264
Mitsellyar eritmalar yordamida neftni siqib chiqarish.
Bu
metodda siqib
chiqaruvchi omil sifatida qatlamga mitsellyar eritma haydaladi (uyumdagi
bo’shliqning 10% ga yaqin hajmiga), uning ingichka hoshiyasi bufer suyuqlik –
polimer eritmaning keng hoshiyasi ta’sirida siljiydi, keyingi hoshiya esa ishchi omil
– suv yordamida harakatlanadi.
Mitsellyar eritma engil uglevodorodli suyuqlik, chuchuk suv, sirt-faol moddalar
va barqarorlashtirgichlardan tarkib topgan. Eritma mikroemulsiyadan iborat bo’lib,
suv molekulalari agregatlari (mitsell) va uglevodorodlardan iborat. Bu metod
yordamida qatlam nefti, mitsellyar eritma va bufer suyuqlik qovushqoqligi qiymatlari
bir-biriga yaqinlashtiriladi.
Metod suv bostirilgan qatlamlardagi qoldiq neftni chiqarib olishga
mo’ljallangan. Mitsellyar eritmalarni bir xil tarkibli, karbonat sementi yo’q, g’ovak
tipli terrigen kollektorlardagi neft uyumlarida qo’llash tavsiya etiladi. Ma’lumki,
eritma turli tarkibli kollektorlarda va uning karbonatlar bilan tutashgan joylarida
harakatlanganda strukturasi buziladi. Qatlamning o’rtacha o’tkazuvchanligi 0,1
mkm
2
dan katta bo’lishi darkor. Qatlamning qoldiq neftga to’yinganligi
texnologik
jihatdan metodni qo’llashni cheklamaydi, lekin metodni qimmatbaholigi uning
miqdori 25-30% dan ko’p bo’lgandagina qo’llashni taqazo etadi. Qatlam neftining
qovushqoqligi 3 dan 20 mPa·s gacha bo’lganda ushbu metoddan foydalansa bo’ladi,
chunki qovushqoqlik juda yuqori bo’lsa, eritmaning
va bufer suyuqligining ham
qovushqoqligi yuqori bo’lishi talab etiladi. Tuzlarning eritma strukturasiga salbiy
ta’sir etishidan ushbu metodni chegara ichra chuchuk suv haydalayotgan ishlatish
ob’ektlari uchun qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qatlam temperaturasi 70-90
0
S dan
yuqori bo’lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: