Mavzu №12: institutsionalizm



Yüklə 67,33 Kb.
səhifə4/8
tarix31.03.2023
ölçüsü67,33 Kb.
#91839
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

Kommons merosi
Kommons ―farovon davlat tomon harakat asoschisi‖61 deb ta‘riflab kelingan. Madisonga kelganidan bir yil o’tib u gubernator La Foletgadavlat xizmatlari qonunlarini yozishga yordam berdi, keyingi yillarda esa xalq daromadini nazorat qilish, sanoat xavfsizligi qoidalari, ishchilarni mukofotlash, bolalar mehnat huquqlari, ayollar uchun eng kam oylik ish haqi va ishsizlik nafaqalari haqidagi qonunlar yaratilishiga ta‘sir ko’rsatdi. Ishsizlik nafaqasining qonunlashtirilishi Kommonsning ijtimoiy qonunchilikdagi eng katta yutug’idir, balki. Uning 1920-yilgi depressiyaga reaksiyasi va Yevropadagi ishsizlik nafaqalari dasturlarini o’rganishi uni Viskonsin qonunchiligi uchun qonunlar loyihasini tuzishiga sabab bo’ldi. Bu loyihaning ko’rinishlari qayta va qayta taqdim etilib, 1932-yilda Kommonsning sobiq talabasi Garold Groves, – senator va jamoat mablag’ida iqtisodiyotni ixtisoslashtirish universiteti professori nihoyat uning so’nggi va tan olingan ko’rinishini taqdim etdi. 1934-yilda Ruzvelt Kongressni ishsizlik nafaqasi to’g’risidagi qonunni qabul qilishga chorlaganida u qonunlar tuzishi kutilgan iqtisodiy xavfsizlik komitetini tuzdi. Bu komitetda keyinchalik Viskonsin professori, Kommonsning talabasi E.E.Witte rahbar bo’ldi.
Kommonsning keyingi xizmatlari ijtimoiy islohotlardagi harakatlari bilan bog’liq. Viskonsin universiteti iqtisodiyot bo’limi dunyo bo’yicha iqtisodchilar tayyorlashning muhim markazlaridan biri sifatida tanilgan. Bir vaqtlar Viskonsin boshqa istalgan universitetlarga nisbatan eng ko’p doktorlik darajasi berar edi. Bundan ham muhimi, Kommonsning iqtisodiyotga o’ziga xos yondoshuvi ―matoga ishlangan guldek‖ edi;
1980-yillargacha ―Viskonsin maktabi‖ yo’nalishi saqlanib qoldi. Bu oliy ta‘lim dasturlarida endi ta‘siri qolmagan Veblen va Mitchellga qiyoslaganda chuqur farq qilardi.
Austindagi S.E.Ayres boshchiligidagi Texas universiteti va Allan Gruchi boshchiligidagi Mariland universiteti iqtisodiyot bo’limlari ham oz muddat ichida o’ziga xos noortodoksal yondashuvlarni yo’lga qo’ydi, lekin taqdim etilgan doktorlik darajalari va ularning ta‘siri Viskonsin bilan solishtirilganda kam edi. Viskonsin maktabi merosini tushunish uchun yuksak tarixiy bilim yoki ma‘lum sohalarda tugallangan noortodoksal ta‘limga ega bo’lish talab etiladi.
Kommons qarashlari boshqa universitetlarda targ’ib qilinmadi, chunki Viskonsinda iqtisodiyotdan ta‘lim olganlar iqtisodiyot nazariyasidan ko’ra iqtisodiyotning amaliy sohalariga yo’naldilar. Ular hukumat ishlariga, tadqiqot agentliklariga va universitetlarga xizmat qilishdi. Ular mehnat, jamoat moliyasi, jamoat maishiy xizmatlariga qiziqib, ortodoksal nazariyaga, keyinchalik o’ziga xos mikroiqtisodiyotga kam e‘tibor berishdi. Kommons ortodoksal nazariyani tanqid qildi, lekin u vaqtining ko’p qismini ijtimoiy amaliy sohalar va islohotlarga bag’ishladi.
Viskonsin maktabi yo’nalishi Madisondagi doktorlik dasturining Qo’shma Shtatlardagi boshqa universitet dasturlari bilan bir xil bo’lganidan so’ng tugatildi. Kommons davrida va hattoki, II jahon urushidan keyingi davrlarda ham Viskonsin universitetida bugungi kungi oddiy dasturlarda beriladigan o’rtacha ortodoksal ta‘limotlar bilan ham doktorlik darajasiga erishish mumkin edi. Bu endi haqiqat emas. Shunday bo’lsada, Kommonsning ta‘siri natijasida ellik yillik davr davomida Viskonsin juda ko’plab iqtisodchilarni yetkazib berdi. Ular keyinchalik tadqiqot agentliklarida, hukumat va boshqa universitetlarda amaliy iqtisodiyot va ijtimoiy islohotlarga o’z hissalarini qo’shishdi.
Kommonsning uchinchi xizmati amaliy iqtisodiyot sohasida bo’ldi. Uning ustozi Richard T. Eli Jon Hopkinsdan Viskonsinga ko’chganida o’z shogirdi Kommonsni ham olib ketdi. Eli mehnat harakatlari tarixi bilan qiziqardi va bu sohada hujjatlar to’plashni boshlagan edi. U Kommonsning bu ma‘lumotlardan foydalanib Qo’shma Shtatlar aniq mehnat tarixini yaratishini xohladi, bu esa Kommonsning Viskonsindagi eng yaxshi o’quv davrlarini o’z ichiga oldi. Kommons universitetni bitirgan talabalari ko’magida 1910-yilda Amerika sanoat jamiyatining hujjatli tarixi to’g’risida muhim ma‘lumotlar beruvchi o’n jildli asarini nashr etdi. 1918-yilda Qo’shma Shtatlar mehnat tarixining ikki jildi, 1935-yilda esa yana to’rt juldi chop etildi. Kommons Qo’shma Shtatlarda tan olingan mehnat mutaxassisi, Viskonsin esa mehnat iqtisodisodchilarini tayyorlovchi yetakchi muassasaga aylandi. Uning eng yaxshi bitiruvchisi Selig Perlam bo’lib, olimning Mehnat harakati nazariyasi (1928) hali, hamon klassik asarlar qatorida turadi.

Yüklə 67,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin