Geologiyasi


 KONNI ISHLATISHNING TARTIBGA



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə191/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.2. KONNI ISHLATISHNING TARTIBGA
SOLISH PRINTSIPLARI 

Konni ishlatishning


tartibga solish printsipi
deganda ishlatish ob’ektida
drenajlash jarayonini boshqarishning bosh yo’nalishli tadbirlaridan biri tushuniladi.
Turli geologik-geofizik sharoitlarda o’ziga xos tartibga solish printsiplaridan
foydalaniladi.
Uyumni ishlatishning tartibga solish printsipi asosan ob’ektning geologik
xususiyatlariga bog’liq (neftlilik chegaralarining nisbatan bir tekis siljishini
ta’minlash, uyumning yuqori o’tkazuvchan qismini bo’laklarga «sun’iy kesish» yo’li
bilan ildamroq ishlatish, ko’p qatlamli ob’ektlarni ishlatishda pastda joylashgan,
yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamni ildamroq ishlatish, neftgazli
uyumlarni ishlatishda gaz-neft tutash yuzasining
holatini barqarorlashtirish va h.k.)
Geologik tuzilishi maydon bo’ylab bir xil
va uyumni ishlatish tabiiy suv bosimli rejimda
bo’lgan, neftining qovushqoqligi kam, chegara
tashqarisiga va ichiga suv bostiriladigan yoki
uyumi keng tasmasimon bo’laklarga bo’lingan
(qariyb 4
km) neft
12.1-rasm. Tuzilishi bir xil tarkibli 
bo’lgan bir qatlamli ob’ektda 
neftlilik shegarasini bir me’yorda 
uzaytirish
. Neftlilik shegaralari: 1 –
boshlang’ish, 2 – joriy; 3 – haydash
quduqlari, 4 – shiqarish quduqlari



286
konlaridagi bir qatlamli ob’ektlar uchun neftlilik chegarasini yoki haydalayotgan suv


frontini markaziy yig’uvchi quduqlar qatoriga bir me’yorda siljitish printsipi qabul
qilinishi mumkin (12.1-rasm).
Haydash quduqlarining suvni bir xilda qabul qila olishligi va chiqarish quduqlari
debitining bir-biriga yaqinligi sababli qayd etilgan geologik sharoitlarda bunday
printsipni amalga oshirish mumkin. Neftlilik chegarasining bir me’yorda siljib
borishi qatlamda neftning eng kam yo’qotilishini ta’minlaydi. Boshqa geologik
sharoitlarda, ya’ni chegaralarning bir me’yorda siljishining imkoniyati bo’lmagan
sharoitda neft ko’p yo’qolishi mumkin.
Bir qatlamli
ob’ektdagi neft qovushqoqligi kam va qatlam har xil jinslardan
tarkib topgan bo’lsa, unga haydalayotgan suv fronti neftlilik chegarasining bir
me’yorda tortilish printsipiga erishib bo’lmaydi. Bunga sabab mahsuldorligi yuqori
va past bo’lgan qatlamlar zonasida joylashgan haydash quduqlarining suv qabul
qilaolishining va chiqarib oluvchi quduqlar debitining turlicha bo’lishidadir. Hamma
quduqlar debitini va ularning qabul qilaolishini bir holatga keltirish amalga oshirib
bo’lmaydigan vazifa hisoblanadi, chunki kam mahsuldor zonalarda joylashgan
quduqlar debiti va qabul qilaolish qobiliyatini yuqori mahsuldor zonalardagi
quduqlar darajasiga ko’tarish mumkin emas, ammo ularni yuqori mahsuldor
zonalardagi quduqlarda chegaralab qo’yish, uyumlarning neft beraolishining
umuman kamayishiga va ularni ishlatish muddatining cho’zilib ketishiga olib keladi.
Shuning uchun ham qayd etilgan
geologik sharoitlarda uyumning nisbatan
mahsuldor uchastkasini zudlik bilan ishga
tushirishni nazarda tutish, uni tartibga solish
printsipidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Neftlilik chegarasini (chegara tashqarisiga
yoki chegara ichkarisi suv bostirishda) yoki
haydalayotgan
suv
frontining
(chegara ichkarisiga suv bostirishda)
chegarasini ildam siljitish, birinchi
navbatda uyumni ishlatishni va
qatlamning
nisbatan
mahsuldor
uchastkalariga suv bostirishni hamda
chegara suvi yoki haydalayotgan suv bilan uyumni «tabiiy» ravishda kesib, alohida
bloklarga bo’lib yuborishni ta’minlaydi (12.2-rasm). Mazkur printsipni amalga
oshirishda haydash quduqlaridan suv haydashni ko’paytirish va yuqori mahsuldor
zonalarda joylashgan quduqlardan suyuqlikni chiqarib olish orqali «tabiiy kesish»
jarayoni jadallashtiriladi. Keyinroq «tabiiy kesish» zonalarida suvlangan chiqarish
quduqlarining bir qismi haydash quduqlariga aylantiriladi. Buning natijasida
uyumning kam mahsuldor qismlariga kuchli ta’sir etish yo’li bilan zaxiralarni
chiqarib olish sur’ati oshiriladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin