3
3) quduqni burg’ilash uchun geologik-texnik naryad tuzishda qatnashish.
Konda yoki maydonda razvedka yoki foydalanish quduqlarini qazish avvaldan
tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi. Quduqlarni maydonda
joylashtirish loyihasi
geologik yoki struktura xaritasida ko’rsatiladi.
Quduqning burg’ilanadigan o’rni (nuqtasi)ni joyga o’tkazish ishlari topografiya-
geodeziya xizmati xodimlari tomonidan bajarilib, quduq og’zining o’rni
va uning
mutlaq balandligi topiladi. Loyihalangan quduqni xaritadan joyga o’tkazish
burg’ilash ishlarini bajaruvchi tashkilot bosh geologining yozma ko’rsatmasiga
asosan amalga oshiriladi. Yozma ko’rsatmaga loyihalangan quduq tushirilgan
topografik xaritadan nusxa ko’chirib ilova qilinadi. Bu nusxada loyihalangan quduq
qizil rangda beriladi.
Loyihalangan quduqning joydagi o’rni (nuqtasi) belgi (temir quvur, qoziq) bilan
qayd qilinadi, uning yuqori qismiga loyihalangan quduq raqami va uning o’rnatilgan
muddati yoziladi. Loyihalangan qiya yo’naltirilgan quduq o’rni
joyda uch stvorli
belgi (temir quvur, qoziq) bilan qayd qilinadi. Suv havzasida (akvatoriyada)
loyihalangan quduq o’rni suvga o’rnatilgan qalquvchi belgi (bo’y) bilan belgilanadi.
Loyihalashtirilgan quduqning joydagi o’rni dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Agar quduq o’rnini 5,0 m dan ko’proq masofaga ko’chirishga qaror qilinsa
dalolatnomada buning sababi ko’rsatiladi. Bunday hollarda yangi nuqta belgilanadi,
eskisi esa tugatiladi.
Burg’ilash boshlanishida quduq og’zining
va rotor stolining, burg’ilash
nihoyasida esa shtangalar kolonnasi uchining koordinatalari va mutlaq balandliklari
yana bir bor qayta aniqlanadi. Burg’ilash minorasini o’rnatish uchun quduq o’rni
(nuqtasi)ni ish boshlanishidan ancha avvalroq tayyorlash va topshirish lozim.
Nuqtani topshirish korxonaning geologiya xizmati xodimlari
tomonidan tuzilgan
maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.