Mavzu: Ho’l usulda ishlovchi rotor -filtrli qurilma ishlash prinspini va tuzilishini o’rganish



Yüklə 17,39 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü17,39 Kb.
#201370
Laboratoriya ishi 3

Laboratoriya ishi 3

Mavzu: Ho’l usulda ishlovchi rotor -filtrli qurilma ishlash prinspini va tuzilishini o’rganish


Ishdan maqsad: Rotor -filtrli qurilma ishlash prinspini va tuzilishini o’rganish.
Nazariy qism
3.1-rasmda tajriba qurilmasining ko‘rinishi keltirilgan. Chang ushlagich qurilma tana (1) dan iborat bo‘lib, unga changli gazni kirituvchi diffuzor ( 2 ) va tozalangan gazni chiqaruvchi konfuzor (3) lar o‘rnatilgan.
Chang ushlagichning aylanuvchi rotori valiga (11) yuza kontakt elementlari (4) ma’lum bir gradusda maxkamlangan. Yuza kontakt elementiga tirgak sifatida po‘lat to‘r va uning ustidan filtrlovchi material (PORONIT) qoplangan. Qurulma rotorini aylantirish uchun shotkali motor 12, rotorni aylanishlar chastotasini aniqlash uchun toxometr 19 va LATR 18 lar o‘rnatilgan.

3.1-rasm. Rotor-filtrli qurulma laboratoriya modelining
umumiy ko‘rinishi
Rotor-filtrning kontakt yuzasini sug‘orish uchun suyuqlik nasosi (13), suyuqlikni oqizuvchi truba (5) hamda suyuqlikni sochuvchi shtuser (6) lardan foydalaniladi. Changli havoni faqat rotor-filtrning ishchi yuzalaridan o‘tishini hamda shtuserlardan sepilayotgan suyuqlikni rotor-filtrning kontakt elmenti yuzasi uzunligi bo‘yicha tekis taqsimlanishini yoyib beruvchi zont (7) ta’minlaydi. Apparatda rotor-filtrni ma’lum qismini suyuqlikda botib turishini ta’minlash uchun qurulma tanasining (1) pastki qismida suyuqlik vannasi (8) o‘rnatilgan. Hosil bo‘lgan shlamni chang ushlagichdan chiqarish uchun jumrak (9) va shlam quvuri (10) lar xizmat qiladi. Apparatning tozalash samaradorligini aniqlashda namuna uchun tanlangan changni miqdorlab uzatuvchi shnekli ta’minlagich (15), ventelyator (14) va ventelyatorga (14) kirayotgan gaz tezligini nazorat qiluvchi (sheber) qurulma (16) o‘rnatilgan.
Qurulmani laboratoriya modelini tayyorlashda 12X18N10T markali metal listdan va korroziyabardoshligini ta’minlash maqsadida S1-A markali ISO.9001 talabi asosida ishlab chiqarilgan sirlovchi kraskadan foydalanilgan.

3.2. Rotor-filtrli qurulmaning ishlash prinsipi


3.2-rasmda tajriba qurulmasining ko‘rinishi keltirilgan. Changli gaz diffuzor (2) orqali korpus (1) ichida joylashgan aylanuvchi rotor-filtrga uzatiladi.

1–qurulma tanasi; 2–diffuzor; 3–konfuzor; 4–yuza kontakt element; 5–ishchi suyuqlik trubasi; 6–shtuser; 7–suyuqlikni kontakt element yuzasiga tekis yoyuvchi zont; 8–suyuqlik vannasi; 9–shlam quvuri jumragi; 10–shlam quvuri; 11–rotor vali; 12–elektromotor; 13–nasos; 14–ventelyator; 15–shnekli ta’minlagich; 16–gaz tezligini nazorat qiluvchi moslama (shiber); 17–Prandl nayi; 18–LATR;19–taxometr; 20–elektron monometr JM-510; 21–rotometr.
3.2-rasm. Qurulmaning umumiy ko‘rinishi.
Rotor­-filtrning aylanma harakati yuritma (12) orqali ta’minlanadi. Rotor­-filtrning aylanishlar soni uning diametriga bog‘liq holda filtrda hosil qilinadigan suyuqlik plyonkasini markazdan qochma kuch ta’sirida sochilmaslik sharti orqali aniqlanadi.
Rotorga kontakt elementi (4) o‘rnatilgan va uning ishchi yuzasi filtrlovchi material bilan qoplangan. Rotor-filtrning kontakt elementi suyuqlik nasosi (13), quvur (5), shtuser (6) orqali sochilayotgan suyuqlik bilan sug‘oriladi. Zont (7) changli gazni faqat rotor-filtrning kontakt yuzalaridan o‘tishini hamda sochilayotgan suyuqlikni rotor-filtrning kontakt yuzasi uzunligi bo‘ylab tekis yoyilib taqsimlanishini ta’minlab beradi.
Suyuqlik berish natijasida rotor-filtrning kontakt elementi yuzasida suyuqlik plyonkasi hosil bo‘ladi va changli gaz rotor-filtrning kontakt elementi yuzasida hosil bo‘lgan suyuqlik plyonkasiga uruladi. Natijada rotor-filtr kontakt elementi yuzalaridagi suyuqlik plyonkasi bilan changli gazning o‘zaro kontakti hosil bo‘ladi va gaz tarkibidagi chang zarralari suyuqlik muhitiga yutiladi. Rotor-filtrda barqaror suyuqlik plyonkasini hosil qilish uchun kerakli suyuqlik miqdori, sochuvchi shtuserlar soniga va shtuser teshigi diametriga bog‘liq holda aniqlanadi.
Bunda kam suyuqlik sarfida tozalash samaradorligini yuqori bo‘lishi hisobga olinadi. Rotor-filtrdan oqib tushayotgan suyuqlik qurulma tanasining (1) ning quyi qismidagi vannada (8) yig‘iladi. Vannada (8) yig‘ilgan ishchi suyuuqlik kontakt elementini (4) yuzada ushlangan chang zarralaridan tozalaydi va qayta ishchi holatga keltiradi. Tozalangan havo konfuzor (3) orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Vannadagi shlam tarkibida ushlangan chang miqdoriga qarab davriy ravishda shlam quvuri (10) orqali chiqarib yuboriladi. Shlamning holatini jumrak (9) orqali doimiy nazorat qilib turiladi.
Yüklə 17,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin