Geologiyasi


 ISHLATISH SISTEMASI VARIANTINI TANLASHNING



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə187/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

11.3. ISHLATISH SISTEMASI VARIANTINI TANLASHNING 
GEOLOGIK SHAROITLARI 
Ishlatish sistemasi variantini tanlashda uyumdan bir tonna neft chiqarib olishga
sarf bo’ladigan xarajatlarni kamaytirib, neftni yer qa’ridan qisqa vaqt mobaynida
butunlay chiqarib olish zarurligiga e’tibor beriladi.
Bunda neft uyumining tabiiy sharoiti asosiy rol o’ynaydi. Uyumlarning tiplari,
morfologiyasi va o’lchami turlicha bo’lganligi sababli, ulardan neftni chiqarib olish
to’g’risida juz’iy tavsiyanomalar berish maqsadga muvofiq emas.
Umuman platforma tipidagi strukturalar odatda o’lchamining kattaligi,
jinslarning qiyalanib yotishi, tagidan ostki suvlar bilan chegaralangan keng suv-neftli
zonalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Ko’pgina hollarda uyumning suv-neftli zonasining maydoni toza neftli zonaning
maydoniga teng yoki undan katta bo’lishi ham mumkin. Odatda bunday neft
uyumlarida tarang suv bosimli rejim kuzatiladi; qatlamlarning tarkibi har xilligi bilan



279
ajralib turadi. Shunga ko’ra bunday konlarning ishlatish sistemasini tanlashda


qatlamga suv bostirish sharoitlari inobatga olinadi(q. 10-bob).
Ma’lumki, geosinklinal oblastlaridagi strukturalar kichik va o’rtacha
o’lchamdaligi va strukturalarning aniq ifodalangan shakllarining namoyon bo’lishi
bilan tavsiflanadi va ularda odatda juda kichik suv-neft zonali qatlam uyumlari
uchraydi. Bunday uyumlar suv bosimli rejimda va ayrim hollarda erigan gaz rejimi
va gaz qalpog’i rejimida bo’ladi. Mahsuldor qatlamlar yuqori kollektorlik
xususiyatlariga ega bo’lgan kvartsli qumtosh va qumlardan tarkib topgan. Qayd
etilgan sharoitlar ishlatish sistemasining turli variantlarini tanlashni taqozo etadi.
Ishlatish sistemasini tanlashda quduqlarning joylashish qatoriga, ya’ni haydash
quduqlarining joylashgan qatorlari oralig’idagi ishlatish quduqlari qatori soniga
e’tibor berish kerak. Ma’lumki, dastavval ko’p qatorli sistemalar

ishlatish
quduqlarining etti-to’qqiz qatori qo’llanilgan. Tajribadan ma’lum bo’lishicha,
gidroo’tkazuvchanlik 0,06

10
-12
m
3
/(mPa

s) dan kam va qatlamlar uziq-uziq
bo’lganda uyumni ishlatish boshlanishida maydoniy yoki bir qatorli sistemani
ishlatish maqsadga muvofiqdir. Gidroo’tkazuvchanlik yuqori bo’lganda esa uch va
to’rt qatorli sistemalardan foydalanilganda yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga
erishish mumkin. Ko’p qatorli sistemada neft beraolishlikning yuqori ko’rsatkichi
faqat bir xil tarkibli qatlamlardan olinadi.
Quduqlar to’rining zichligi ko’pincha neftning qovushqoqligiga bog’liq holda
tanlanadi. CHunonchi, neftning qovushqoqligi unchalik yuqori bo’lmaganda (5-8
mPa

s dan kam) jinslarning kollektorlik xususiyatlarining har xillik darajasiga va
uyumning mahsuldorligiga qarab quduq to’rining zichligini har bir quduqqa 0,24 dan
0,36-0,48 km
2
maydon to’g’ri keladigan qilib loyihalash mumkin. Neft
qovushqoqligi 10-12 mPa

s dan ortiqroq bo’lsa, quduq to’rining zichligi 0,16
km
2
/quduq va bundan kamroq (0,08 km
2
/ quduqqacha) bo’ladi. Quduqlarning zich
to’rini boshqa sharoitlarda ham ishlatish mumkin (qum namoyon bo’lganda, gaz va
ostki suvlar yorib kirganda). Bunday paytda quduqdan suyuqlikni chiqarib olish
ma’lum darajada chegaralanadi.
Chegara ortida suv bostirishni qo’llash quduqlar to’ri zichligini 0,15-0,20 va
hatto 0,30 km
2
/quduqqacha kamaytirish imkoniyatini berdi. Neft uyumi maydonining
kattaligi uyumni ishlatish sistemasi variantini tanlashda muhim rol o’ynaydi.
Umuman maydonining o’lchami turlicha bo’lgan neft qatlamlariga suv haydab
ishlatish sistemasini tanlashda quyidagi variantlarni (mahsuldor qatlamlarning
geologik tuzilishini, ularning har xil tarkibliligini, kollektorlar va qatlam
suyuqliklarining fizik xususiyatlarini hisobga olib) qo’llash mumkin:
1) kichik o’lchamli uyumlar uchun burmaning har bir qanotida quduqlarning
to’rttadan ortiq bo’lmagan batareyalari loyihalanadi

chegara ortiga suv bostirish;
2) o’lchami o’rtacha bo’lgan uyumlar uchun, burmaning har bir qanotida
to’rttadan ettitagacha quduqlar batareyalari loyihalanadi

chegara ortiga va chegara
ichi markaziga suv bostirish;
3) yirik uyumlar uchun, burmaning har bir qanotida ettitadan ortiq quduqlar
batareyasi loyihalanadi

chegara ortiga va chegara ichkarisiga turli variantlarda suv
bostirish;



280
4) juda yirik uyumlar va suv-neftli zonasining maydoni katta bo’lgan uyumlar


uchun

neftlilikning ichki chegarasi bo’ylab suv-neftli zonani mustaqil bo’laklarga
bo’lib ishlatish maqsadida haydash quduqlari bilan kesish orqali bu zonaga suv
bostirish (shuningdek, chegara ortiga suv haydash quduqlarini burg’ilash
loyihalashtiriladi); neft uyumining faqat neftli qismi uchun

turli variantlarda
chegara ichiga suv bostiriladi. Quduqlar butunlay suvlanganicha ishlatiladi.
Shuningdek, quduqlarni ishlatish qisman suvlangan zonadan neftni to’liq chiqarib
olguncha davom ettiriladi.
Uyumni ishlatish sistemasining eng qulay variantini tanlash yuqorida qayd
etilgan
geologik
ko’rsatkichlar
va
omillarning
qanchalik
mukammal
o’rganilganligiga bog’liq. Yangi neft uyumini ishlatish variantini tanlashda, unga
o’xshagan qatlamga sun’iy ta’sir etib uzoq vaqt davomida ishlatilayotgan
ob’ektlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish muhim hisoblanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin