274
ishlatishning yangi metodlarining yaratilishi neft sanoatini jadal rivojlanishiga sabab
bo’ldi. Ayni paytda sobiq Ittifoqdagi konlarning 85-90%
idan neft qatlamga suv
bostirish yo’li bilan olinmoqda. Bu metoddan horijda ham foydalanilmoqda.
Uglevodorod konlarini ishlatish sistemasini tanlash asosida bajariladigan
texnologik masalalarni geologik-konchilik nuqtai nazaridan asoslash zarur. Buning
uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1) ko’p qatlamli neft konida ishlatish ob’ektlarini to’g’ri
ajratish;
2) neft uyumiga suv bilan sun’iy ta’sir etish metodini qo’llash yoki ob’ektni
qatlamning tabiiy energiyasidan foydalanib ishlatish;
3) zarur bo’lganda qatlamga sun’iy ta’sir etish metodi turlaridan foydalanish;
haydash va chiqarish quduqlarini neftli maydonda bir-biriga moslab joylashtirish;
4) quduqlar to’ri zichligini
aniqlash;
5) ishlatish ob’ektida bosim gradientini aniqlash;
6) ishlatish jarayonini nazorat qilish va tartibga solish bo’yicha ko’riladigan
tadbirlarni ishlab chiqish.
Qayd etilgan har bir punkt bo’yicha qaror qabul qilinadi. Bular ishlatish
ob’ektining geologik tuzilishini to’liq aks ettirishi shart.
Dostları ilə paylaş: