4
jinslarning qattiqlik toifasi (juda qattiq, qattiq, o’rtacha, bo’sh va x.k.); turli
murakkabliklar kelib chiqishi mumkin bo’lgan chuqurliklar (otqinlar, ag’darilmalar,
suyuqlik
yutilishi, shtangani qisib qolishlar va sh.k.); gaz-neftli ob’ektlarning
joylashishi; burg’ilash chog’ida qatlam sinagichi yordamida qatlamning yoki
mustahkamlash quvurlari birikmasining perforatsiyalash oralig’ini tekshirish;
teshiklar soni, asosiy
suvli gorizontlarning tavsifi, kutilayotgan qatlam bosimi
ma’lumotlari va sh.k. ham yoziladi.
Naryadning texnika qismida geologik ma’lumotlarga asoslangan holda
quyidagilar ko’rsatiladi: dolotoning tipi va o’lchami; burg’ilash rejimi; burg’ilash
eritmasi sifati; suvni berkituvchi kolonnaning sinash metodi va sh.k. Qiya
yo’naltirilgan quduqlarni burg’ilashda geologik-texnik naryadda
vertikal quduqlarni
burg’ilashdagiga qaraganda quduq tanasining burchagi va azimuti tez-tez (25-50 m
da) o’lchab turiladi. Burg’ilangan quduqlardan kolonkali doloto yordamida olingan
namunalar yuviladi, agar uning hajmi kichraygan bo’lsa, u holda zarur o’lchamdagi
namuna yonlama namunaolgichdan foydalanib qayta olinadi .
Quduq burg’ilashni nazorat qilayotgan geolog-neftchi geologik-texnik naryadda
qayd qilingan hamma tadqiqotlarning bajarilishini tekshirib borishi zarur.
Tuziladigan geologik-texnik naryad namunasi 4.1-jadvalda keltirilgan,
unda qayd
etilgan ishlar turi quduqni burg’ilash texnologiyasi talablaridan kelib chiqqan holda
to’ldirilishi va o’zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: