Geologiyasi


-bob  KONNI ISHLATISH JARAYONINI TARTIBGA SOLISH ASOSLARI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə190/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12-bob 
KONNI ISHLATISH JARAYONINI TARTIBGA SOLISH ASOSLARI 
VA GEOLOGIK NAZORAT 
Uyumni ishlatish jarayonini samarali nazorat qilish va tartibga solishdan avval
neft uyumidan foydalanish holati mukammal o’rganib chiqiladi. Buning uchun neft
uyumining ishlatish holati o’rganilgan sanada quduqlarning ahvoli, ularning asosiy
geologik-texnik ko’rsatkichlari, uyumning suvlanganlik darajasi va izobara xaritasida
qatlam bosimining taqsimlanish xarakteri tahlil qilinadi.
Uyumni ishlatish holatining asosiy ko’rsatkichlarini o’rganish qatlamning ayrim
uchastkalaridagi neft zaxirasining to’liq chiqarib olinganligini, qo’llanilayotgan
ishlatish sistemasidan samarali foydalanilayotganligini baholash hamda uyumning
neft beraolishlik koeffitsientini oshirish va neft chiqarib olishni kuchaytirish
maqsadida uyumni ishlatishni tartibga solish bo’yicha tadbirlar belgilash imkonini
beradi.

12.1. KONNING ISHLATISH JARAYONINI TARTIBGA SOLISHDAN 
ASOSIY MAQSAD 
Neft va gaz uyumlarini
ishlatishni tartibga solish
deganda turli texnologik va
texnik tadbirlar majmuasi yordamida uglevodorodlarni qazib olish jarayonining
boshqarish tushuniladi. Tartibga solish sistemasi qatlam flyuidlarining yo’nalishini
va filtratsiya tezligini maqsadga muvofiq ravishda o’zgartirish va zaxiralarni



284
drenajlash uchun qulay sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunday tadbir uyumning


oxirgi ishlatish davrigacha amalga oshiriladi.
Neft va gazni qazib olish jarayoni doimo tartibga solib turiladi. Bunday
tadbirning zarurligi quyidagi sharoitlarga qarab aniqlanadi.
Odatda uyumning tuzilishi to’liq o’rganilmagan bo’lsa, ishlatish tizimini
asoslash razvedka sistemalarining siyrak to’ri ma’lumotlari bo’yicha bajariladi.
SHuning uchun ham ishlatish sistemasi uyumning o’rtacha parametrlari asosida
loyihalanadi va uning haqiqiy holatiga yaqinlashtirilgan geologik modeli bo’yicha
tuziladi. Shu tufayli qabul qilingan ishlatish sistemasi ishlatish ob’ektining tuzilishini
hamma detallariga to’liq javob beraolmaydi. SHuning uchun ham uyumni
o’zlashtirish davrida loyihada ko’rilgan masalalarni qo’shimcha tadbirlar bilan
to’ldirish kerak. Bunday tadbirlar uyumning tuzilishini puxtalik bilan o’rganish va
uni ishlatishni tartibga solish uchun zarurdir.
Keyinchalik ishlatilayotgan neft uyumini vaqt o’tishi mobaynida o’zgarib
turadigan murakkab dinamik sistema deb qaraladi. Kondagi neft zaxirasi
olinaboshlangan sari ularni chiqarib olish sharoiti alohida uchastkalar va umuman
uyum bo’yicha doimo o’zgarib, murakkablashib boradi. Natijada qatlamning faqat
neft-gazli qismining qalinligi qisqaradi, quduqlar fondi kamayib, ularning holati
o’zgaradi. Bunday sharoit avval qabul qilingan texnologik tadbirlarning doimiy
rivojlanib borishini, uyumning ayrim uchastkalaridan va quduqlar oralig’idan ham
neft qazib olishni taqazo etadi. SHuningdek, qazib olingan mahsulotni quduqlararo
va uchastkalararo masofaga haydash zarur bo’ladi. Bulardan tashqari zonalar
ta’siridan tashqarida joylashgan uchastkalarni va tegilmagan neft qoldiqlarini
ishlatishga jalb etish choralarini belgilash, ya’ni zaxiralarni ishlatish vaqtida sharoit
doimiy o’zgarib turishini inobatga olgan holda, katta hajmdagi uyumni ishlatishni
tartibga solish bo’yicha bir qancha tadbirlarni qo’llash zarur bo’ladi.
Neft uyumini ishlatishni tartibga solishning maqsadi oqilona ishlatish
sistemalariga quyiladigan talablarga bo’ysunadi. Birinchi navbatda loyihada qayd
etilgan ishlatish ob’ekti
neftni olish dinamikasini 
tartibga solish yordamida zarur
ma’lumotlar bilan ta’minlanishi kerak.
Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida tartibga solish neft va gaz qazib olish
borasida loyihaning eng yuqori darajasiga ko’tarilishga imkon berishi kerak. Bunday
darajaga sistemani to’liq ishlatish orqali erishish mumkin. Uyumni ishlatishning II va
III bosqichi oxirida ishlatishni tartibga solishning ko’lami judayam ortib ketadi,
chunki bu vaqtda neft va gazni uzoq vaqt mobaynida eng ko’p miqdorda olib turishni
ta’minlash va keyinchalik neft olish sur’atini kamaytirish masalasi hal etilishi kerak.
Uyumni ishlatishni tartibga solishdan kutilgan boshqa muhim maqsad loyiha
koeffitsienti bo’yicha uyumdan neft olishga erishishdan iborat. Buning uchun
uyumni ishlatishga topshirishdan boshlab, uni loyiha bo’yicha neft berishiga sharoit
yaratilishi kerak. SHu boisdan uyumni ishlatishni tartibga solish chorasini
belgilashda asosiy maqsad yer qa’ridan imkon boricha ko’p neft chiqarib olishga
qaratilishi lozim.
Uyumni ishlatishni tartibga solishdan kutilgan yana bir maqsad qazilgan
quduqlar fondidan eng ko’p foydalanish, neftni siqib chiqaruvchi omilni qatlamga
haydash uchun sarf bo’ladigan harajatlarni kamaytirish, neft beraolishlikka zarar



285
keltirmay, yo’lakay suvlarni chiqarib olish va b. orqali iqtisodiy ko’rsatkichlarni har


tomonlama yaxshilashdan iborat.
Qatlamga ta’sir etishda uyumni ishlatishni tartibga solish haydash va chiqarish
quduqlari orqali amalga oshiriladi. Haydash quduqlari orqali ishlatishni tartibga
solishda haydalayotgan omil uyumning butunlay hajmiga to’liq ta’sir etadi. Chiqarish
quduqlari orqali ishlatishni tartibga solishda uyumning butun hajmi sizdiriladi.
Tabiiy rejimda uyumni ishlatishni tartibga solish uchun faqat chiqarish quduqlaridan
foydalaniladi.
Ishlatish jarayonini boshqarishda aniq vazifalarni hal etish uchun tartibga
solishning ko’p metod va usullaridan unumli foydalaniladi. Ishlatishni tartibga
solishning ikki guruhi ma’lum:

qabul qilingan ishlatish sistemasiga jiddiy o’zgartishlar kiritmay burg’ilangan
quduqlar orqali uyumni ishlatishni tartibga solish;

ishlatish sistemasini o’zgartirib yoki uni takomillashtirib (yangi quduqlarni
burg’ilash, uyumlarning yangi «kesish» chiziqlarini o’tkazish, haydash bosimini va
ishlatish usulini o’zgartirish) tartibga solish.
Uyumni ishlatishni tartibga solishning metod va usullarini asoslash aniq
geologik-geofizik sharoitlarga va printsiplarga qo’yilgan vazifalarga ko’ra tanlab
olinadi va asoslab beriladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin