga tegishli ko’zga tashlanadigan muhim jihat yo’q. U ortodoksal iqtisodchilar gilam ostini supurishni rejalashtirgani kabi muammolarni namoyish qildi. Va nihoyat, bu muammolar aytilganda Hobson fikrlari e‘tiborga olinmay, iqtisodchilar tomonidan boshqa yechim taklif etildi. Shunga qaramay Hobson Britaniya iqtisodiy siyosatiga muhim ta‘sir ko’rsatdi, uning g’oyalari Mehnat partiyasiga ruhiy ta‘sir ko’rsatishda ustunlik qila boshladi. Sanoatni ijtimoiy nazorat qilishi va barcha xizmat dasturlari bilan birga II jahon urushi davrida Britaniya Mehnat partiyasining dasturiga Jon A.



Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin