Geologiyasi


 Issiqlik fizikasi metodlari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə180/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.6.2. Issiqlik fizikasi metodlari
Qatlamga yer yuzasidan turib issiqlik (bug’ yoki qaynoq suv) yuborishga
asoslangan metod.
Neftni bug’ yordamida siqib chiqarish
. Yuqori qovushqoqlikka – 40-50 mPa·s
ega bo’lgan uyumlarni ishlatishga asoslangan metod bo’lib, oddiy suv bostirish
metodidan foydalanib bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. Sobiq Ittifoqda va
O’zbekistonda qatlamga suv bostirish bilan birga bug’ ham yuborib ta’sir etish
jarayoni nazariy jihatdan asoslangan. Qatlamga yuborilayotgan bug’ uyum bo’shlig’i
hajmining 20-30% ni egallab, unda yuqori haroratli hoshiya hosil qiladi va qatlamga
haydalayotgan suv bilan aralashadi. Ushbu metodni qo’llash natijasida neftni
chiqarib olish koeffitsienti miqdori 0,4-0,6 va undan yuqoriroq bo’ladi.
Ushbu metod samarasi qatlam nefti qovushqoqligining pasayishida, bug’
tarqalgan zonada neftning tozalanishida, jins-kollektorlar g’ovaklari devoriga
yopishgan smola, asfaltenlar va boshqalarning erishi va oqizib ketilishida ko’rinadi.
Kon-geologik tavsifiga ko’ra, ushbu metodni qo’llash mumkin bo’lgan
uyumlarni tanlashda birinchi navbatda bug’ quduqda, so’ngra qatlamda
harakatlanayotganda kam yo’qolishi hisobga olinadi. Bu metoddan qatlamning yotish
chuqurligi 1000 m gacha bo’lganda foydalanish samarali hisoblanadi, chunki
chuqurlik qanchalik katta bo’lsa, issiqlikning yo’qolishi ham shuncha ko’p bo’ladi.
Neftga to’yingan qatlamning qalinligi 10-40 m bo’lsagina metod naf beradi. Agar



265
qalinlik kam bo’lsa, mahsuldor qatlamning ustidagi va ostidagi qatlamlarga issiq


o’tib ketishi mumkin.
Neftga to’yingan qatlamning qalinligi juda katta bo’lsa, issiqlik bilan uning bir
qismigina qamrab olinishi mumkin, bunday hollarda qatlam ob’ektlarga ajratiladi.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlari yuqori (g’ovaklilik koeffitsienti 0,2% dan
yuqori, o’tkazuvchanligi 0,5 mkm
2
dan katta) bo’lganda metoddan foydalanish
foydali hisoblanadi, chunki bunday hollarda mahsuldor qatlam jinslarini qizdirishga
issiqlik kam sarflanadi. Boshlang’ich neftga to’yinganligi yuqori bo’lgan uyumlarni
ishlatishda bu jarayon yaxshi samara beradi, chunki qatlamdagi suvlarni qizdirishga
juda oz issiqlik sarflanadi.
Jins kollektorlarning turg’unligi past bo’lsa, qatlamga bug’ haydalganda uni
buzib yuborishi, natijada jins zarralari suyuqlik chiqaruvchi quduqlardan yer
yuzasiga chiqishi hamda qatlamdagi gil jinslarning bo’kishi natijasida g’ovaklar
o’lchami kamayishi va o’z navbatida o’tkazuvchanligi pasayishi mumkin. SHu
sababli ob’ektlarni tanlashda qatlamdagi jinslar turg’unligi yuqori, gilliligi (10%dan)
kam bo’lgani ma’qul. Metodni qo’llashga eng qulayi monomineralli kvartsli
qumtoshlar, kamroq qulayi polimiktli (gil jinslar bo’laklari bo’lgan) qumtoshlar
hisoblanadi. Metodni qo’llash quduqlar oralig’i 200-300 m bo’lganda samara beradi.
Qaynoq suv yordamida neftni siqib chiqarish
. Bu metod yuqori qovushqoqlikka
ega bo’lagan neft uyumlarini ishlatishda, shuningdek, yuqori parafinli neft
uyumlaridan neft chiqarib olish koeffitsientini oshirishda qo’llaniladi.
Bu metodda ham neftni chiqarib olish koeffitsientini oshirishda qatlamga bug’
haydash metodida qayd qilingan omillardan foydalaniladi. Lekin qaynoq suv
yordamida qatlamdan neftni siqib chiqarish metodi kam samarali bo’lib, qatlamni
qizdirishga juda katta miqdorda suv haydashni talab qiladi. Qatlamning qizish zonasi
neftni siqib chiqarish frontidan kechikkanligi sababli mahsuldor qatlamga undagi
bo’shliq hajmidan 3-4 marta ko’p hajmdagi qaynoq suv haydaladi.
Ushbu metod uyumni ishlatish chog’idagi temperaturaning ozgina pasayishi
natijasida qatlamda parafinning cho’kishi va jins g’ovaklarining bekilib qolishi
mumkin bo’lgan sharoitlarda qo’llaniladi. Parafinning cho’kishining oldini olish
maqsadida temperaturasi qatlam temperaturasidan yuqori bo’lgan qaynoq suv
qatlamga haydaladi (suv quduq tubiga etib borguncha temperaturasining yo’qotishi
hisobga olinadi).
Shuningdek, ob’ektlarni tanlashda xuddi qatlamga bug’ haydashdagi kabi
qaynoq suv haydashda ham quduqda va qatlamda issiqlik yo’qotilishi hisobga
olinadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin