uyumining ishlash rejimi hisoblanadi. Bunda gaz qalpog’ida yig’ilgan gaz
bosimi ta’sirida neft
quduqqa siqib chiqariladi. Struktura qanotlarida joylashgan neft
290
Konni ishlatishni loyihalashtirishda uni geologik tuzilishining xususiyatlari
etarlicha o’rganilmagan bo’lsa, uyumdan bir qancha vaqt foydalanilgandan so’ng
uning texnologik ko’rsatkichlari loyihadagidan ancha farq qilishi mumkin. Qabul
qilingan texnologik qarorlar ob’ektning ayrim uchastkalarining va qismlarining
tuzilishiga to’liq javob bermasligi oqibatida shunday tafovutlar kelib chiqadi.
Masalan, mahsuldor qatlamlarning tuzilishi va tarkibining
har xilligi sababli
ob’ektning katta uchastkalari yoki ayrim qatlamlari ishlatishga butunlay jalb
qilinmay qoladi. Ularga linzasimon va boshi berk zonalar, kam mahsuldor qatlamlar,
haydash quduqlaridan ancha uzoqda joylashgan uchastkalar, quduqlar oralig’idagi
uchastkalarda mavjud tortiluvchi qatorlar va b. (12.4-rasm) misol bo’laoladi.
Bunday holda uyumni ishlatishni tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha
tadbirlar ishlab chiqiladi,
ayrim hollarda esa, avval qabul qilingan ishlatish
sistemasini tubdan qayta o’zgartirish zarur bo’ladi. Ishlatish sistemasini
takomillashtirish choralari maxsus ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan ishlab
chiqiladi va loyiha hujjatini tayyorlashda mualliflik nazorati
orqali asoslab beriladi;
agarda sistemani tamomila o’zgartirish zarur bo’lsa, qo’shimcha loyiha hujjati
tuziladi.
Uyumni ishlatish sistemasini takomillashtirish tadbirlariga quyidagilar mansub:
-
loyihada qayd etilgan quduqlar zaxirasi hisobiga ayrim uchastkalarda
quduqlar to’rini zichlashtirish;
-
qatlamga haydalayotgan suv frontini chiqarish
quduqlariga yaqinlashtirish
maqsadida yangi haydash quduqlarini burg’ilash yoki ayrim suvlangan quduqlardan
suv haydash qudug’i sifatida foydalanish;
-
o’choqsimon
x)
suv bostirishni tashkil etish;
-
filtratsiya oqimlari yo’nalishini o’zgartirish va davriy suv bostirish.
Uyumni ishlatishni tartibga solishning aniq sharoitlari uchun eng samarali
tadbirlarni tanlashda ob’ektning geologik tuzilishini o’ziga
xos xususiyatlariga va
uning ishlatishni joriy holatiga e’tibor beriladi.
Yuqori
o’tkazuvchanlikka
ega
bo’lgan
kollektorlarning
linzasimon
uchastkalarini
ishga
tushirish
uchun
suv
bostiriladigan joylar yaratiladi. Bunda ayrim
chiqarish quduqlaridan haydash quduqlari sifatida
foydalaniladi yoki zaxiradagi maxsus quduqlar
burg’ilanadi.
Dostları ilə paylaş: